193
lar eng oliy substansiyadan (Xudodan, Mutloqiyatdan, Eng oliy
ezgulikdan) bevosita yoki bilvosita (farishtalar vositasida) subyek
tiv ra vishda, ya’ni o‘z chuqur ichki kechinmalarida («jazba» ho
latida) qabul qilib oladigan vahiylar mazmuni tashkil etadi. Bu
ruhiy mazmun chuqur ichki («ezo») kechinmalar bilan uzviy eka
ni
nazarda tutilib, falsafada ezoterik, ya’ni ichki bilim deyila
di. Ushbu mazmunning o‘ziga xosligini talqin etish uchun yana
intuitsiya, irratsionallik, mistika, mifologiya, mo‘jizaviy nurlanish
(yorishuv), transsendensiya, vahiy, hol, ekstaz va h.k. tushuncha
lari ham ishlatiladi.
Eng oliy substansiyadan (Xudo) qabul
qilib olinadigan bunday
ruhiy mazmun, ya’ni oliy g‘oyalar va tuyg‘ular oddiy tafakkur,
ayniqsa sezgilar va empirik tajribalar vositasida hosil qiladigan
obyektiv bilimga nisbatan behad yuksakligi va sirliligi (misti
ka, mo‘jizaviyligi) va oddiy mantiq tilida
ifo dalash mumkin
emasligi bilan ajralib
turadi. Shu ma’noda bu bilim din struk
turasining mifologik (naqlda yoki sim
vollarda ifodalanuvchi) mistik mag‘zini
tashkil etadi.
Ruhiy bilimning «jazba» holati bi
lan uzviyligini nazarda tutgan so‘fiylar
esa «hol ilmi» deydilar. Ushbu bilimning
sinkretik tabiatini, ya’ni borliqni ratsio
nal tafakkurdagi kabi analitik emas,
balki
yaxlit birlikda qabullash bilan bog‘liqligini
nazarda tutib esa vahdat (birlik) yoki tav
hid (birlashuv) ilmi ham deydilar. Bunda
bilimning «diniy tajriba» natijasida Xudo
bilan birlashuv, ya’ni «jazba» («hol») ho
latida namoyon bo‘lishi nazarda tutiladi.
Fransuz olimi A.Massening Qur’on
uralari va hadislarni o‘rganish asosi
da chiqargan xulosasiga ko‘ra
dinning
Qodiriy tariqatiga
ko‘ra murid «Alloh»
lafzini qalbiga jo
qilishi lozim bo‘ladi
194
ezoterik qatlami aslida Odam Atodan, islom dinida esa Muham
mad (s.a.v.)dan boshlangandir. Qadimgi manbalardan ma’lum
bo‘lishicha aslida yagona dastlabki umumjahon Hikmati mavjud
dir va u eng qadimgi muqaddas kitoblar mazmunidan o‘rin olgan.
Bular qatoriga Misrning Germetik kitobi, Hindiston Purana
lari, Xaldeyning «Sonlar kitobi» va h.k. bor. Aurobindo Gxosh
ning ko‘rsatishicha, Vedalarning o‘zagini
ham yashirin, sirli ru
hiy mazmun tashkil etgan va Vedalarning o‘zida bunga ko‘plab
ishoralar bor.
Bundan tashqari, ko‘p ezoterik manbalarda ta’kidlanishicha,
ezoterik bilim barcha dinlarning yagona umumiy asosini tashkil
etadi va payg‘ambarlarga va mistiklarga ular qismiy, o‘z
davri va
sharoitiga muvofiq ravishda nuzul etishi haqidagi g‘oya oldinga
suriladi. Masalan, fransuz ezoterik faylasufi va so‘fiysi R.Genon
ning aytishicha, Vahdat ilmi juda qadimiy bo‘lib, uning g‘oya
lari asrlar osha avloddan avlodga uzatilib keladi. Shu ma’noda
dinlarning ichki, ezoterik asosida (siyratida, mohiyatida, ildizda)
prinsipial farq yo‘q, farq faqat ularning qaysi shariat,
qaysi davr
uchun nuzul etganida, ayniqsa ularning aqidalarida, dogmalari
da, ifodalanish shakllarida, rasmrusumlarida, udum va maro
simlarida, ya’ni tashqi ko‘rinishlarida (suvratlarida) xolos.
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning «Men Ibrohim dinida
man», «Iso bilan men ota bir ona boshqa birodarlarmiz» kabi
hadislari ayni shunday g‘oyalarni asoslash uchun yetarlidir. Bu
hadislar barcha dinlarning ezoterik o‘zagi
tolerant xarakterga ega
ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda mazkur hadislar va Qur’on karim
«Moida» surasining «Bugun sizlarning diningizni komil qildim,
ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun Islom
ni din qilib tanladim» degan 3oyati esa, o‘z navbatida, mazkur
tole rantlik ayniqsa Islom diniga ko‘proq xosligini va bu din bar
cha avvalgi dinlardan behad yuksakligini ham ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: