Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Dinshunoslikka kirish

va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot­
ni anglatadi.
Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristian­
lik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mu­
taxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukm­
ron feodal­katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar papa 
hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan 
va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizit­
siya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida 
baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy­si­
yosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayot­
gani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. «Fundamen­
talizm» (lotincha — «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan 
ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
«Fundamentalizm» atamasi yuqorida qayd etilganidek, aslida 
xristian dini bilan bog‘liqdir. «Fundamentalizm» iborasi ilk bor I 
Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodok­
sal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910­yildan 
keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xris­
tianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo 


274
mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zma­so‘z 
sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyincha­
lik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919­yili Filadelfiyada Jahon 
xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Ekstremizm yoki fundamentalizmning muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossizdir
«Diniy fundamentalizm» — «ma’lum din vujudga kelgan ilk 
davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini 
hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. 
Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, ularning har 
qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma­so‘z talqinga asoslan­
gan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, 
muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgi­
langan barcha yo‘l­yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab 
qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
XX asrning 70­yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan 
qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi — Qur’on 
va hadislarni so‘zma­so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qa­
ratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy­konservativ ruhdagi yo‘na­
lishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida 
islom niqobidagi mutaassib jangarilarini «fundamentalistlar» deb 
atash ham odat tusiga kirdi. Shunday ekan, ekstremizm yoki funda­
mentalizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossizdir. 
Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi va qadriyat­
lar majmuyi hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va 
musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik 
xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.


275
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohi­
yatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqori­
dagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligi­
ni ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni 
yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbayi si­
fatida odamlar ongu shuurini egallash, jamiyatda beqarorlik kel­
tirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondi­
rish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zlarini «islomiy» deb e’tirof etadigan 
bunday toifalar siyosiy jabhada inqilobiy va qo‘poruvchilik usul­
lari bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namo­
yon qilsa, boshqalari targ‘ibot­tashviqot ishlari, diniy ta’lim, tur­
li jamoat tashkilotlari, maktab, universitet va ommaviy axborot 
vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson hamda qulay 
bo‘lgan audio va video mahsulotlarini tarqatish bilan ko‘proq 
shug‘ullanadilar.
Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassi­
blar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik din­
lari ta’limotidan foydalanmoqdalar. Shu bilan birga, diniy ritori­
ka ularga ko‘zda tutilayotgan jamiyatning aniq shaklu shamo yilini 
taqdim etmagan holda (bu ular uchun xuddi anarxistlar kabi un­
chalik ahamiyatga ega emas) xayoliy jamiyat haqidagi tasavvur­
lardan foydalanish imkonini beradi. Bunda eng muhimi tartibsiz­
lik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga erishish esa, o‘ziga 
xos umumiy maqsadni tashkil etadi, deyish mumkin.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin