Dinshunoslikka


 Globallashuv sharoitida mafkuraviy xurujlarning oldini olish



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Globallashuv sharoitida mafkuraviy xurujlarning oldini olish 
yo‘llari. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, kishilar, ayniqsa, yoshlar 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratishlari zarur:
har bir ishda aql yuritishlari, bilmagan masalalarida ahli 
ilm dan so‘rashlari, shuningdek, ekstremistik guruhlarning orasi­
da birorta ham olim kishi yo‘qligini yaxshi bilishi kerak. Bu bo­
rada Ibn Abbos (r.a.)ning xavorijlarning johilliklarini ko‘rsatish 
uchun aytgan so‘zlarini keltirish o‘rinli: «Sizlarning oldingizga 
Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalarining oldidan ularning aytgan 
so‘zlarini yetkazish, xabarini berish uchun keldim. Ularga Qur’on 
nozil bo‘lgan, ular sizlardan ko‘ra, vahiyni biluvchiroqdirlar. Siz­
larning orangizda ulardan biror kishi ham yo‘q»;
– boshqa din vakillariga mehr­shafqatli, bag‘rikeng munosa­
batda bo‘lish, axborot xurujlari asiriga aylanmaslik hamda eks­
tremistik guruhlar tomonidan e’tirof etilayotgan g‘oyalar yolg‘on 
va soxtalikka xizmat qilishini ta’kidlash lozim;
– ekstremistik guruhlar tomonidan e’lon qilingan xalifalik­
ning botil ekaniga aniq ishonish lozim. Chunki u Payg‘ambari­
miz Muhammad (s.a.v.)ning tutgan yo‘llariga ham ma’nan, ham 
shaklan ziddir. Ekstremistik guruhlarning harakatlari zulm, is­
tibdodga asoslangan ekanini anglash kerak;
– ahli ilmlarni ulug‘lash, ularning qarashlarini himoya qilish, 
ularga turli xil bo‘htonlarni otmaslik lozim;
– ekstremistik guruhlarning asl maqsadini ochib berish, uning 
xatarli oqibatlari haqida barchani ogohlantirish har bir kishining 
burchidir.
Demak, Yaratganning eng buyuk ne’mati, biz yashab tur­
gan olamning eng ajoyib mo‘jizasi bo‘lmish inson hayotiga ta­
jovuz qilishga qaratilgan har qanday ko‘rinishdagi tahdidlar katta 


286
gunoh ekan, har bir kishi bu ne’matni asrab­avaylashi, unga xi­
yonat qilmasligi lozim bo‘ladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin