Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


  6.3. Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 


126 
6.3. Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlari 
Xizmat ko’rsatish sohasi oxirgi yiilarda keskin ravishda o’sib bormoqda. Xizmat 
ko’rsatish hozirda AQSH yalpi ichki tovarining 65%ini tashkil qilmoqda va yanda 
o’sib bormoqda. 2014 yilgacha 5 ish o’rnidan 4 tasi hizmat ko’rsatish sohasida bo’lishi 
taxmin qilingan. Dunyo iqtisodida esa xizmat ko’rsatishning o’sishi yanada keskin; 
yalpi xalqaro tovarning 64%i. 
Xizmat ko’rsatish sanoat sohalari bir biridan juda katta farq qiladi. Davlatlar 
sudlar, ish bilan ta’minlash hizmatlari, kasalhonalar, harbiy hizmat, politsiya va 
yong’inga qarshi xizmat, pochta xizmati va maktablar orqali xizmatlar taklif qiladi. 
Xususiy notijorat tashkilotlar muzeylar, xayriya tashkilotlari, cherkovlar, kollejlar va 
kasalxonalar orqali xizmat ko’rsatatadilar. Bunga qo’shimcha sifatida, biznes 
tashkilotlari havo yo’llari, banklar, mehmonxonalar, sug’urta kompaniyalari, 
consulting firmalari, meditsina va qonuniy tashkilotlar, telekommunikatsion 
tashkilotlar, ko’chmas mulk firmalari , va boshqalrani taklif qiladilar.
Kompaniya marketing dasturlarini tayyorlashda 4 muhim xususiyatlarni hisobga 
olishi lozim: nomoddiylik, ajralmaslik, turlilik va o’tkinchiligi. 
Xizmat nomoddiyligi xizmatni sotib olinishidan oldin ko’rib, ta’tib, his qilib, 
eshitib yoki hidlab bo’lmasligini bildiradi. Masalan, kosmetik jarrohlik jarayonida 
o’tayotganlar natijani oldindan ko’ra olmaydilar. Havo yo’llari pasajirlari bilet va 
yuklari manzilga yetib borish haqida shunchaki va’dadan boshqa hech nima 
olmaydilar. Noaniqlikni kamaytirish maqsadida, xaridorlar xizmat sifati belgilarini 
qidiradilar. Ular joy, odamlar,narx, jihozlar va boshqa moddiy narsalardan xulas 
chiqaradilar. 
Shunday ekan, xizmatni moddiylashtirish va kerakli sifat belgilarini yaratish 
xizmat ko’rsatuvchining vazifasidir. ● “Mayo Clinic” bu vazifani yuqori darajada 
bajaradi: 
Moddiy tovarlar, avval ishlab chiqariladi, keyin saqlanadi, keyin sotiladi va undan 
keyin iste’mol qilinadi. Lekin, servislar avval sotiladi va keyin ishlab chiqariladi va 
keyin iste’mol qilinadi.


127 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin