Ekologiya fakulteti


Hayvonot olamini himoya qilish choralari



Yüklə 145,66 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2022
ölçüsü145,66 Kb.
#77830
1   2   3   4
10 VAROQ 6

3. Hayvonot olamini himoya qilish choralari. Hayvonlarni muhofaza qilib, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:

1. Ovchilik va baliq ovlashni tartiga solish – bu hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarishdagi eng muhim tadbirlardan biridir.


2. Qo'riqxona va zakazniklar – turi va soni kamayib ketayotganhayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi. Chunki qo'riqxonalarda ma'lum tabiiy maydonlarda tabiat komponentlarini, asosan hayvonlarni tabiiy holicha saqlab qolinadi yoki insonning ta'siri natijasida turi va soni kamayib ketgan hamda ketayotgan hayvonlar (tuvaloq, suvsar, qunduz, los, zubr, xongul bug'usi, sayg'oq, chipor bug'u, qulon va b.q.) ko'paytirilib, so'ngra boshqa joylarga tarqatiladi. Bulardan tashqari qo'riqxonalarda noyob hayvonlarni seleksiyasi yaxshilanadi, yashash sharoitlari va biologiyasi o'rganiladi, biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, ularga qo'shimcha ravishda qishda ozuqa tayyorlanadi, in va uya qo'yishlari uchun joylar ajratiladi, ov qilish taqiqlanadi va oqibatda hayvonlar tez ko'payib, qayta tiklanadi.
3. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash hayvonlarni muhofaza qilishning muhim choralaridan biridir. Hayvonlar yashaydigan joyning ekologik sharoitini yaxshilashning eng muhim yo'li bk biotexnik tadbirlardir. Biotexnik tadbirlarga qo'yidagi ishlar kiradi: qishloq xo'jalik ishlarida, o'rmonlarni kesishda, hayvonlaruchun ozuqa va muhofaza bo'ladigan maydonlarni qoldirish; hayvon va qushlar yashaydigan joyi va uyalarning atrofiga o'simliklardan himoya qilish polosasini tashkil etish va yangi yashaydigan joylar, uyalar qurish.
4. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida erlardan foydalanish jarayonidan hayvonlar uchun tabiiy fitosenozlar qoldirish ham ularni muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlardir. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Polsha kabi davlatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan erlar (madaniy landshaftlar) orasida hayvonlarni yashashi uchun tabiiy fitosenozlarni – to'qayzorlar, o'tloqlar va o'rmonlarni saqlab qhamda zovurlar, jarlar, kanal va ariqlar atrofida o'rmon polosalari tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

5. Hayvonlarni tabiiy ofatlardan saqlash. Bunda suv toshqini, jala, bo'ron, qo'rg'oqchil va qattiq sovuq bo'lganda Hayvonlarga yordam ko'rsatiladi.


6. Hayvonlarni akklimatizasiya va reakklimatizasiya qilish – ularni muhofaza qilib, qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi.
Akklimatizasiya (iqlimlashtirish) – ma'lum bir hayvon turining yangi tabiiy sharoitga, xususan yangi iqlimga, ya'ni yangi hayot sharoitiga moslashishdir.
Reakklimatizasiya – qayta iqlimlashtirish bo'lib, o'tmishdama'lum regionda ko'plab yashagan, so'ngra noyob bo'lib qolgan hayvonlarni ko'paytirib, o'sha territoriyaga qayta moslashishdir.

Hulosa

Nima sababdan biroziq darajasi va keyingisi orasida oziq toʻridan juda koʻp miqdordagi energiya chiqib ketadi? Quyida energiya uzatilishi samaradorligi past ekanining bir nechta sabablari keltirilgan:^{1,2}1,2start superscript, 1, comma, 2, end superscript


Har bir trofik darajada organizm hujayraviy nafas olish jarayonida va kundalik hayotini olib borishida sezilarli miqdordagi energiya issiqlik sifatida bugʻlanib ketadi.
Organizm isteʼmol qiladigan ayrim organik molekulalar hazm boʻlmaydi va oʻzlashtirilmasdan organizmdan chiqit sifatida chiqarib yuboriladi.
Trofik darajadagi barcha organizmlar ham keyingi yuqori darajadagi organizmlar tomonidan isteʼmol qilinavermaydi. Ayrimlari umuman isteʼmol qilinmasdan nobud boʻladi.
Organizmlar chiqargan axlat va isteʼmol qilinmagan oʻlik organizmlar redutsentlar tomonidan metabolizmga uchraydi va hujayraviy nafas olish jarayonida issiqlik energiyasiga aylantiriladi. Demak, energiyaning hech qancha miqdori shunchaki gʻoyib boʻlmaydi, shunchaki uning barchasi issiqlik sifatida birlashadi.


Yüklə 145,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin