Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar –
sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni
(fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning
yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i,
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
.“Keys-stadi” metodi
Keys-stadi interaktiv ta‟lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko„riladigan
metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi
141
o„qituvchi va talabalarning umumiy intellekua lva kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga
qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni
o„zlashtirishda hamda amaliy ko„nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo„lish
imkoniyatini berishida ko„rish mumkin. O„z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili)
talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir o„tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan
“ulg„ayishiga” xizmat qilishi, ta‟lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning
shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o„qituvchining tafakkurturi sifatida,
alohida paradigma ko„rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‟anaviy tarzda
fikrlash imkoniyatini beradi.
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ish bosqichlari
Faoliyatshaklivamazmuni
1-bosqich: Keys va uning axborot
ta‟minoti bilan tanishtirish
Yakka tartibdagi audio-vizualish;
Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media
shaklda);
Axborotni umumlashtirish;
Axborot tahlili;
Muammolarni aniqlash
2-bosqich:Keysni aniqlashtirish va
o„quv topshirig„ni belgilash
Individual va guruhda ishlash;
Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich:Keysdagi
asosiy
muammoni tahlil etish orqali o„quv
topshirig„ining echimini izlash, hal
etish yo„llarini ishlab chiqish
Individual va guruhda ishlash;
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish;
har bir echimning imkoniyatlari va to„siqlarni
tahlil qilish;
muqobil echimlarni tanlash
4-bosqich:Keys echimini echimini
shakllantirish va asoslash, taqdimot.
Yakka va guruhda ishlash;
Muqobil
variantlarni
amalda
qo„llash
imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy
aspektlarini yoritish
Keys. Pnevmoniya bilan og„rigan bemorni 5 kun davomida etazol bilan 1.0 dan kuniga 6
maxaldan davolandi. Laboratoriyada aniqlandiki, bu bemordagi pnevmoniya qo„zg„atuvchisi
sulfanilamidlarga sezgir. Shunday bo„lsa ham bemorning klinik ahvoli yaxshilanmadi.
Etazolning etarli bo„lmagan ta‟sirining sababini mada va qanday qilib etarli darajadagi ta‟sirga
erishish mumkin?
Talabalarga tavsiya etiladigan material:“Pedagogik talab” va uning mohiyatini yoritishga
oid materiallar.
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar:
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2.Manbalar asosida muammoning echimini toping.
3.Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko„proq dahldor bo„lgan omil (yoki
ikki taomil)ni ajrating.
4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling.
5. Echimni bayoneting.
142
Muammo
Yechimi
Natijasi
.„SWOT“ – tahlil jadvali.
SWOT
tahlili talabalarga tizimli mushohada qilish, taqqoslash, solishtirish, tahlil,
sintezni amalga oshirish ko‟nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar mini guruhlarga birlashishadi,
taqqoslashadi, to‟ldirishadi, o‟zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi.
SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan.
Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi;
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi;
Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar;
Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar
“Nilufar guli” sxemasi
Muammoni hal etish usuli. O‟zida Nilufar guli obrazini mujassam etgan 9ta katta kvadratlar
chiziladi va ularning har biriniichiga kichik 9takvadratchiziladi. Asosiy muammo markaziy
kvadratning markaziga yoziladi. Uni hal qilish g‟oyalari markaziy kvadrat atrofida joylashgan
qolgan 8ta kvadratlarga yoziladi. Juftlarga birlashiladi, o‟z sxemalarini taqqoslaydi va
qo‟shimchalar kiritadi. Umumiy sxemaga joylaydilar. “Nilufar guli” sxemasi tizimli, ijodiy,
tahliliy mushohada qilish ko‟nikmalarini beradi.
Masalan:
“Nilufar guli
segmenta
r
ishemiya
Tomir
tortish
tutqano
q
metabo
lik
trofik
Tremor
Isteriy
a
Gipoksi
ya
reoksigen
asiya
bulbar
afoniya
falajlar
Gomeo
staz
buzilis
hi
ishemiy
a
S Farmakologik guruh
W Ta‟sirmexanizmi
O Farmakologikta‟sir
T Preparatlar
143
ataksiya
xoreya
nevraste
niya
Ruhiy
travma
lar
Giperf
aol
neyron
lar
Notsise
pt
uzilish
Giperk
inez
Nevro
z
Og‟riq
atetoz
epilepsiy
a
Ijtimoiy
omil
Stress
nevro
ma
Algik
sistema
Paraplegi
ya
Refleksla
rning
ezilishi
trofinlar
Trofog
enlar
Chuqur
uyqu
qarilik
Spinal
shok
Distro
fiya
narkoz
spazm
Lokomot
or
tormozsiz
lanish
viruslar
toksinl
ar
Alsgey
mer
Nazariy qism
Ko„pchilik dori vositalarining ta‟siri natijasida organizm tomonidan turli
fiziologik, biokimyoviy o„zgarishlar bilan birga boradigan javob reaksiyasi yuzaga chiqadi.
Ushbu javob reaksiyalari turlicha namoyon bo„ladi. Boshqacha aytganda dori vositalari turli-
tuman bo„lgani singari, ularning ta‟sir turlari ham xilma-xil. Ularning ta‟siri asosan ikki xil-
mahalliy va umumiy bo„ladi.
Dori vositalarining mahalliy ta‟siri ularning qonga so„rilishidan oldin sodir bo„ladi va
shuning uchun ham ushbu ta‟sir turini prerezorbtiv ta‟sir deyiladi. Bunda organizmning javob
reaksiyalari dori moddasi kiritilgan yoki to„qimaga tushgan joyida yuz beradi. Masalan, malham-
surtma dorilar teri yuzasida turli sezgilar va o„zgarishlar keltirib chiqaradi. Mahalliy ta‟sir
me‟da-ichak yo„lida, bo„g„im bo„shlig„ida, shilliq qavatlar yuzasida ham sodir bo„ladi. Bunga
misol tariqasida dikain va lidokain dorilarini ko„zga tomzilsa yoki shilliq qavatga surtilsa, o„sha
yerdagi to„qimada joylashgan sezuvchi nerv oxirlari falajlanadi va og„riq sezgisi yo„qoladi.
Dori vositalarining bunday ta‟sir turi dermatologiyada, oftalmologiyada, xirurgiyada ko„p
ishlatiladi. Mahalliy ta‟sirni butun organizm reaksiyasidan ajralgan holda qarab bo„lmaydi,
chunki ko„pchilik dori vositalar (simob preparatlari, anestezin va b.) so„rilib qonga o„tadi.
Demak, mahalliy ta‟sir nisbiy tushunchadir.
Dori vositalarining umumiy ta‟siri ular qonga so„rilganidan so„ng boshlanadi. Shu sababli
bu ta‟sirni rezorbtiv ta‟sir deb ham yuritiladi. Dori vositalarining ta‟siri xilma-xil bo„lib, ularni
kiritish usuliga va organizmning turli biologik to„siqlaridan o„ta olish faoliyatiga, to„qimaning
qon bilan ta‟minlanishiga va boshqa bir qator omillarga bog„liqdir.
Mahalliy hamda rezorbtiv ta‟sirlar reflektor ta‟sirga sabab bo„lishi mumkin. Natijada
ekstero- yoki intraretseptorlar ta‟sirlanishi tufayli nerv markazlari yoki bajaruvchi a‟zolar
faoliyati o„zgaradi. Masalan, lobelin yoki sititon eritmasi vena qon tomirlariga yuborilganda
karotid koptokchalarning ta‟sirlanishi tufayli reflektor ravishda nafas markazi qo„zg„olib, nafas
144
tezligi va hajmi ortadi. Novshadil spirtini hidlash natijasida nafas kuchayishi yoki xloroform va
efir hidlanganda nafasning to„xtab qolishi ham reflektor ta‟sir bilan tushuntiriladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirlari asosiy va qo„shimcha ta‟sir shaklida bo„lishi
mumkin. Dorilarni davo maqsadlarida ishlatilishi
ularning
asosiy ta‟siriga bog„liq. Qo„shimcha ta‟sir esa dorilarning asosiy ta‟siri bilan bir qatorda
boshqa a‟zo va sistemalarga qo„shimcha o„zgacharoq ta‟sir etishidir. Bunday rezorbtiv ta‟sir
turiga ko„pgina dori vositalari misol bo„la oladi. Masalan, morfin markaziy nerv sistemasining
og„riq sezish markaziga ta‟sir ko„rsatib, og„riqni qoldiradi. Bu morfinning asosiy ta‟siri
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u yengil uyqu chaqiradi, yo„talni qoldiradi, nafas markazini
susaytiradi. Ushbu ta‟sirlar morfinning qo„shimcha ta‟siri hisoblanadi.
Dorilarning qo„shimcha ta‟siri tanaga nisbatan ijobiy va salbiy bo„lishi mumkin.
Keltirilgan misolda morfinning uxlatishi va yo„tal markaziga ta‟siri tufayli yo„talni to„xtatishi
uning
ijobiy
qo„shimcha
ta‟siridir.
Nafas
markaziga
bo„lgan
susaytiruvchi
ta‟sir esa salbiy yoki organizm uchun xavfli-zararli hisoblanadi. Dori vositalarining ushbu
salbiy ta‟siri nojo„ya ta‟sir deb ham yuritiladi. Shunday dorilar mavjudki, ishlatilish maqsadiga
qarab, ularning nojo„ya ta‟siri ijobiy hisoblanadi. Ijobiy ta‟siri salbiy bo„lishi mumkin. Masalan,
atropinning farmakologik ta‟siri turlicha va shu sababli ishlatilishi xilma-xildir. Agar u me‟da-
ichak yara kasalligi tufayli og„riqda spazmolitik sifatida ishlatilsa, bu uning ijobiy, shu bilan bir
qatorda taxikardiya berishi esa salbiy ta‟siri hisoblanadi. Aynan u bradiaritmiyaga davo sifatida
berilsa, unda ushbu ta‟sir ijobiy, me‟da shirasini va harakatini susaytirishi esa salbiy ta‟sir
hisoblanadi. Bunday xususiyat ko„pchilik dori vositalarga xosdir (efedrin, uxlatuvchi dorilar va
b.).
Dorilarning nojo„ya ta‟siri ularni qo„llashda moneliklarga olib keladi va bu holat
farmakoterapiyada xisobga olinishi zarur.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sirida ularning ma‟lum bir a‟zoga yoki sistemaga tanlab
ta‟sir ko„rsatishi alohida o„rin tutadi. Chunki ularning bunday ta‟sir etishi ijobiy xususiyat
hisoblanadi va u ko„pgina preparatlarga xosdir.
Bularga nerv sistemasiga tanlab ta‟sir etadigan neyrotrop, bachadonga ta‟sir etadigan
dorilar
(oksitotsin, vetrazin),
yurak
faoliyatiga
ta‟sir
etadigan
yurak glikozidlari, silliq mushaklarga ta‟sir etadigan miotrop dori vositalar (papaverin, no-
shpa) misol bo„la oladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta‟sir turlaridan birlamchi (bevosita) va ikkilamchi
(bilvosita) ta‟siri ayrim dori vositalariga xosdir. Bunda dorining asosiy ta‟siri qandaydir bir
a‟zoga qaratilgan bo„lsa (birlamchi ta‟sir) va unda sodir bo„ladigan o„zgarishlar oqibatida
boshqa bir a‟zo faoliyatida ham siljish yuz beradi (ikkilamchi ta‟sir). Misol uchun yurak
glikozidalarini olsak. Ular yurak faoliyati zaiflashganida (dekompensatsiyada) bemorga berilsa,
yurak mushaklarining qisqarish kuchini oshiradi (birlamchi ta‟sir) va natijada qon aylanishi
(gemodinamika) yaxshilanadi, tezlashadi. Buning oqibatida esa buyrak faoliyati zo„rayib
peshob ajralishi ko„payadi yoki diurez ortadi (ikkilamchi ta‟sir).
Dorilarning qaytar va qaytmas ta‟sirlari. Qaytar ta‟sir - vaqtinchalik farmakologik ta‟sir
bo„lib, a‟zo yoki to„qima faoliyati ma‟lum vaqtdan so„ng qaytadan tiklanadi. Bu vaqt davomida
dori biotransformatsiyaga uchrab ta‟siri zaiflashadi va uning metabolitlari tanadan chiqib
ketadi. Masalan, narkoz davri tugagach bemorning uyg„onishi, novokain ta‟siri tugagach og„riq
sezishning tiklanishi va hokazo. Aksariyat ko„p dori moddalari vaqtinchalik qaytar ta‟sirga ega.
Dori vositasining qaytmas ta‟sirida hujayra yoki to„qima butunligi, tuzilishi buzilib, uning
faoliyati izdan chiqadi. Misol tariqasida og„ir metal tuzlari, kuchli kislota va ishqorlar hamda
xavfli o„smalarga qarshi ishlatiladigan vositalarni keltirish mumkin (simobli preparatlar ta‟sirida
buyrak to„qimasining yemirilishi va boshqalar). Fosfororganik birikmalarning (xlorofos, butafos)
atsetilxolinesteraza fermenti bilan birikishi ham qaytmas ta‟sirga misol bo„la oladi.
Yuqorida bayon qilingan dori vositalarining ta‟sir turlaridan tashqari, ularning zararli-salbiy
ta‟sirlari ham mavjud.
145
ASOSIY DARSLIKLAR VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI
Asosiy
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y.
1.2. M.N.Maxsumov, X.X.Xolmatov “Fitoterapiya farmakologiya asoslari bilan birga”.
Toshkent., 2003y.
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003.
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y.
Qo„shimcha
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994.
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y.
-1 Amaliy mashg„ulot:
Dorilarni qo„shib ishlatish.
Mashg
‟ulotning maqsadi: talabalarda Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan
o„zgarishlar – sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar haqida ma„lumot berish va amaliy
ko„nikmalarni shakllantirish.
Masalaning qo‟yilishi: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar –
sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni
(fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar
natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar
haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.
Talaba bilishi lozim:
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan
o„zgarishlar – sinergizm,
potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari.
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar.
Talaba bajara olishi lozim:
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan
o„zgarishlar
– sinergizm,
potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va
boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga
tushish va boshqalar.
Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg„ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.
Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo„llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo„lganligi
sababli ularni o„rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o„rganish ularni qabul qilish
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi
Mashg‟ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan
o„zgarishlar – sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks
fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin bo„lgan kimyoviy
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon
etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
Farmakoterapiyada (fitoterapiyada ham) ko„pincha bir vaqtning o„zida bir necha dorilarni
ishlatishga
to„g„ri
keladi. Bundan ko„zlangan asosiy maqsad
tezroq va kuchliroq
farmakoterapevtik ta‟sirga erishish yoki bir nechta a‟zo sistemalarga ta‟sir ko„rsatib, dorilar
samaradorligini oshirish bilan ularning nojo„ya ta‟sirini kamaytirishdan iborat. Bir vaqtda bir
146
necha dori vositalarini tanaga kiritish yoki ketma-ket yuborish oqibatida ularning ta‟siri har xil
o„zgarishlarga uchrashi mumkin.
Bir necha dori preparatlari shunday qo„shib ishlatilganda sinergizm yoki antagonizm
holatlari kuzatilishi mumkin.
Sinergizm - ikkita dori moddasi qo„shib berilganda ularni alohida qo„llashga nisbatan
kuchliroq bo„lgan bir yo„nalishdagi ta‟sir. Bunda jamlanish va potensiyalanish yuz beradi.
Jamlanishda
dorilarning
umumiy farmakologik ta‟siri
ayrim preparatlarning ta‟sirlar
yig„indisiga teng bo„ladi. Jamlanishning bu turida dorilarning ta‟sir etadigan joyi umumiy
(bitta retseptor, hujayra, tizim) va bir xil bo„ladi. Masalan, efir va azot (I) oksidning markaziy
nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoretseptorlarga ta‟siri.
Potensiyalanishda - umumiy farmakologik ta‟sir ayrim preparatlar ta‟siri yig„indisidan
bir necha marta kuchliroq bo„ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga chiqadi
(aminazin
va
narkoz, og„riq
qoldiruvchi preparatlar). Bunda ta‟sir umumiy bir
yo„nalishda bo„lib, turli sistemalarga qaratilgan bo„ladi.
Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo„llaniladi. Masalan, antibiotiklar
bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, atsiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm
deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo„lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda qo„llanilayotgan
dorilarning ta‟sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to„qima, retseptor)
bo„lsa, bilvosita sinergizmda esa har xil bo„ladi. Masalan, atropin M-xolinoretseptorlarni
bloklab, ko„z qorachig„ini kengaytiradi, adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo„zg„atib, shu
effektni keltirib chiqaradi.
Dori vositalari sinergizmining potensiyalanish turi tibbiyot amaliyotida, ayniqsa
anesteziologiyada keng ishlatiladi. Chunki bunda ushbu dorilarning kichik dozasi olingani
uchun ularning asoratlari, nojo„ya ta‟sirlari kam bo„ladi.
Antagonizm - bir dori ta‟sirini boshqa dori ta‟siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf
etish demakdir. Antagonizm usulini qo„llash zaharlanishning oldin olish va davolash tadbirlari
yig„indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta‟siri deb tushuniladi.
Antagonizm bir necha ko„rinishlarda bo„lishi mumkin :
Fizikaviy antagonizm - bir moddaning ikkinchi modda yuzasiga so„rib olinishi
(adsorbentlar, faollashtirilgan ko„mir, oqsillar).
Kimyoviy antagonizm - kimyoviy reaksiya natijasida zararsiz birikmalar hosil bo„lishi.
Masalan, bariy xloriddan zaharlanishda natriy sulfat yuborilsa, organizm uchun zararsiz bariy
sulfat hosil bo„ladi. Og„ir metal tuzlaridan zaharlanishda unitiol ishlatiladi. Undagi sulfgidril
moddasi metal bilan birikib, zararsiz kompleks hosil qiladi.
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, retseptorlar
yoki sistemalarga ta‟sir etib, teskari oqibat keltirib chiqaradi (narkoz vositalar va
analeptiklar). Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o„zaro bir-birining ta‟sirini yo„qotadi)
va bir tomonlama (ikkinchisi esa birinchisi ta‟sirini bartaraf etmaydi) bo„ladi. Ikki tomonlama
antagonizmga kofein bilan fenobarbitalni misol qilib keltirish mumkin (kofeinning markaziy
nerv sistemasi qo„zg„atuvchi ta‟sirini fenobarbital tormozlab yo„qotadi va aksincha). Bir
tomonlamaga antagonizmga esa atropin bilan pilokarpinni misol qilish mumkin. Atropin
xolinoretseptorni bloklab, pilokarpin keltirib chiqargan ko„z qorachig„i torayishini bartaraf etib,
uni kengaytiradi. Lekin pilokarpin esa atropin ta‟sirida ko„z qorachig„i kengayishini yo„qota
olmaydi. Bu degan so„z pilokarpin bilan zaharlanishda atropin davo bo„ladi, aksincha atropin
bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi.
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud.
Konkurent (raqobat)antagonizm - o„xshash kimyoviy tuzilishga ega bo„lgan birikmalar-
moddalar o„rtasida retseptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va nalorfin).
Bevosita antagonizm - ikkita dori vositasi bir xil retseptorlarga to„g„ridan - to„g„ri ta‟sir
etib, qarama - qarshi natija keltirib chiqaradi. Masalan, muskarin M-xolinoretseptorlarni
qo„zg„atsa, atropin esa ularni bloklaydi.
147
Bilvosita antagonizm - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta‟sir etib
qarama - qarshi natija keltirib chiqaradilar. Masalan, pilokarpin M-xolinoretseptorlarni
qo„zg„atib, ko„z qorachig„ini toraytirsa, adrenalin esa adrenoretseptorlarni qo„zg„atib uni
kengaytiradi.
Ba‟zi dorilarni qo„shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning farmakokinetikasida ham sodir
bo„lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so„rilishini kamaytiruvchilar (adsorbentlar,
shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog„langan antikoagulyantlarni
(neodikumarin) indometatsin (yallig„lanishga qarshi dori) siqib chiqarishi, dori vositalar
metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar aktivligini kuchaytiradigan induktorlar
(fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turli dori vositalarining farmakoterapevtik ta‟sirini
susaytirishi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |