256
shiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatayotgan hodisalardan biri «sekulyari
zatsiya jarayoni»dir.
«Sekulyarizatsiya» mavzusi bo‘yicha bahs olib borgan tad
qiqotchilar xulosasiga ko‘ra, mazkur atama Yevropa til oilalari
ga mansub xalqlar tilida 1648yili imzolangan «Vestfaliya sul
hi»
1
natijasida iste’molda bo‘lib kelmoqda. O‘sha davrda «bu
1
Vestfal sulhi – Osnabryuk (protestanlik davlat dini sanalgan Shvetsiya
hududi) va Myunster (katolik oqimi rasmiy davlat dini hisoblangan Fransiya
hududi)da 1648yil 15may hamda 24oktyabr
kunlari Ispaniya, Fransiya,
Shvetsiya, Nederlandiya va ularning ittifoqchilari (xristianlik dinining katolik
va protestanlik oqimiga mansub aholi istiqomat qiluvchi knyazlik) o‘rtasida
imzolangan ikki tinchlik kelishuvidir. Bu kelishuv natijasida, G‘arbiy Yevropada
kechgan «o‘ttiz yillik urush» barham topdi.
Ayrim hollarda, «Vestfal sulhi»
doirasiga 1648yili 30yanvarda Ispaniya va Nederlandiya o‘rtasida imzolangan
va «sakson yillik» urushga chek qo‘ygan tinchlik kelishuvi ham kiritiladi. Vestfal
sulhi zamonaviy Yevropa diplomatiyasining ilk ko‘rinishi bo‘lib, buning samarasi
o‘laroq, «davlat suvereniteti» konsepsiyasiga asoslangan yangicha siyosiy tartib
qaror topdi. 1806yilgacha Osnabryuk va Myunsterdagi kelushuv bandlari G‘arbiy
Yevropa davlatlaridagi konstitutsion qoidalarning bir qismi sifatida amalda bo‘lib
keldi. Vestfal sulhi imzolanishi bilan yakunlangan mazkur
tinchlik kelishuvidan
maqsad G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida xalqaro va konfessional aloqalarni
yo‘lga qo‘yish orqali tinchlikka erishish edi. Shu bilan birga, ushbu kelishuvda
ishtirok etgan har bir davlat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarish umidida edi, ya’ni,
Fransiya – ispan va avstriyalik hukmdorlar ta’sir
doirasidan qutulishni; Shvetsiya
– Boltiqbo‘yi mamlakatlarida o‘zining gegemonligiga erishishni; Ispaniya –
hududini yanada kengaytirishni ko‘zlayotgandi.
Vestfal sulhi yakunlariga ko‘ra esa Shvetsiya Boltiqbo‘yi mintaqasining g‘arbiy
qismiga egalik qildi. Fransiya Elzasni o‘z hududiga qo‘shib oldi. Nederlandiya
esa mustaqil davlat sifatida e’tirof etildi.
Shunday qilib, Vestfal sulhi Yevropaning ijtimoiysiyosiy jabhadagi taraqqiyotida
muhim
ahamiyat kasb etdiki, uning natijasida, birinchi navbatda, Yevropa
xalqlarining boshiga kulfat keltirgan «o‘ttiz yillik» urush barham topdi. Bundan
tashqari, mazkur kelishuvning samarasi o‘laroq, katolik
va protestanlik oqimi
tarafdorlari huquqlarida tenglikka erishildi hamda undagi bandlar bir necha
asr davomida G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning olib
borishda xalqaro norma bo‘lib xizmat qildi.
257
atama monastir mulklarini musodara qilish hisobiga g‘oliblar
ning manfaatlarini qondirish imkoniyatini bildirgan»
1
.
Lug‘aviy «yosh», «davr» ma’nosini anglatuvchi lotincha so‘z
«saeculim»dan olingan sekulyarizatsiya atamasi istilohiy jihatdan
eng qisqa, biroq, aniq shaklda «dindorlikning aksi» ma’nosini
ifo dalaydi
2
. «Sekulyarizatsiya» atamasi odatda, ma’lum bir mam
lakat hukumati hamda undagi diniy institutlar o‘rtasidagi mu
nosabatni tasvirlash uchun ishlatiladi. Ba’zi
sotsiologlar nazdida
esa «sekulyarizatsiya» deganda, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq tur
li jarayonlarda din ta’sirining yo‘qolishi hamda oxiratga qaratil
gan yoki hayot kechirishning diniy faoliyat shakli o‘rnini mod
diy maqsad va niyatlarni amalga oshirish birlamchi o‘rin tutuvchi
turmush tarzining egallashi tushuniladi
3
.
Dostları ilə paylaş: