Falsafa 21-mavzulari mundarija


Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o’xshash hollarni ko’zatish mumkin. Masalan



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə41/47
tarix16.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#88085
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o’xshash hollarni ko’zatish mumkin. Masalan,
Daraxt - o’simlik
Terak – daraxt
Terak - o’simlik
va
Har bir ximyaviy element o’z atom og’irligiga ega
Mis - ximiyaviy element
Mis o’z atom og’irligiga ega

xulosa chiqarish ko’rinishlari mazmuni bo’yicha turlicha bo’lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strugturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-«daraxt», ikkinchi misolda – «ximiyaviy element» tushunchasi) orqali bog’langan.


Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil holda mavjud bo’lishi va, demak, o’ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo’ldi. Shuning uchun ham mantiqda uni alohida o’rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strugturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o’zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strugturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g’oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo’lishi va formal jihatdan to’g’ri qurilishi kiradi. Chin fikr deb, o’zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo’lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin bo’lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo’lsada, o’z holicha yetarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to’g’ri qurilgan ham bo’lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo’lib, tafakkurda hosil bo’ladigan turli xil mantiqiy strugturalarda, sodir bo’ladigan har xil mantiqiy amallarda o’z aksini topadi.
Fikrni to’g’ri qurishga tafaqqur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o’rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhogamani to’g’ri qurish uchun zarur bo’lgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bo’lishidan iborat.
Muhokamani to’g’ri qurish bilan bog’liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to’g’ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning bo’zilishi muhokamaning noto’g’ri qurilishiga sabab bo’ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo’lgan huquqiy hujjat», «Buyruq qonun emas», demak, «Buyruq rioya qilish zarur bo’lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir-moddiy jism», demak, «Temir-kimyoviy element») mumkin.
3. Tafakkur ko’p qirrali jarayon bo’lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo’yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o’rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo’nalishlarga ajralishiga sabab bo’ladi.
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan, deb atash mumkin. Hozirgi paytda uning formal mantiq, dialegti mantiq va matematik mantiq kabi yo’nalishlarini farq qilish mumkin. Normal mantiq tafakkurning strugturasini fikrning konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib o’rganadi. Uning diqqat margazida muhokamani to’g’ri qurish bilan bog’liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi.
Formal mantiqga to’g’ri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi falsafiy fan, deb ta’rif berish mumkin.
Dialegtik mantiq, formal mantiqdan farqli o’laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birlikida hamda taraqqiyotida olib o’rganadi. Matematig mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstragtlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Biz o’rganadigan fan formal mantiq bo’lib, u hozirgi paytda o’zining maxsus formallashgan tiliga, to’g’ri muxokama yuritish uchun zarur bo’lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konseptual vositalariga ega. Tafakkurni o’rganuvchi boshqa fanlar, xususan falsafa, psixologiya, fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida o’zining munosib o’rniga ega. Ayniqsa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta.
4. Tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o’stiradi, xususan, fikrni to’g’ri qurish malakasini rivojlantiradi; bahs yuritishda o’zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo’lishiga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to’g’ri qurishga, formal ziddiyatlar, xatolarga yo’l qo’ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o’ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu o’rinda buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining alohida e’tiborga loyiq eganligini ta’g’idlash zarur. U shunday yozadi: «Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo’l qo’yish mumkin bo’lgan barcha hollarda, to’g’ri tafakkurga yetaklaydigan, uning yordamida har safar xulosa chiqarayotganda adashishga qarshi extiyot choralarini ko’rsatadigan san’atni-mantiq san’atni o’rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo’lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo’lgan munosabatiga o’xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to’g’irlash extiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo’lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo’l quyish mumkin bo’lgan barcha hollarda aqlni to’g’irlab turadi».14
Uning ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O’quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo’lishiga, muammolarning mantiqan to’g’ri qo’yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strugturasini to’g’ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to’g’ri foydalanishga bog’liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni yechish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strugturasini o’rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo’lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Har bir fan kabi mantiq ilmi ham o’zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabgi an’analar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Ularning shakllanishiga notiqlik san’ati, matematiga ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko’rsatdi. Shuni aytish kerakki, Qadimgi dunyoda Aristotelgacha bo’lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud bo’lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Qadimgi Hindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o’z ichiga oladi: 1) ilk budda mantiqi (er. av. VI-V asrlari); 2) nyaya, vaysheshiga maktablarining mantiqiy ta’limoti (er. III-V asrlari); 3) budda mantig’ining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari).
Qadimgi Hindistondagi shakllangan mantiq an’analari Qadimgi Gresiyada mantiq ilmining paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatgan.
Qadimgi greg falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat to’g’risida» asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida u yoki bu darajada ko’rib chiqilgan. Aristotelgacha bo’lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demogritning mantiqiy ta’limoti, Soqratning indugtiv metodi va Platonning dialegtikasi diqqatga sazovordir.
Demogrit (er. av. 460-370) mantiqiy ta’limotida fikrning chinligi masalasi muhim o’rin tutadi. U ko’proq indugsiya va analogiyani o’rganishga e’tibor beradi, haqiqatni bilish uchun yaqqa buyumlarni ko’zatish, his qilish orqali umumlashtirish zarur, deb ta’kidlaydi. Hukmni subyekt va predigatning o’zaro aloqasidan iborat, deb ta’riflaydi. U yetarli asos qonunini ontologik asosda tushuntiradi. Demokritning mantiqiy ta’limoti keyinchalik Aristotel va F. Beg’on ta’limotlariga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.
Soqrat (er. av. 469-399) ta’limotiga ko’ra buyumlarning mohiyatini bilib bo’lmaydi. Inson, avvalo, o’z-o’zini bilishi kerak. Bilim umumiylik to’g’risidagi tushunchadir. Haqiqatni aniqlash uchun o’ziga xos usul darkor. Bu usul vositasida o’rganilayotgan buyum haqida umumiy tushuncha hosil qilinadi va shu tushunchaga asoslanib buyum haqida fikr yuritiladi. Haqiqatni aniqlash uchun muxolif fikridagi ziddiyatlar o’rganiladi. Predmet haqidagi tushunchalar ziddiyatli bo’lsa, demak bilim yuzaki bo’ladi. Soqrat haqiqatni aniqlashda induksiya va definisiyadan foydalanishni tavsiya etadi.
Indugsiya - kundalik hayotdagi yakka misollar asosida umumiy tushunchalarni hosil qilish usulidir. Definisiya - bahs jarayonida tushunchalarni ta’riflashdan iborat. Bu usulni Soqrat «mayevtiga» deb ataydi.
Platon (er. av. 427-347) ustozi Soqratning, umumiy tushunchalar buyumlarning mohiyatini ifodalaydi, degan fikrini davom ettiradi. U umumiy tushunchalarni buyumlardan va insonlardan ajralgan mutlaq g’oyalar sifatida talqin qiladi, ularni birlamchi deb biladi. U hukmni tafakkurning asosiy elementi deb hisoblaydi. Hukm ega va gesimning birligidan iborat bo’lib, tasdiq yoki ing’or ma’noni bildiradi. Agar hukmda birlashishi mumkin bo’lmagan tushunchalar birlashtirilsa, u xato bo’ladi.
Platon hukmlarni tashkil etuvchi tushunchalarni piramida shaklida tasvirlaydi. Piramidaning uchiga ezgulik tushunchasini qo’yadi. Borliq, o’zgarish, sukunat, ayniyat, tafovut tushunchalarini eng universal tushunchalar, deb ta’riflaydi. Chin bilimga intuisiya orqali erishiladi. Platon definisiya masalasiga katta e’tibor bergan, yaqin jins va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash usulini, tushunchalarni dixotomik bo’lishni bilgan.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotelning nomi bilan bog’liqdir. U birinchi bo’lib, mantiq ilmi o’rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Gatekoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi Analitiga», «Ikkinchi analitiga», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topiga» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag’ishlangandir. Uning «Ritoriga», «Poetiga» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Aristotel mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, haqiqatni aniqlashdir, deb ta’kidlaydi.
Epikur (er. av. 341-270) falsafada birinchi o’ringa bilish nazariyasi va mantiqni qo’ygan, ikkinchi o’rinda – fizika, uchinchi o’rinda – axloq bo’lgan. U tug’ma g’oyalar yo’q, bilimlarimizning manbai – sezgilardir, sezgilarimiz yolg’on ma’lum ot bermaydi, faqat xulosa chiqarishdagina inson xatoga yo’l qo’yishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Epigur xulosa chiqarishda ko’proq analogiya va indugsiyaga ahamiyat bergan.
IX-XI asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shug’ullangan O’rta Osiyo mutafakkirilaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiylarni ko’rsatish mumkin. Bu mutafakkrlarning mantiqqa bag’ishlab yozgan asarlari asosan to’qqiz nomdan iborat ekanligini va ularning nomlanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organoni» ni tashkil etuvchi oltita mantiqiy tragtatlariga («Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitiga», «Ikkinchi analitiga», «Topiga», «Sofistig raddiya») suriyaliklar uning «Ritoriga»si bilan «Poetiga»sini qo’shdilar. Bundan avvalroq esa unga Porfiriyning «Isoguvchi» asari qo’shilgan edi. Shunday qilib «Organon» to’qqiz tragtatdan iborat bo’lgan yaxlit ta’limot sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. Shu asosga ko’ra Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylar mantiqga oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chiqdilar.
Mantiq ilmining keyingi davrlardagi rivoji Baxmanyor (1065 y.), Ibn Rushd (1126-1198), Nasriddin Tusiy, Faxriddin Roziy, Qazviniy, Shamsiddin Samarqandiy, Taftazoniy (1322-1390), Mirsharif Jurjoniy (1340-1413) va boshqalarning nomi bilan bog’liq.
Mirsharif Jurjoniy ham Ibn Sino kabi mantiqni «bilish haqidagi fan» sifatida ko’rib o’tadi. Uning ta’limotiga ko’ra, mantiq fani bilish nazariyasi hisoblanmaydi. Bilish jarayonida biz - tushuncha va mulohazalar orqali yangi, noaniq narsa haqida fikrga ega bo’lamiz, deb ta’kidlaydi. U har qanday fikr tuzilishiga ko’ra materiya va shakldan iborat, shuning uchun to’g’ri mantiqiy xatolar fikrning mazmuniga va shakliga xosdir, deb yozadi. Jurjoniy fikricha, tushuncha bu qandaydir individual narsa hisoblanadi. U asosan tushunchalarning kelib chiqishi va ko’rinishiga e’tiborni qaratadi.
3. Yangi davrda Yevropada fanning, ayniqsa tabiatshunoslikning rivojlanishi ilmiy metod (uslub) masalalariga e’tiborni kuchaytirdi. Bu davrning buyuk mutafakkirlari R. Dekart, F. Beg’on, T. Gobbs, Leybnis va boshqalar mantiq ilmining turli yo’nalishlarining yaratilishiga asos soldilar.
Mantiq ilmining rivojlanishida, ilmiy uslub bilan bog’liq masalalarni hal etishda R. Degart (1606-1650) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
Dekart mashhur faylasuf, yirig matematik va mantiqshunos olimdir. Uning falsafiy qarashlari «Falsafa muqaddimasi» asarida o’z ifodasini topgan. Mantiqiy qarashlari esa, uning «Uslub haqida mulohazalar» risolasida bayon etilgan. Ayniqsa «Uslubning asosiy qoidalari» deb ataluvchi qismi mantiq fani rivoji uchun ahamiyatli bo’lgan. Unda bilishning ilmiy uslubini xarakterlaydigan asosiy qoidalari ishlab chiqilgan.
XIX-asrning o’rtalariga kelib mantiq ilmida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. U Aristotel mantiqiy sistemasiga asoslangan an’anaviy formal mantiqdan tubdan farq qiladigan, matematik metodlardan keng foydalanadigan simvolik mantiq (yoki matematik mantiq) ning shakllanishi bilan bog’liq. Uning negizida Leybnis ilgari surgan muhokamalarga hisoblash tusini berishning mumkinligi va uning samaradorligi haqidagi g’oya yotadi. XIX-asrning o’rtalari - XX-asrning boshlarida bu g’oyani J. Bo’l, A.M. De-Morgan, Ch. Pirs, G’. Freg’e va boshqa taniqli olimlar amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shdilar.
Olamdagi narsa va hodisalar harakati o’ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakat ning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o’ziga xos obyektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o’rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo’ysunadi. Ular dialegtika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialegtika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga xos bo’lgan eng umumiy qonunlar bo’lib, dialegtik mantiq ilmining o’rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafaqkkurdagina amal qiladi. Dialegtika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o’rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo’lishini e’tiborga olgan holda o’rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog’lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to’g’ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo’lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o’zaro aloqalarini ifodalaydi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin