Dinshunoslikka


Din va musiqa munosabatlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Din va musiqa munosabatlari.
Ma’lumki, insoniyat hayotida 
ma’naviy omillar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular orasida din 
bilan bog‘liq masalalar alohida o‘rin egallaydi. Bu borada alohi­
da ta’kidlash joizki, diniy e’tiqodning paydo bo‘lishi o‘z­o‘zidan 
bashariyat tarixida yangi sahifa ochilishiga turtki bo‘ldi. Keyin­
roq kashf etilgan musiqa esa, insoniyatning ruhiy­ma’naviy ola­
mining tadrijiy taraqqiyotidan darak beruvchi yangi sahifadan 
mustahkam o‘rin olishi ma’lum bo‘la boshladi. Manbalar ning gu­
vohlik berishicha, har ikkala yangilik azal­azaldan o‘zaro bog‘liq­
lik kasb etgan tushunchalar qatoridan o‘rin olib kelgan hamda 
turli diniy g‘oyalar ta’siri ostida mazkur aloqadorlik ijobiy yoki 
salbiy munosabat sifatida baholangan. Ushbu fikrlarni xristianlik 
ta’limotining mazkur masalaga munosabati yuzasidan qisqacha 
Budda timsoli


208
tahlil orqali kuzatish mum­
kin.
Musiqani ko‘plab dinlar­
ning ibodat marosimlari bi­
lan uzviylik asosida aks 
etishini tasodif sifatida baho­
lash mumkin emas. Bu haq­
da XX asrning yetakchi di­
rijyori Leopold Stokovskiy 
«Musiqa barchamiz uchun» asarida musiqa va musiqachiga quyi­
dagicha ta’rif beradi: «Haqiqiy musiqachi shu qadar qunt bi­
lan musiqani ilg‘ashi kerakki, go‘yo u bilan qorishib ketmog‘i 
lozim. Shunda uning ongi ostida shunday hodisa yuzaga keladi­
ki, hatto biz uni qanday nomlashni ham bilmaymiz. Shu chog‘da 
musiqa yetaklovchi kuch, ulkan qudrat hamda tabiat in’om et­
gan favqulodda iste’dod o‘laroq namoyon bo‘ladi. Musiqachi bu 
qudratning erkin parvoziga yo‘l ochishi, unga o‘zini topshirishi 
va bo‘ysunishi lozim. Shundagina ijrochi sozanda va tinglovchi­
ni yaxlit bir jo‘shqinlik o‘ziga qamrab oladi. Qarshimizda go‘yo 
samovot darvozalari ochilib, ilohiy ovoz chaqirig‘ini tinglagan­
day bo‘lamiz».
«Bibliya» tarkibidagi Psaltir kitobida shunday deyiladi: «Os­
monlar tangrining hamdu­sanosini yoyadi va u zotning qudrat 
qo‘lidagi ish mustahkam asosga ishora qiladi». Mazkur bitiklar 
«Религия в истории и культуре» nomli darslikda muallif tomo­
nidan quyidagicha sharhlanadi: «O‘zgacha bir ohanglar uyg‘unli­
gi butun olam qahriga singib ketgan. Nafaqat insoniyat va qush­
lar, balki jonsiz daraxt va toshlardan tortib eng kichik zarraga 
qadar kuylaydi. Yaqinda astrofiziklar quyoshni past pardalarda 
o‘z kuyini ijro qilayotganini kashf etib, yozib olishgan edi. Barcha 
ko‘rinishdagi ohanglar uyg‘unligi olam tuzilishiga mutanosib alo­
qada ekani ma’lum bo‘ldi. Bu uyg‘unlikni ilg‘agan e’tiqodli shaxs 
uni ilohiy ovoz chaqirig‘i hamda olamni yaratgan zotning oqilo­
na ishlaridan biri sifatida qabul qiladi». 
Cherkovda xor ijrosi


209
Shu singari musiqa haqidagi qadimgi pifagorchilar g‘oya­
larini tasdiqlovchilar fikriga ko‘ra osmondagi ilohiy tana hara­
kati tufayli ajoyib musiqa paydo bo‘ladi. Butun koinot o‘zida 
uyg‘unlik asosiga qurilgan, musiqa taratuvchi tanani namo yish 
etadi. Koinotning jarang sochishi haqidagi tasavvur asrlar osha 
turli­tuman boshqa tasavvurlar bilan o‘rin almashdi. Mazkur 
g‘oyalar patristika orqali o‘rta asr musiqa nazariyasi, uyg‘o nish 
davri estetikasi orqali esa hozirgi zamon musiqa nazariyasiga­
cha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Diniy ruhdagi koinotning 
musiqaviy sadolari haqidagi tasavvurlar keyinchalik tangri ni­
dosi sifatida e’tiqod qilinadigan vahiy tushunchasining paydo 
bo‘lishiga turtki bo‘lib xizmat qildi. Ushbu tasavvurlarga ke­
yinroq turli manbalarda bot­bot murojaat qilinganini kuzatish 
mumkin.
Tangrining nidosi meni chorladi,

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin