Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Ezoterik ilm Misr kohinlaridan tortib to so‘fizmga qadar iloji bo­
richa sir saqlashga harakat qilib kelingan ilmdir. Shuning uchun 
u tasavvufda ilmi asror deb ham atalgan. Uning sirli ekani faqat 
tushu 
narsizligi tufayli emas, balki ataylab yashirin saqlanishida 


197
hamdir. Keyingi hol «Go‘shtni katta odamlar yeydi, chaqaloqlar esa 
sut ichishi kerak» qabilidagi qoidaga ham amal qilingani tufayli eka­
ni tushuntiriladi. Ibrohim Haqqul ham shu fikrni yoqlarkan, «Imom 
G‘azzoliy oddiy odamlarning tasavvuf ilmi bilan mashg‘ul bo‘lishlari 
zarar keltirishi haqida so‘zlaganlar», – deydi.
Lekin ezoterik ilmni sir saqlanishining uchinchi sababi ham 
bor. Bu sirni bilganlarni boshqa odamlar tushunmay, kufrda ayb­
lashlari mumkinligidir. Bu esa o‘z davrida juda xavfli va fojiaviy 
hol edi. 
Ezoterik ilm sir saqlanganining yana bir to‘rtinchi sababi bu 
uning individual, intim xarakterga ega ekanidadir. Agar bu ilmdan 
bizga biron qismi bayon etilsa, bilish kerakki, bu o‘sha zotning 
buyuk saxovatidandir. Zero, bu ilm ko‘p hollarda ayrim, «tanlan­
gan» shaxsga, uning subyektiv, ichki kechinmasida va faqat unga 
tegishli tuhfa sifatida berilgan bo‘ladi. «Tanlanganlik»ning ma’no­
si shundaki, muayyan shaxsga muayyan davrda muayyan xabarni 
ommaga yetkazish uchun payg‘ambarlik taqdir qilingan bo‘lsa, 
boshqa shaxslar bunday bilim va martabaga o‘zlarining katta riyo­
zatlari natijasida o‘zlikni tanish orqali muyassar bo‘ladilar.
O‘zlikni tanishga da’vat esa kamida ikki ming yildan ortiq 
vaqtdan buyon mavjud. Insonning eng daxlsiz va asosiy huquqi 
ham, yashashdan maqsadi ham shunda. Hozirgi oqillikning eng 
katta fojiasi esa aslida shu o‘zlikni bilishdan chetlashuvda. Ya’ni 
Butun Koinotni bilishga da’vo qilib chiqqan aqlining, o‘zligini bi­
lishga yetmayotganidadir. Vaholanki, o‘zligini bilgan inson avvalo 
Xudoni, ya’ni butun borliqning mohiyatini biladi. Mohiyatni bil­
gan inson esa hamma narsani biladi. Chunki, hamma hikmatlar­
da ko‘rsatilishicha, inson butun borliqning modelidir (mikrokos­
mos). Shuning uchun atrof olamni emas, o‘zlikni o‘rganish zarur. 
Ezoterizmda o‘zlikni topish yo‘li, ilgariroq ham boshqa masalalar 
munosabati bilan to‘xtalib o‘tganimizday, ochiq ko‘rsatilgan. Unda 
tushuntirilishicha, insonning tub mohiyati (uning asliy «Men»i) uning 


198
Olti qavat vujudi ichiga, xuddi yong‘oq mag‘zini o‘rab turgan po‘st­
lar kabi yoki rus matreshkalari kabi qavat­qavat o‘rab olingan (yetti 
qavat parda ichidagi sir deyish ham mumkin). Demak, shu matresh­
kalarni (pardalarni) eng tashqi, ustki, moddiy qavatidan boshlab 
navbati bilan olib tashlab borsak, eng oxirida mag‘izni, mohiyatni, 
ya’ni tashqi ta’sirlardan sof bo‘lgan o‘zligimizni topamiz. Buni tasav­
vur etish uchun tasavvufda bu jarayon qanday amalga oshirilishi ha­
qidagi ilgari ham aytganlarimizga tayanish kifoya.
Birinchi eng qattiq po‘st (yoki parda) bu moddiy vujudimiz, 
uning tashqi dunyo ta’sirlari bilan bog‘liq ehtiyojlari. Ochko‘zlik, 
hirs (shahvoniy xohish­istaklar), loqaydlik, dangasalik, jaholat, 
g‘iybat, xusumat, kibr, hasad, xullas vujudimiz uchungina ke rak 
bo‘lgan intilishlarimiz (nafsi ammora). O‘zlikka yetish uchun av­
valo shu qattiq qobiq zindonidan qutulish kerak. Lekin, bunda 
gap uni jismonan yo‘q qilish haqida ketmayapti, balki faqat uning 
eng zaruriy ehtiyojlarinigina qondirib, undan ortig‘ini chegaralab 
qo‘yish haqida ketyapti.
Ikkinchi po‘stimiz o‘z qiyinchiliklarimiz sababini birovdan 
ko‘rish, murosasizlik, yolg‘onchilik, tuhmatchilik, shuhratparast­
lik, amalparastlik, ta’magirlik, boshqalarga tanbeh nazari bilan 
qarash kabilardan tashkil topadi. (Bunday nafs tasavvufda yalti­
roq nafs, ya’ni «nafsi lavvoma» deb atalgan edi.) Agar kishi shu 
nafs illatlaridan qutulsa, uning sof mohiyati ikkinchi qobiqdan 
ham xalos bo‘ladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin