Fitoterapiya


Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32

Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan  o„zgarishlar  – 
sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni 
(fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar 
natijasida  cho„kmaga  tushish  va  boshqalar.  Fitoterapiya  farmakoterapiyaning  bir  turi,  uning 
yaxshi  tomonlari,  boy  tarixi.  Ibn  Sino,  dori  vositalarini  (fitopreparatlarni)  yaratish,  manba‟i, 
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
 
.“Keys-stadi” metodi 
 
Keys-stadi  interaktiv  ta‟lim  metodi  sifatida  talabalar  tomonidan  eng  afzal  ko„riladigan 
metodlar  qatoriga  kirmoqda.  Ushbu  texnologiya  asosan  farmatsevtika  fanlaridan  dars  beruvchi 

141 
 
o„qituvchi  va  talabalarning  umumiy  intellekua  lva  kommunikativ  salohiyatini  rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Buning  sababi  sifatida  ushbu  metod  talabalarga  tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni 
o„zlashtirishda  hamda  amaliy  ko„nikmalarni  shakllantirishda  mustaqillikka  ega  bo„lish 
imkoniyatini  berishida  ko„rish  mumkin.  O„z  navbatida  vaziyatlarning  analizi  (tahlili) 
talabalarning kasbiy  shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir  o„tkaza olishi, ularning kasbiy  jixatdan 
“ulg„ayishiga”  xizmat  qilishi,  ta‟lim  olishga  nisbatan  qiziqish  va  ijobiy  motivatsiyaning 
shakllantirishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o„qituvchining  tafakkurturi  sifatida, 
alohida  paradigma  ko„rinishida  gavdalanib,  ijodiy  salohiyatni  rivojlantirish,  noan‟anaviy  tarzda 
fikrlash imkoniyatini beradi. 
 
“Keys metodi” ni amalga  oshirish bosqichlari 
 
Ish bosqichlari 
Faoliyatshaklivamazmuni 
1-bosqich:  Keys  va  uning  axborot 
ta‟minoti bilan tanishtirish 

 
Yakka tartibdagi audio-vizualish; 

 
Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media 
shaklda); 

 
Axborotni umumlashtirish; 

 
Axborot tahlili; 

 
Muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni  aniqlashtirish  va 
o„quv topshirig„ni belgilash 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; 

 
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich:Keysdagi 
asosiy 
muammoni  tahlil  etish  orqali  o„quv 
topshirig„ining  echimini  izlash,  hal 
etish yo„llarini ishlab chiqish 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish; 

 
har  bir  echimning  imkoniyatlari  va  to„siqlarni 
tahlil qilish; 

 
muqobil echimlarni tanlash 
4-bosqich:Keys  echimini  echimini 
shakllantirish va asoslash, taqdimot.  

 
Yakka va guruhda ishlash; 

 
Muqobil 
variantlarni 
amalda 
qo„llash 
imkoniyatlarini asoslash; 

 
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

 
yakuniy  xulosa  va  vaziyat  echimining  amaliy 
aspektlarini yoritish 
 
Keys. Pnevmoniya bilan  og„rigan  bemorni 5 kun davomida  etazol bilan 1.0 dan kuniga 6 
maxaldan  davolandi.  Laboratoriyada  aniqlandiki,  bu  bemordagi  pnevmoniya  qo„zg„atuvchisi 
sulfanilamidlarga  sezgir.  Shunday  bo„lsa  ham  bemorning  klinik  ahvoli  yaxshilanmadi. 
Etazolning  etarli  bo„lmagan  ta‟sirining  sababini  mada  va  qanday  qilib  etarli  darajadagi  ta‟sirga 
erishish mumkin?  
Talabalarga  tavsiya  etiladigan  material:“Pedagogik  talab”  va  uning  mohiyatini  yoritishga 
oid materiallar.  
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar: 
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling. 
2.Manbalar asosida muammoning echimini toping. 
3.Aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga  barchasidan ko„proq  dahldor  bo„lgan omil (yoki 
ikki taomil)ni ajrating. 
4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling. 
5. Echimni bayoneting. 
 

142 
 
Muammo 
Yechimi 
Natijasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
.„SWOT“ – tahlil jadvali. 
 
SWOT 
tahlili  talabalarga  tizimli  mushohada  qilish,  taqqoslash,  solishtirish,  tahlil, 
sintezni  amalga  oshirish  ko‟nikmalarini  rivojlantiradi.  Talabalar  mini  guruhlarga  birlashishadi, 
taqqoslashadi, to‟ldirishadi, o‟zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi. 
SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan. 
Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi; 
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi; 
Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar; 
      Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar 
 
 
“Nilufar guli” sxemasi 
Muammoni  hal  etish  usuli.  O‟zida  Nilufar  guli  obrazini  mujassam  etgan  9ta  katta  kvadratlar 
chiziladi  va  ularning  har  biriniichiga  kichik  9takvadratchiziladi.  Asosiy  muammo  markaziy 
kvadratning  markaziga  yoziladi.  Uni  hal  qilish  g‟oyalari  markaziy  kvadrat  atrofida  joylashgan 
qolgan  8ta  kvadratlarga  yoziladi.  Juftlarga  birlashiladi,  o‟z  sxemalarini  taqqoslaydi  va 
qo‟shimchalar  kiritadi.  Umumiy  sxemaga  joylaydilar.  “Nilufar  guli”  sxemasi  tizimli,  ijodiy, 
tahliliy mushohada qilish ko‟nikmalarini beradi.  
Masalan:
“Nilufar guli 
 
 
 
segmenta

 
 
 
ishemiya 
   
Tomir 
tortish 
 
 
 
tutqano

   
metabo
lik 
 
 
  trofik 
 
 
Tremor 
 
 
 
 
Isteriy

 
 
 
Gipoksi
ya 
 
reoksigen
asiya 
 
bulbar 
 
 
afoniya 
 
 
falajlar 
Gomeo
staz 
buzilis
hi 
 
 
ishemiy

 
 
 
S Farmakologik guruh 
 
 
W         Ta‟sirmexanizmi 
 
 
O        Farmakologikta‟sir 
 
 
T            Preparatlar 
 
 

143 
 
 
     
ataksiya 
 
 
    xoreya 
  nevraste
niya 
 
Ruhiy 
travma
lar 
   
Giperf
aol 
neyron
lar 
 
 
Notsise
pt 
uzilish 
 
 
 
Giperk
inez 
 
 
 
Nevro

 
 
 
Og‟riq 
 
 
     atetoz 
 
 
epilepsiy

Ijtimoiy 
omil 
 
Stress 
 
nevro
ma 
 
Algik 
sistema 
 
 
 
 
  
Paraplegi
ya 
 
 
 
Refleksla
rning 
ezilishi 
   
  
trofinlar 
 
 
Trofog
enlar 
  Chuqur 
uyqu 
 
qarilik 
 
 
Spinal 
    shok 
 
 
 
Distro
fiya 
 
 
 
narkoz 
 
 
spazm 
 
Lokomot
or 
tormozsiz
lanish 
 
  
viruslar 
 
 
toksinl
ar 
Alsgey
mer 
 
 
Nazariy qism 
Ko„pchilik  dori  vositalarining  ta‟siri  natijasida  organizm  tomonidan  turli 
fiziologik,  biokimyoviy  o„zgarishlar  bilan  birga  boradigan  javob  reaksiyasi  yuzaga  chiqadi. 
Ushbu  javob  reaksiyalari  turlicha  namoyon  bo„ladi.  Boshqacha  aytganda  dori  vositalari  turli-
tuman  bo„lgani  singari,  ularning  ta‟sir  turlari  ham  xilma-xil.  Ularning  ta‟siri  asosan  ikki  xil-
  mahalliy  va umumiy bo„ladi. 
Dori  vositalarining  mahalliy  ta‟siri ularning  qonga  so„rilishidan  oldin  sodir  bo„ladi  va 
shuning  uchun  ham  ushbu  ta‟sir  turini  prerezorbtiv  ta‟sir  deyiladi.  Bunda  organizmning  javob 
reaksiyalari dori moddasi kiritilgan yoki to„qimaga tushgan joyida yuz beradi. Masalan, malham-
surtma  dorilar  teri  yuzasida  turli  sezgilar  va  o„zgarishlar  keltirib  chiqaradi.  Mahalliy  ta‟sir 
me‟da-ichak  yo„lida,  bo„g„im  bo„shlig„ida,  shilliq  qavatlar  yuzasida  ham  sodir  bo„ladi.  Bunga 
misol tariqasida dikain va lidokain dorilarini ko„zga tomzilsa yoki shilliq qavatga surtilsa, o„sha 
yerdagi to„qimada joylashgan sezuvchi nerv oxirlari falajlanadi va og„riq sezgisi yo„qoladi. 
Dori vositalarining bunday ta‟sir turi dermatologiyada, oftalmologiyada, xirurgiyada ko„p 
ishlatiladi.  Mahalliy  ta‟sirni  butun  organizm  reaksiyasidan  ajralgan  holda  qarab  bo„lmaydi, 
chunki  ko„pchilik  dori  vositalar  (simob  preparatlari,  anestezin  va  b.)  so„rilib  qonga  o„tadi. 
Demak, mahalliy  ta‟sir nisbiy tushunchadir. 
Dori vositalarining umumiy ta‟siri ular qonga so„rilganidan so„ng boshlanadi. Shu sababli 
bu ta‟sirni rezorbtiv ta‟sir  deb ham  yuritiladi. Dori  vositalarining ta‟siri  xilma-xil  bo„lib,  ularni 
kiritish  usuliga  va  organizmning  turli  biologik  to„siqlaridan  o„ta  olish  faoliyatiga,  to„qimaning 
qon bilan ta‟minlanishiga va boshqa bir qator omillarga bog„liqdir. 
Mahalliy  hamda  rezorbtiv  ta‟sirlar    reflektor  ta‟sirga  sabab  bo„lishi  mumkin.  Natijada 
ekstero-  yoki  intraretseptorlar  ta‟sirlanishi  tufayli  nerv  markazlari  yoki  bajaruvchi  a‟zolar 
faoliyati  o„zgaradi.  Masalan,  lobelin  yoki  sititon  eritmasi  vena  qon  tomirlariga  yuborilganda 
karotid  koptokchalarning  ta‟sirlanishi  tufayli  reflektor  ravishda  nafas  markazi  qo„zg„olib,  nafas 

144 
 
tezligi va hajmi ortadi. Novshadil spirtini hidlash natijasida nafas kuchayishi  yoki xloroform va 
efir hidlanganda nafasning to„xtab qolishi ham reflektor ta‟sir bilan tushuntiriladi. 
Dori  vositalarining  rezorbtiv  ta‟sirlari asosiy  va  qo„shimcha  ta‟sir  shaklida  bo„lishi 
mumkin.  Dorilarni  davo  maqsadlarida  ishlatilishi 
ularning 
asosiy  ta‟siriga  bog„liq.  Qo„shimcha  ta‟sir  esa  dorilarning  asosiy  ta‟siri  bilan  bir  qatorda 
boshqa  a‟zo  va  sistemalarga  qo„shimcha  o„zgacharoq  ta‟sir  etishidir.  Bunday  rezorbtiv  ta‟sir 
turiga ko„pgina  dori  vositalari  misol  bo„la  oladi.  Masalan,  morfin markaziy  nerv  sistemasining 
og„riq  sezish  markaziga  ta‟sir  ko„rsatib,  og„riqni  qoldiradi.  Bu  morfinning  asosiy  ta‟siri 
hisoblanadi.  Shu bilan bir  qatorda u  yengil uyqu  chaqiradi,  yo„talni  qoldiradi,  nafas  markazini 
susaytiradi. Ushbu  ta‟sirlar morfinning qo„shimcha ta‟siri hisoblanadi. 
Dorilarning  qo„shimcha  ta‟siri  tanaga  nisbatan  ijobiy  va  salbiy    bo„lishi  mumkin. 
Keltirilgan  misolda  morfinning  uxlatishi  va  yo„tal  markaziga  ta‟siri  tufayli  yo„talni  to„xtatishi 
uning 
ijobiy 
qo„shimcha 
ta‟siridir. 
Nafas 
markaziga 
bo„lgan 
susaytiruvchi 
ta‟sir  esa  salbiy  yoki  organizm  uchun  xavfli-zararli  hisoblanadi.  Dori  vositalarining  ushbu 
salbiy ta‟siri nojo„ya ta‟sir deb  ham yuritiladi.  Shunday  dorilar  mavjudki,  ishlatilish  maqsadiga 
qarab, ularning nojo„ya ta‟siri ijobiy hisoblanadi. Ijobiy  ta‟siri salbiy bo„lishi mumkin. Masalan, 
atropinning  farmakologik ta‟siri turlicha  va  shu  sababli  ishlatilishi xilma-xildir.  Agar u me‟da-
ichak yara kasalligi tufayli  og„riqda spazmolitik sifatida ishlatilsa, bu uning ijobiy, shu bilan bir 
qatorda taxikardiya berishi esa salbiy ta‟siri  hisoblanadi. Aynan  u  bradiaritmiyaga davo sifatida 
berilsa,  unda  ushbu  ta‟sir  ijobiy,  me‟da  shirasini  va  harakatini  susaytirishi  esa  salbiy  ta‟sir 
hisoblanadi. Bunday  xususiyat ko„pchilik dori vositalarga  xosdir (efedrin,  uxlatuvchi  dorilar  va 
b.). 
Dorilarning  nojo„ya  ta‟siri  ularni  qo„llashda  moneliklarga  olib  keladi  va  bu  holat 
farmakoterapiyada xisobga olinishi zarur. 
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirida ularning  ma‟lum  bir a‟zoga yoki  sistemaga  tanlab 
ta‟sir  ko„rsatishi  alohida  o„rin  tutadi.  Chunki  ularning  bunday  ta‟sir  etishi  ijobiy  xususiyat 
hisoblanadi va u ko„pgina preparatlarga xosdir. 
Bularga  nerv  sistemasiga  tanlab  ta‟sir  etadigan  neyrotrop,  bachadonga  ta‟sir  etadigan 
dorilar 
(oksitotsin,  vetrazin), 
yurak 
faoliyatiga 
ta‟sir 
etadigan 
yurak  glikozidlari,  silliq  mushaklarga  ta‟sir  etadigan  miotrop  dori  vositalar  (papaverin,  no-
shpa) misol bo„la oladi. 
Dori  vositalarining  rezorbtiv  ta‟sir  turlaridan    birlamchi    (bevosita)  va  ikkilamchi 
(bilvosita)  ta‟siri  ayrim  dori  vositalariga  xosdir.  Bunda  dorining  asosiy  ta‟siri  qandaydir  bir 
a‟zoga  qaratilgan  bo„lsa  (birlamchi  ta‟sir)  va  unda  sodir  bo„ladigan  o„zgarishlar  oqibatida 
boshqa  bir  a‟zo  faoliyatida  ham  siljish  yuz  beradi  (ikkilamchi  ta‟sir).  Misol  uchun  yurak 
glikozidalarini olsak.  Ular  yurak faoliyati  zaiflashganida (dekompensatsiyada)  bemorga berilsa, 
yurak  mushaklarining  qisqarish  kuchini  oshiradi  (birlamchi  ta‟sir)  va  natijada  qon  aylanishi 
(gemodinamika)  yaxshilanadi,  tezlashadi.  Buning  oqibatida  esa  buyrak  faoliyati  zo„rayib 
peshob  ajralishi ko„payadi yoki diurez ortadi (ikkilamchi ta‟sir). 
Dorilarning  qaytar  va  qaytmas  ta‟sirlari.  Qaytar  ta‟sir  -  vaqtinchalik  farmakologik  ta‟sir 
bo„lib, a‟zo yoki to„qima faoliyati ma‟lum vaqtdan so„ng qaytadan tiklanadi. Bu vaqt davomida 
dori  biotransformatsiyaga  uchrab  ta‟siri  zaiflashadi  va  uning  metabolitlari  tanadan  chiqib 
ketadi. Masalan,  narkoz davri tugagach  bemorning uyg„onishi, novokain ta‟siri tugagach  og„riq 
sezishning tiklanishi  va hokazo. Aksariyat ko„p  dori moddalari  vaqtinchalik qaytar ta‟sirga ega. 
Dori  vositasining  qaytmas  ta‟sirida  hujayra  yoki  to„qima  butunligi,  tuzilishi  buzilib,  uning 
faoliyati  izdan  chiqadi.  Misol  tariqasida  og„ir  metal  tuzlari,  kuchli  kislota  va  ishqorlar  hamda 
xavfli o„smalarga qarshi ishlatiladigan vositalarni keltirish mumkin (simobli preparatlar ta‟sirida 
buyrak to„qimasining yemirilishi va boshqalar). Fosfororganik birikmalarning (xlorofos, butafos) 
atsetilxolinesteraza fermenti bilan birikishi ham qaytmas ta‟sirga misol bo„la oladi. 
Yuqorida bayon qilingan dori vositalarining ta‟sir turlaridan tashqari, ularning zararli-salbiy 
ta‟sirlari ham mavjud. 
 

145 
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
-1 Amaliy mashg„ulot: 
Dorilarni qo„shib ishlatish. 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan 
o„zgarishlar  –  sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks 
fitopreparatlarni  (fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy 
reaksiyalar  natijasida  cho„kmaga  tushish  va  boshqalar  haqida  ma„lumot  berish  va  amaliy 
ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan  o„zgarishlar  – 
sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni 
(fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar 
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar 
haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan 
o„zgarishlar  –  sinergizm, 
potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari.  
Kompleks  fitopreparatlarni  (fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin 
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.  
 Talaba bajara olishi lozim:  
Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan 
o„zgarishlar 
–  sinergizm, 
potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni  (fitoyig„malar  va 
boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar  natijasida  cho„kmaga 
tushish va boshqalar.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan 
o„zgarishlar  –  sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks 
fitopreparatlarni  (fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy 
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.  amalda kiritilishi qoidalari  haqida bayon 
etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Nazariy qism 
Farmakoterapiyada (fitoterapiyada ham) ko„pincha bir vaqtning o„zida bir necha dorilarni 
ishlatishga 
to„g„ri 
keladi.  Bundan  ko„zlangan  asosiy  maqsad 
tezroq  va  kuchliroq 
farmakoterapevtik  ta‟sirga  erishish  yoki  bir  nechta  a‟zo  sistemalarga  ta‟sir  ko„rsatib,  dorilar 
samaradorligini  oshirish  bilan  ularning  nojo„ya  ta‟sirini  kamaytirishdan  iborat.  Bir  vaqtda  bir 

146 
 
necha  dori  vositalarini tanaga kiritish yoki ketma-ket  yuborish  oqibatida ularning ta‟siri  har  xil 
o„zgarishlarga uchrashi mumkin. 
Bir  necha  dori  preparatlari  shunday  qo„shib  ishlatilganda  sinergizm  yoki  antagonizm 
holatlari kuzatilishi mumkin. 
Sinergizm  -  ikkita  dori  moddasi  qo„shib  berilganda  ularni  alohida  qo„llashga  nisbatan 
kuchliroq  bo„lgan  bir  yo„nalishdagi  ta‟sir.  Bunda  jamlanish  va  potensiyalanish  yuz  beradi. 
Jamlanishda 
dorilarning 
umumiy  farmakologik  ta‟siri 
ayrim  preparatlarning  ta‟sirlar 
yig„indisiga  teng  bo„ladi.  Jamlanishning  bu  turida  dorilarning  ta‟sir  etadigan  joyi  umumiy 
(bitta  retseptor,  hujayra,  tizim)  va  bir  xil  bo„ladi.  Masalan,  efir  va  azot  (I)  oksidning  markaziy 
nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoretseptorlarga ta‟siri. 
Potensiyalanishda  -  umumiy  farmakologik  ta‟sir  ayrim  preparatlar  ta‟siri  yig„indisidan 
bir necha marta kuchliroq bo„ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga chiqadi 
(aminazin 
va 
narkoz,  og„riq 
qoldiruvchi  preparatlar).  Bunda  ta‟sir  umumiy  bir 
yo„nalishda  bo„lib, turli sistemalarga qaratilgan bo„ladi. 
Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo„llaniladi.  Masalan, antibiotiklar 
bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, atsiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm 
deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo„lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda  qo„llanilayotgan 
dorilarning ta‟sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to„qima, retseptor) 
bo„lsa,  bilvosita  sinergizmda  esa  har  xil  bo„ladi.  Masalan,  atropin  M-xolinoretseptorlarni 
bloklab,  ko„z  qorachig„ini  kengaytiradi,  adrenalin  esa  adrenoretseptorlarni  qo„zg„atib,  shu 
effektni keltirib chiqaradi. 
Dori  vositalari  sinergizmining  potensiyalanish  turi  tibbiyot  amaliyotida,  ayniqsa 
anesteziologiyada  keng  ishlatiladi.  Chunki  bunda  ushbu  dorilarning  kichik  dozasi  olingani 
uchun ularning asoratlari, nojo„ya ta‟sirlari kam bo„ladi. 
Antagonizm - bir dori ta‟sirini boshqa dori ta‟siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf 
etish  demakdir.  Antagonizm  usulini  qo„llash  zaharlanishning  oldin  olish  va  davolash  tadbirlari 
yig„indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta‟siri deb tushuniladi. 
Antagonizm bir necha ko„rinishlarda bo„lishi mumkin : 
Fizikaviy  antagonizm  -  bir  moddaning  ikkinchi  modda  yuzasiga  so„rib  olinishi 
(adsorbentlar, faollashtirilgan ko„mir, oqsillar). 
Kimyoviy  antagonizm  -  kimyoviy  reaksiya  natijasida  zararsiz  birikmalar  hosil  bo„lishi. 
Masalan,  bariy  xloriddan  zaharlanishda  natriy  sulfat  yuborilsa,  organizm  uchun  zararsiz  bariy 
sulfat  hosil  bo„ladi.  Og„ir  metal  tuzlaridan  zaharlanishda  unitiol  ishlatiladi.  Undagi  sulfgidril 
moddasi metal bilan birikib,  zararsiz kompleks hosil qiladi. 
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, retseptorlar 
yoki  sistemalarga  ta‟sir  etib,  teskari  oqibat  keltirib  chiqaradi  (narkoz  vositalar  va 
analeptiklar).  Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o„zaro bir-birining ta‟sirini yo„qotadi) 
va  bir  tomonlama  (ikkinchisi  esa  birinchisi  ta‟sirini  bartaraf  etmaydi)  bo„ladi.  Ikki  tomonlama 
antagonizmga  kofein  bilan  fenobarbitalni  misol  qilib  keltirish  mumkin  (kofeinning  markaziy 
nerv  sistemasi  qo„zg„atuvchi  ta‟sirini  fenobarbital  tormozlab  yo„qotadi  va  aksincha).  Bir 
tomonlamaga  antagonizmga  esa  atropin  bilan  pilokarpinni  misol  qilish  mumkin.  Atropin 
xolinoretseptorni bloklab, pilokarpin keltirib  chiqargan ko„z qorachig„i torayishini bartaraf etib, 
uni  kengaytiradi.  Lekin  pilokarpin  esa  atropin  ta‟sirida  ko„z  qorachig„i  kengayishini  yo„qota 
olmaydi.  Bu  degan  so„z  pilokarpin  bilan  zaharlanishda  atropin  davo  bo„ladi,  aksincha  atropin 
bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi. 
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud. 
Konkurent  (raqobat)antagonizm  -  o„xshash  kimyoviy  tuzilishga  ega  bo„lgan  birikmalar-
moddalar o„rtasida retseptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va  nalorfin). 
Bevosita antagonizm - ikkita  dori  vositasi  bir xil retseptorlarga to„g„ridan  -  to„g„ri ta‟sir 
etib,  qarama  -  qarshi  natija  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  muskarin  M-xolinoretseptorlarni 
qo„zg„atsa, atropin esa ularni bloklaydi. 

147 
 
Bilvosita antagonizm  - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta‟sir etib 
qarama  -  qarshi  natija  keltirib  chiqaradilar.  Masalan,  pilokarpin  M-xolinoretseptorlarni 
qo„zg„atib,  ko„z  qorachig„ini  toraytirsa,  adrenalin  esa  adrenoretseptorlarni  qo„zg„atib  uni 
kengaytiradi. 
Ba‟zi dorilarni qo„shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning  farmakokinetikasida ham sodir 
bo„lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so„rilishini kamaytiruvchilar (adsorbentlar, 
shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog„langan antikoagulyantlarni 
(neodikumarin) indometatsin (yallig„lanishga qarshi dori) siqib chiqarishi, dori vositalar 
metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar aktivligini kuchaytiradigan induktorlar 
(fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turli dori vositalarining farmakoterapevtik ta‟sirini 
susaytirishi va boshqalar. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin