Dinshunoslikka


Islom dinida diniylik va dunyoviylik masalalari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Islom dinida diniylik va dunyoviylik masalalari.
Musul mon 
jamiyati misolida «sekulyarizatsiya 
jarayoni» mavzuiga to‘xta lib o‘til­
ganda, uning musulmon dunyosi­
ga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatga­
niga guvoh bo‘lish mumkin. 
Uning salbiy tomoni esa bu ja­
rayon oqibatida musulmonlar tur­
li qiyinchiliklar bilan to‘qnash 
keldilar. Musulmon dunyosida­
gi mazkur o‘zgarishlar borasi­
da tadqiqot olib borgan G‘arb 
sharq shunoslarining fikriga ko‘ra, 
«g‘arbiy Yevropa jamiyatida uch yuz yil davomida asta­sekin, bos­
qichma­bosqich rivojlanib, so‘ngra, jamiyatning barcha qatlamlari 
ichiga yetib borgan dunyoviy, demokratik institutlar kabi ijtimoiy 
strukturaning musulmon jamiyatiga kirib kelishi ba’zi rahbarlar to­
monidan tezlashtirilib yuborilishi sababli yaqindagina mustamlaka­
chilik mashaqqatla ridan xalos bo‘lgan musulmonlarni yangi dunyo 
shart­sharoitla riga moslashishlari og‘ir kechdi. Masalan, Turkiya­
ning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Ataturk o‘z mamlakatini 
dunyoviy davlat, deb e’lon qilgach, turk jamiyatini ham shunday 
shaklga olib kelishning yagona yo‘li sifatida barcha madrasalarni 
berki tish, axloqiy me’yorlar birlamchi o‘rin tutuvchi tasavvuf mak­
tablarini «yer ostiga ko‘mish» hamda barcha erkak va ayollar ning 
g‘arbona liboslar kiyib yurishga majbur qilish, deb hisobladi. 
Bunday holatni 1935­yil Eronda yuz bergan qonli voqealar 
misolida ham ko‘rish mumkin. O‘shanda Eron hukmdori 
Uning ijobiy tomoni shun­
da ediki, sekulyarizatsiya ja­
rayoni natijasida musulmonlar 
diniy mutaassiblik, savodsiz­
lik hamda diniy ko‘rsatmalar­
ning har zamon va makonga 
muvofiq keluvchi xususiyati­
ni tatbiq etishdagi sustkash­
lik vaziyatidan ilmiy­madaniy 
jabhadagi taraqqiyotga yuz 
tutdilar.


264
Shoh Rizo Pahlaviy o‘z harbiy 
qo‘shi 
nini mamlakat ko‘cha­
lari bo‘ylab saf torttirib, ayol­
larning ustla 
ridagi ro‘mollari­
ni yechtirishga buyruq bergan 
edi. Bundan tashqari, o‘sha 
yili Eron 
dagi muqad 
das zi­
yoratgohlardan biriga yig‘il­
gan namoyishchilarni huku­
mat askarlari tomonidan o‘qqa 
tutilishi ko‘plab insonlarning 
o‘limiga olib keldi. Aslida esa 
ular g‘arbona kiyinish tarziga majburiy o‘tkazishga qarshi tinch 
namoyishga chiqqandilar. 
Darhaqiqat, yuqoridagi aholisining aksariyatini islom dini­
ga e’tiqod qiluvchilar tashkil qilgan mamlakatlarda yuz bergan­
ga o‘xshash holat, aslida, keyinchalik, butun musulmon olamini 
qamrab oldi. Buning natijasida, diniy ko‘rsatmalarga muvofiq 
yashashni mutaassibona yoqlaydigan hamda hayot tarzini dun­
yoviy tamoyillar asosida tashkil qilgan musulmonlar bir­birla rini 
«islom dini doirasidan chiqqanlik» masalasi bo‘yicha ayblashlari 
ortidan ko‘ngilsiz vaziyatlarni birin­ketin sodir bo‘lishi musul­
mon olimlarining ham e’tiboridan chetda qolmadi. Bu borada 
musulmon ulamolar oldidagi bosh vazifa «sekulyarizatsiya» tu­
shunchasining islom dunyosida yuksak mavqega ega arab tilida­
gi ma’nosini ifodalovchi so‘zni aniqlash bo‘ldi. Ko‘plab ulamolar 
«sekulyarizatsiya jarayoni» din va davlat o‘rtasining ajratilishi, 
deb hisoblangani uchun uning arab tilidagi ekvivalenti sifati­
da, nisbiy ravishda, «materialist», «ateist» ma’nosini bildiruvchi 
«dahriyya» va «dunyoviylikka xos» degan ma’noni anglatuvchi 
«almaniyya» so‘zlari ishlatila boshlandi»
1

1
Qarang: Gabriele Marranci. Bryan S. Turner. Muslim Societies and the Challenge 
of Secularization: An Interdisciplinary Approach. – N.Y., 2010. – P. 49.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin