Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32

 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
9 Amaliy mashg„ulot: 
 Belladona, bangidevona, mingdevona o„simlik preparatlari. Farmakologik va 
farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi. 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Belladonna,  bangidevana,  mingdevona,  senetsio, 
pilokarpus,  efedra  va boshqalar. Dorivor o„simliklar  va ularning  preparatlar farmakodinamikasi 
va ishlatilishi haqida ma„lumot berish va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Belladonna,  bangidevana,  mingdevona,  senetsio,  pilokarpus, 
efedra  va  boshqalar.  Dorivor  o„simliklar  va  ularning  preparatlar  farmakodinamikasi  va 
ishlatilishi qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  
Belladonna, bangidevana,  mingdevona,  senetsio,  pilokarpus,  efedra  va  boshqalar. Dorivor 
o„simliklar va ularning preparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi.  
 Talaba bajara olishi lozim:  
Belladonna, bangidevana,  mingdevona,  senetsio,  pilokarpus,  efedra  va  boshqalar. Dorivor 
o„simliklar va ularning preparatlar farmakodinamikasi va ishlatilishi.  
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Belladonna,  bangidevana,  mingdevona,  senetsio,  pilokarpus, 
efedra  va  boshqalar.  Dorivor  o„simliklar  va  ularning  preparatlar  farmakodinamikasi  va 
ishlatilishi.  
qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
.“Keys-stadi” metodi 
 

158 
 
Keys-stadi  interaktiv  ta‟lim  metodi  sifatida  talabalar  tomonidan  eng  afzal  ko„riladigan 
metodlar  qatoriga  kirmoqda.  Ushbu  texnologiya  asosan  farmatsevtika  fanlaridan  dars  beruvchi 
o„qituvchi  va  talabalarning  umumiy  intellekua  lva  kommunikativ  salohiyatini  rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Buning  sababi  sifatida  ushbu  metod  talabalarga  tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni 
o„zlashtirishda  hamda  amaliy  ko„nikmalarni  shakllantirishda  mustaqillikka  ega  bo„lish 
imkoniyatini  berishida  ko„rish  mumkin.  O„z  navbatida  vaziyatlarning  analizi  (tahlili) 
talabalarning kasbiy  shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir  o„tkaza olishi, ularning kasbiy  jixatdan 
“ulg„ayishiga”  xizmat  qilishi,  ta‟lim  olishga  nisbatan  qiziqish  va  ijobiy  motivatsiyaning 
shakllantirishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o„qituvchining  tafakkurturi  sifatida, 
alohida  paradigma  ko„rinishida  gavdalanib,  ijodiy  salohiyatni  rivojlantirish,  noan‟anaviy  tarzda 
fikrlash imkoniyatini beradi. 
 
“Keys metodi” ni amalga  oshirish bosqichlari 
 
Ish bosqichlari 
Faoliyatshaklivamazmuni 
1-bosqich:  Keys  va  uning  axborot 
ta‟minoti bilan tanishtirish 

 
Yakka tartibdagi audio-vizualish; 

 
Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media 
shaklda); 

 
Axborotni umumlashtirish; 

 
Axborot tahlili; 

 
Muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni  aniqlashtirish  va 
o„quv topshirig„ni belgilash 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; 

 
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich:Keysdagi 
asosiy 
muammoni  tahlil  etish  orqali  o„quv 
topshirig„ining  echimini  izlash,  hal 
etish yo„llarini ishlab chiqish 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish; 

 
har  bir  echimning  imkoniyatlari  va  to„siqlarni 
tahlil qilish; 

 
muqobil echimlarni tanlash 
4-bosqich:Keys  echimini  echimini 
shakllantirish va asoslash, taqdimot.  

 
Yakka va guruhda ishlash; 

 
Muqobil 
variantlarni 
amalda 
qo„llash 
imkoniyatlarini asoslash; 

 
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

 
yakuniy  xulosa  va  vaziyat  echimining  amaliy 
aspektlarini yoritish 
 
Keys. Pnevmoniya bilan  og„rigan  bemorni 5 kun davomida  etazol bilan 1.0 dan kuniga 6 
maxaldan  davolandi.  Laboratoriyada  aniqlandiki,  bu  bemordagi  pnevmoniya  qo„zg„atuvchisi 
sulfanilamidlarga  sezgir.  Shunday  bo„lsa  ham  bemorning  klinik  ahvoli  yaxshilanmadi. 
Etazolning  etarli  bo„lmagan  ta‟sirining  sababini  mada  va  qanday  qilib  etarli  darajadagi  ta‟sirga 
erishish mumkin?  
Talabalarga  tavsiya  etiladigan  material:“Pedagogik  talab”  va  uning  mohiyatini  yoritishga 
oid materiallar.  
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar: 
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling. 
2.Manbalar asosida muammoning echimini toping. 
3.Aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga  barchasidan ko„proq  dahldor  bo„lgan omil (yoki 
ikki taomil)ni ajrating. 
4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling. 

159 
 
5. Echimni bayoneting. 
 
Muammo 
Yechimi 
Natijasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
.„SWOT“ – tahlil jadvali. 
 
SWOT 
tahlili  talabalarga  tizimli  mushohada  qilish,  taqqoslash,  solishtirish,  tahlil, 
sintezni  amalga  oshirish  ko‟nikmalarini  rivojlantiradi.  Talabalar  mini  guruhlarga  birlashishadi, 
taqqoslashadi, to‟ldirishadi, o‟zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi. 
SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan. 
Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi; 
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi; 
Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar; 
      Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar 
 
 
“Nilufar guli” sxemasi 
Muammoni  hal  etish  usuli.  O‟zida  Nilufar  guli  obrazini  mujassam  etgan  9ta  katta  kvadratlar 
chiziladi  va  ularning  har  biriniichiga  kichik  9takvadratchiziladi.  Asosiy  muammo  markaziy 
kvadratning  markaziga  yoziladi.  Uni  hal  qilish  g‟oyalari  markaziy  kvadrat  atrofida  joylashgan 
qolgan  8ta  kvadratlarga  yoziladi.  Juftlarga  birlashiladi,  o‟z  sxemalarini  taqqoslaydi  va 
qo‟shimchalar  kiritadi.  Umumiy  sxemaga  joylaydilar.  “Nilufar  guli”  sxemasi  tizimli,  ijodiy, 
tahliliy mushohada qilish ko‟nikmalarini beradi.  
Masalan:
“Nilufar guli 
 
 
 
segmenta

 
 
 
ishemiya 
   
Tomir 
tortish 
 
 
 
tutqano

   
metabo
lik 
 
 
  trofik 
 
 
Tremor 
 
 
 
 
Isteriy

 
 
 
Gipoksi
ya 
 
reoksigen
asiya 
 
bulbar 
 
 
afoniya 
 
 
falajlar 
Gomeo
staz 
buzilis
hi 
 
 
ishemiy

 
 
 
S Farmakologik guruh 
 
 
W         Ta‟sirmexanizmi 
 
 
O        Farmakologikta‟sir 
 
 
T            Preparatlar 
 
 

160 
 
 
     
ataksiya 
 
 
    xoreya 
  nevraste
niya 
 
Ruhiy 
travma
lar 
   
Giperf
aol 
neyron
lar 
 
 
Notsise
pt 
uzilish 
 
 
 
Giperk
inez 
 
 
 
Nevro

 
 
 
Og‟riq 
 
 
     atetoz 
 
 
epilepsiy

Ijtimoiy 
omil 
 
Stress 
 
nevro
ma 
 
Algik 
sistema 
 
 
 
 
  
Paraplegi
ya 
 
 
 
Refleksla
rning 
ezilishi 
   
  
trofinlar 
 
 
Trofog
enlar 
  Chuqur 
uyqu 
 
qarilik 
 
 
Spinal 
    shok 
 
 
 
Distro
fiya 
 
 
 
narkoz 
 
 
spazm 
 
Lokomot
or 
tormozsiz
lanish 
 
  
viruslar 
 
 
toksinl
ar 
Alsgey
mer 
 
 
Nazariy qism 
 
Bu  bo„limda  asosan  vegetativ  nerv  sistemasiga-parasimpatik  va  simpatik  nervlarga 
tanlab ta‟sir  etuvchi  va ichki oa‟zolar  faoliyatini  o„zgartiradigan  dorivor o„simliklardan olingan 
va  tayyorlangan  preparatlar  to„g„risida  ma‟lumot  beriladi.  Chunonchi,  ularni  o„sish  joyi, 
mahsuloti,  tarkibidan  tashqari,  farmakodinamikasi,  qisman  farmakokinetikasi,  ishlatilish 
qoidalari, dori shakli va b. to„g„risida so„z yuritiladi. 
Bayon  etiladigan  o„simliklarning  ko„pchiligi  Markaziy  Osiyoda,  ayrimlari  esa  sobiq 
Ittifoq hududida o„sadi va o„stiriladi. Ulardan tibbiyot amaliyotida keng miqyosda dori vositalari 
sifatida  ishlatiladigan turlari to„g„risida ma‟lumot beriladi. 
1. Belladonna. Krasavka (Atropa   L.) 
Oddiy  (dorivor)  belladonna  (Atropa  velladonna  L.),  Kavkaz  belladonnasi  (Atropa 
caucassa Kreuer) ituzumdoshlar-Solanaceae  oilasiga mansub. Belladonna ko„p  yillik, bo„yi 2 m 
gacha yetadigan o„simlik. 
Har  ikkala  o„simlik  yovvoyi  holda  asosan  Kavkaz,  Qrim,  Karpatda  o„sadi.  Ko„proq 
Krasnodar o„lkasida va Ukrainada o„stiriladi. 
O„simlikning  mahsuloti  bargi,  ustki  qismi  va  ildizi  hisoblanadi.  O„simlikning  hamma 
qismlari  zaharli  va ularning tarkibida atropin,  skopolamin,  giossiamin alkaloidlari  bor:  bargida-
0,14-1,20%, poyasida 0,2-0,65%, gulida - 0,24-0,6% ,pishgan mevasida esa 0,7% gacha. 
  

161 
 
 
  
5-rasm. Xolinergik nervdan impulsning o‟tish sxemasi. 
  
Belladonnaning asosiy alkaloidi atropin (l  va d-  giossiamin aralashmasi)  bo„lgani uchun 
o„simlikning farmakologik xossalari shu modda bilan ifodalanadi. 
Atropinning  asosiy  farmakologik  ta‟siri  M–xolinoretseptorlarga  qaratilgan  bo„lib,  ularni 
bloklaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda  parasimpatik  nervlarning  postganglionar  qismi-ning 
oxiridan  impulslarni  to„qima-larga  (a‟zolarga)  o„tishini  to„xtatadi.  Chunki  mediator 
atsetilxolinning  ta‟siri  namoyon  bo„ladigan  to„qima  sathida  joylashgan  postsinaptik  parda-
xolinoretseptor bloklanadi.  
Shuning  uchun  ham  atropin  va  unga  o„xshash  ta‟sir  qiladigan  dori  vositalarini  M-
xolinoblokatorlar  yoki  M-xolinolitiklar  deb  yuritiladi.  Ularning  farmakologik  ta‟siri  natijasida 
quyidagi effektlar (o„zgarishlar) kuzatiladi. 
a)  Ko„zga  ta‟siri.  Ko„z  rangdor  pardasining  doira  silliq  mushaklarini  bo„shashtirib 
qo„yadi va radial mushaklarning qisqarishi hisobiga ko„z qorachig„i  kengayadi. Ma‟lumki, doira 
mushaklar  parasimpatik  nerv  bo„lgan  ko„z  harakati  nervi  bilan  innervatsiya  qilinadi.  M-
xolinolitiklar  ta‟sirida  bu  nerv  innervatsiyasi  to„xtaydi  va  shu  sababli  mushak  bo„shashadi. 
Ko„zning  ichki  bosimi  qisman  yoki  rosmana  ko„tarilishi  mumkin.  Chunki  ko„zning  qorachig„i 
kengayib, rangdor pardasi qalinlashadi. Bu esa  fontan bo„shlig„i va  shlem  kanalini toraytirishga 
va ko„z ichki suyuqligi chiqib ketishi qiyinlashishiga olib keladi. Ko„zning akkomodatsiyasi esa 
M-xolinolitiklar  ta‟sirida  falajlanadi.   Bunga  sabab  preparatlar  ko„zning  kipriksimon  tana 
mushaklarini bo„shashtiradi. Natijada sinn bog„lam tortiladi va ko„z gavhari yupqalashib qoladi. 
Bunda yaqin masofani ko„rish qobiliyati yomonlashadi, uzoqni ko„rish esa o„zgarmay qoladi. 
  
 
  
6-rasm. Atropin va polikarpinning ko‟zga ta‟siri. 
  
b)  So„lak  bezlarining  faoliyati  susayadi,  so„lak  ajralishi  to„xtaydi.  Natijada  og„iz  qurib 
odamda suvga talab kuchayadi. 

162 
 
v)  Bronx  va  bronxiolalar  kengayib  nafas  olish  yengillashadi.  Chunki  M-xolinolitiklar 
ta‟sirida  M-xolinoretseptorlar  bloklanib,  bronx  silliq  mushaklari  bo„shashib  qoladi.  Bunda 
odamning ovozi ham o„zgarib xirillaydigan bo„lib qoladi. 
g)  Yurak  urishi  (ritmi) tezlashadi.  Taxikardiya  bo„ladi.  Bunga  sabab  M-  xolinolitiklar 
adashgan  nervning  yurakka  tormozlovchi  ta‟sirini  bartaraf  qiladi.  Buning  natijasida  simpatik 
nervning  yurakka  bo„lgan  stimullovchi  (rag„batlantiruvchi)           ta‟siri  ro„y-rost  yuzaga 
chiqadi. 
  
 
  
7-rasm. Ajratib olingan baqa yuragiga atropinning 
(1:50000; 1:100000) ta‟siri( ). 
  
d)  Qon  tomirga  bo„lgan  ta‟sir  uncha  sezilmaydi.  Chunki  qon  bosimining  ko„tarilishida 
baroretseptorlar qatnashib, unga yo„l  qo„ymaydi. 
ye) Me‟da-ichak faoliyatining sekretsiyasi va harakati (peristaltikasi) to„xtaydi, spazmlar 
yo„qoladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  M-xolinolitiklar  spazmolitik  ta‟sir  ko„rsatadi  va  atoniya 
holati kuzatiladi. Me‟da-ichaklarining shira ajratishi to„xtaydi. 
j)  Chanoq  bo„shlig„idagi  a‟zolarning  (siydik  qopi,  bachadon,  to„g„ri  ichak)  tonusi 
pasayadi, sfinkterlar bo„shashadi. 
z)  Ter  ajralishi  to„xtashi  natijasida  teri  quriydi  va  uning  harorati  ko„tariladi.  Chunki  ter 
bezlari  parasimpatik  nervlar  bilan  innervatsiya  qilinadi  yoki  ularda  ham  M-xolinoretseptorlar 
bo„lgani uchun M-xolinolitiklar ta‟sirida bloklanadi. 
Ta‟sir  etish  mexanizmi.  Yuqorida  aytilganidek,  M-xolinoretseptor-larning  bloklanishi 
natijasida  mediator  atsetilxolinning  xolinoretsep-torlarga  ta‟sir  etishiga  yo„l  qo„yilmaydi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  postsinaptik  parda  depolyarizatsiya  bo„lmaydi.  Buning  natijasida 
nervlarning oxiridan a‟zoga impuls o„tishi to„xtaydi, bu a‟zoda farmakologik denervatsiya (nerv 
ta‟sirisiz) bo„ladi. 
Ishlatilishi  va  ishlatilishiga  moneliklar.  M-xolinolitiklar  tibbiyot  amaliyotida,  masalan, 
oftalmologiyada ko„zning ichki qismini ko„rish maqsadida ko„z qorachig„ini kengaytirish uchun, 
bundan  tashqari,  ko„z  miopiyasining  (yaqinni  ko„rish)  darajasini  aniqlash  va  shunga  qarab 
ko„zoynak  yozib  berish  uchun  ishlatiladi.  Preparatlar  bronxial  astma  kasalligida, 
bradiaritmiyada, me‟da va ichak yaralarida, M-xolinomimetiklardan zaharlanishda, me‟da-ichak 
sanchig„ida,  buyrak  va  o„t  qopi  tosh  kasalligi  xurujida,  me‟da  -  ichakning  rentgenoskopiyasida 
va  boshqa  hollarda  keng  ishlatiladi.  M-xolinoblokatorlar  glaukoma  kasalligida,  umuman  yoshi 
keksayib qolgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. 
O„simlik  yoki  uning  preparatlaridan  zaharlanishda  og„iz  qurishi,  ovoz  xirillashi,  teri 
qizarishi,  qurib  qolib  issiq  bo„lishi,  chanqash,  ko„z  qorachig„ining  kengayishi,  taxikardiya  va 
boshqalar kuzatiladi, tana harorati ko„tariladi. 
Birinchi  yordam  choralari:  antixolinesteraz  preparatlardan  fizostigmin  salitsilat  0,001  g 
dan  (5  ml  osh  tuzining  izotonik  eritmasida)  har  5  daqiqada  yuborib  turiladi  (umumiy  dozasi 
0,006 g). Prozerin yoki galantamin ham berilishi  mumkin. Psixomotor qo„zg„olishda mushaklar 
orasiga  geksenal  yoki  sibazon  yuboriladi.  Zaharlanish  og„iz  orqali  bo„lgan  taqdirda  me‟da 
aktivlangan  ko„mir  aralashgan  suv  bilan  yuviladi,  tuz  surgilar  tavsiya  etiladi.  Og„izni  chayib, 
sovuq suvli dush yoki sovuq suv bilan cho„milish va artinish zarur. 
Belladonna o„simligidan olinadigan va tayyorlanadigan asosiy dori vositalari: 
Atropin  sulfat  (Atropini  sulfas)  Preparat  kukun,  tabletka,  eritma  holida  ichish  uchun, 
in‟yeksiya va ko„zga tomizish mo„ljallangan. Kukun va tabletka xolida 0,0005-0,0025 g dan 1-2 

163 
 
marta  1  kunda,  in‟yeksiya  uchun  0,1%-1  ml  teri  ostiga,  ko„zga  tomizish  uchun-0,1-0,25-0,5-
1%  li  eritma.  Belladonna  nastoykasi  (Tinctura  Belladonnae).  O„simlik  bargidan  (1:10)  40% 
spirtda  tayyorlanadi.  "Zelenin  tomchisi"  tarkibiga  kiradi.  5-10  tomchidan  ichiladi.  Bulardan 
tashqari,  belladonna  bargining  poroshogi  (kukuni),  ildiz  va  bargining  ekstrakti  tarkibiga 
kiradigan,  quyidagi  preparatlar  mavjud:  bellataminal,  bekarbon,  bepasal,  bellalgin,  bellastezin, 
me‟da  tabletkasi  va  tomchisi,  betiol  va  anuzol  (shamchalar),  salutan  (bronxolitik,  balg„am 
ko„chiruvchi) va boshqa kompleks preparatlari mavjud. 
  
 
  
  
Oddiy (dorivor) Belladonna (Atropa Velladonna L.) 
  
   
2. Qora mingdevona  Belena chernaya (Hyoscuamus niger  L.) 
Qora  mingdevona  ituzumdoshlar-  Solanaceae  oilasiga  mansub  ikki  yillik,  sertuk  o„t 
o„simlik.  Yo„l  yoqalarida,  o„tloq  yerlarda  hamda  begona  o„t  sifatida  ekinzorlar  orasida, 
Rossiyaning yuvropa qismida, Markaziy Osiyo respublikalarida va boshqa hududlarda o„sadi. 
O„simlikning  hamma  qismlari  zaharli  va  unda  giossiamin,  atropin  va  skopolamin 
alkaloidlar  bor:  ildizida-0,15-0,17%,   bargida  -0,045-0,1%,  poyasida-0,02%,  urug„ida-0,06-
0,1%. Bulardan tashqari, boshqa birikmalar va urug„ida 34% gacha yog„ bor. 
Mingdevona  preparatlari  belladonna  dori  vositalari  singari  ichki  a‟zolar  (oshqozon,  o„t 
qopi,  buyrak)  sanchig„ida  spazmolitik  sifatida  og„riq  qoldirish  maqsadida,  o„simlik  bargidan 
tayyorlangan  moyi  xloroform  bilan  aralashma  xolida  (suyuq  surtma)  revmatizm  (artrit), 
nevralgiya va miozit og„riqlarida sirtga surtiladi. 
O„simlikning quyidagi  preparatlari  bor: quruq  ekstrakti, mingdevona moyi. Mingdevona 
bargi  bronxial  astma  xurujida  chekiladigan  kukun,  mingdevona  moyi  esa  saliniment  preparati 
tarkibiga kiradi. 
3. Oddiy bangidevona. Durman obiknovenniy (Datura stramonium L.) 

164 
 
Bir yillik o„t o„simlik bo„lib, ituzumdoshlar oilasiga mansub. Aholi yashaydigan yerlarda, 
yo„l  yoqasida,  suv  bo„ylarida,  polizlarda,  Rosiyaning  yuvropa  qismida,  MDH  da,  shuningdek 
Markaziy Osiyo davlatlarida o„sadi. 
O„simlikning asosiy mahsuloti bargi hisoblanadi. Uning hamma qismlarida (bargida 0,23-
0,37,  poyasida  0,2%,  ildizida  0,27%,  urug„ida  0,22%)  skopolamin,  giossiamin  va  atropin 
alkaloidlari bor. O„simlikning hamma qismlari zaharli. Uning asosiy  farmakologik ta‟siri asosan 
tarkibidagi skopolamin alkaloidiga bog„liqdir. 
Bangidevonaning  yana  bir turi  Meksika bangidevonasi  - Datura innoxia Mill. tibbiyotda 
ishlatiladi.  Vatani  Markaziy  va  Janubiy  Amerika  xisoblanadi.  MDH  davlatlarida,  chunonchi 
Chimkent  viloyatida 
o„stiriladi.  Bo„yi  60-150  sm  ga 
yetadigan 
o„t  o„simlik. 
O„simlikning   mevasida  0,38-0,55%  va  urug„ida  0,31-0,77%  skopolamin  alkaloidi  bor. 
O„simlikning hamma qismlarida alkaloidlar (giossiamin, atropin va b.) mavjud. 
Skopolamin  kimyoviy  tuzilishiga  ko„ra  atropinga  yaqin  turadi.  Lekin  MNS  ga 
farmakologik  ta‟siri  bo„yicha  atropindan  farq  qiladi.  Chunonchi,  skopolamin  tinchlantiruvchi 
ta‟sir  qilib,  uyquga  moyil  qiladi,  harakatlarni  susaytiradi,  titrash  holatlarini  kamaytiradi.  Uyqu 
dorilar  ta‟sirini  kuchaytiradi.  Skopolaminda  periferik  ta‟siri  bo„yicha  atropinga  xos  bo„lgan  M-
xolinoblokatorlik  xususiyat  bor  (ko„z  qorachig„ini  kengaytirishi,  bronxlarni  kengaytirishi, 
taxikardiya berishi va b.). 
Bundan  tashqari,  skopolamin  gidrobromid  preparati  kukun  holida  psixiatriyada, 
narkozdan oldin, oftalmologiyada (0,25%-eritma) ishlatiladi. U giossiamin  bilan birga samolyot 
va  paroxod  chayqalishi  bilan  bog„liq  ko„ngil  aynishga  va  qusishga  qarshi  ishlatiladi.  "Aeron" 
tabletkalari tarkibiga kiradi. 
4. Yassi bargli senetsio. Krestovnik shirokolistniy (Senecio platyphylloides Som. et Lev.)  
Yassi  bargli  senetsio  va  senetsio  turlari  asosan  Kavkaz  tog„larida  o„sadi.  Moskva 
viloyatida va boshqa hududlarida uning plantatsiyalari bor. O„simlikning ildizpoya tarkibida 2,2-
4%,  yer  ustki  qismida  (poyasida  0,2-1,2%,  bargida  0,39-3,5%,  urug„ida  5%  gacha)  alkaloidlar 
(platifillin, senetsifillin,  saratsin)  bor.  Ular  geliotridan  unumlari  hisoblanadi  va  atropinga 
o„xshash farmakologik xossalarga ega. 
Platifillin  o„zining  M-xolinoblokatorlik  ta‟siri  bo„yicha  atropindan  kuchsizroq,  lekin  N-
xolinoblokatorlik-vegetativ  gangliylarni  bloklovchi  ganglioblokatorlik  ta‟siriga,  shuningdek 
spazmolitik  xususiyatga  ega.  Bundan  tashqari,  MNS  ga  ta‟sir  etib,  tinchlantiradi,  qon  tomir 
harakat  markazi  faoliyatini  susaytiradi.  Ko„z  qorachig„ini  kengaytirishi  atropinga  nisbatan 
kuchsiz  va  uzoq  davom  etmaydi.  Atropinga  nisbatan  zaharsiz  bo„lgani  uchun  amaliyotda, 
ayniqsa me‟da-ichak yara kasalligida, qorin sanchig„ida, spastik holatlarda, xoletsistitda, jigar va 
buyrak  sanchiqlarida,  gipertoniyada,  stenokardiyada,  bosh  miya  qon  tomirlari  spazmida  va 
bronxial astmada ishlatiladi. 
 Asosiy  preparati  platifillin  gidrotartrat  0,2%  eritma  xolida  ampulada  1  ml  dan 
chiqariladi.  Kukun  xolida  0,003-0,005  g,  0,5%  eritma  holida  esa  20  tomchidan  ichiladi. 
Platifillin  gidrotartrat  turli  kompleks  tabletkalar  "Tepafillin",  g„Palyufin",  "Plavefin"  tarkibiga 
kiradi. 
5. Patsimonbargli pilokarpus. Pilokarpus  pernistolistniy (Pilocarpus pinnatifolius  L.) 
Balandligi  2-4  m  keladigan  doim  yashil  ko„p  yillik  o„simlik  bo„lib,  sobiq  Ittifoqning 
ayrim  respublikalarida,  Kavkazda  o„stiriladi.  O„simlikning  bargi  tarkibida  alkaloidlar 
(pilokarpin,  pilokarpidin),  efir moyi,  organik kislotalar va boshqa birikmalar bo„ladi. Pilokarpin 
alkaloidi  va  uning preparati  (pilokarpin 
gidroxlorid)  atropinga  qarshi  o„laroq  M-
xolinoretseptorlarni  qo„zg„otadigan  effektlarni  keltirib  chiqaradi.  Boshqacha  qilib  aytganda 
pilokarpin  M-xolinomimetik  (M-xolinopozitiv)  ta‟siri  bor  preparat  xisoblanadi  va  quyidagi 
farmakologik xossalarga ega. 
Ko„z qorachig„ini toraytiradi. Chunki ko„zning rangdor pardasidagi doira silliq mushaklar 
qisqaradi. Buning natijasida ko„z ichki bosimi pasayadi. Chunki doira mushaklar qisqarishi ko„z 
rangdor  pardasining  yupqalanishiga  olib  keladi  va  u  tortiladi.  Natijada  rangdor  parda  asosida 
joylashgan  fantan  bo„shlig„i  hamda  shlem  kanali  kengroq  ochiladi  va  ko„zning  oldingi 

165 
 
kamerasidagi  ichki  suyuqlik  ko„proq  chiqishi  hisobiga  ko„z  ichki  bosimi  pasayadi. 
Ko„zning  akkomodatsiyasi (masofaga moslanish) spazm bo„ladi. 
Ko„z  kipriksimon  tana  mushaklarining  qisqarishi  sinn  bog„lami  bo„shashishiga  olib 
keladi,  natijada  ko„z  gavhari  qalinlashadi,  yumaloq  shaklni  oladi.  Buning  natijasida  ko„rish 
nuqtasi yaqinlashadi. Odam yaqinni yaxshi ko„rib,  uzoqdagi narsalarni xira ko„radi. 
 So„lak  bezining  faoliyati  kuchayishi  natijasida  ko„p  miqdorda  suyuq  so„lak  ajraladi 
(salivatsiya  holati).  Bronx  va  bronxiolalar  torayishi  ularning  silliq  mushaklari  qisqarishi 
hisobiga  vujudga  keladi.  Bronxial  astmaga  o„xshash  nafas  qiyinlashadi.  Yurak  urishi,  ritmi 
sekinlashadi-bradikardiya kuzatiladi. Chunki adashgan  nerv  yurak faoliyati uchun  tormozlovchi 
nerv hisoblanadi. Unga taalluqli  xolinoretseptorlarning  qo„zg„olishi  natijasida adashgan nervga 
xos o„zgarishlar kuzatiladi. 
Qon  tomirlar  kengayadi  va  qon  bosimi  tushadi.  Chunki  qon  tomir  devoridagi  silliq 
mushaklar bo„shashadi. Bunday gipotoniya uzoq davom etmaydi. 
Me‟da-ichak harakati va sekretsiyasi oshadi. Chunki ulardagi silliq mushaklarning tonusi 
oshib,  qisqarishi  kuchayadi,  sekretsiya  hujayralarining  qo„zg„olishi  me‟da  shirasining  ko„proq 
ajralishiga sabab bo„ladi. Chanoq bo„shlig„ida joylashgan silliq mushaklar tonusi oshadi. 
Ta‟sir  mexanizmi.  Yuqorida  qayd  etilgan  M-xolinomimetiklar  effekti  ular  a‟zolarda 
joylashgan.  M-xolinoretseptorlarni  qo„zg„atgani  sababli  parasimpatik  nerv  faoliyatiga  xos 
o„zgarishlarning yuzaga chiqishi bilan tushuntiriladi. 
Ishlatilishi.  Pilokarpin  gidroxlorid  preparati  asosan  glaukoma  (ko„ksuv)  kasalligi  bilan 
og„rigan bemorlarga davo qilishda bebaho  shifobaxsh dori hisoblanadi. Shu maqsadda uning 1% 
eritmasi  5  ml  flakonda,  tyubikda,  ko„z  plyonkasi  shaklida  chiqariladi.  Bundan  tashqari,  ayrim 
hollarda  operatsiyadan  keyin  bo„ladigan  ichak  atoniyasida  (harakatsizlanishi)  va  taxiaritmiya 
(yurak ritmining tezlashishi) holatlarida  berilishi mumkin. 
Qo„llashga  moneliklar.  Bronxial  astma,  me‟da-ichak  yara  kasalliklari,  bradiaritmiya 
xolati va boshqalar. 
Zaharlanish.  O„simlik  yoki  preparatidan  o„tkir  zaharlanishda  haddan  tashqari  ko„p 
so„lak  oqishi,  nafas  olish  qiyinlashishi,  ko„z  qorachig„ining  torayishi,  bradikardiya  va  boshqa 
o„zgarishlar  vujudga  keladi.  Birinchi  yordam  berish  uchun  zudlik  bilan  ularning  antagonisti 
bo„lgan M-xolinoblokatorlar yuboriladi (atropin sulfat va boshqalar). 
6. Voronov galantusi. Podsnejnik Voronova (Galanthus woronowii A.Los.). 
Bo„yi  30-49  sm  keladigan  ko„p  yillik  piyozli  o„t  o„simlik  bo„lib,  ¶arbiy  Kavkaz  ortida 
o„sadi.  O„simlikning  piyozi  va  yer  ustki  qismi  galantamin  va  boshqa  alkaloidlar  saqlaydi. 
Chuchmomadoshlar oilasiga mansub. 
Galantamin alkaloidi farmakologik xossalariga ko„ra antixolinesteraz ta‟siri bor moddalar 
guruhiga  kiradi.  U  parasimpatik  nervlar  tugunchasi  va  uning  oxiridan  a‟zoga  impuls  o„tishini 
ta‟minlaydigan  mediator  atsetilxolinni  parchalab  turadigan  xolinesteraza  fermentini  bloklab, 
uning  parchalash  qobiliyatini  pasaytiradi.  Natijada  atsetilxolin  parchalanmay  yig„ila  borib 
xolinoretseptorlarni  qo„zg„atadi  va  xolinomimetiklarga  (pilokarpin  va  b.)  xos  bo„lgan 
o„zgarishlarni  (ko„z  qorachig„ining  torayishi,  bronxlarning  torayishi,  me‟da-ichak  harakatining 
kuchayishi  va  b.)  keltirib  chiqaradi.  Ayniqsa  harakatlantiruvchi  nerv  bilan  bog„liq 
xolinoretseptorlarni qo„zg„atadi. 
 Shu  sababli  ko„proq  nevrologiyada  yarim  falajlikda  (poliomiyelit)  harakatni  tiklash 
maqsadida ishlatiladi.  Preparatning 0,5% eritmaning 1ml dan ampulada chiqariladi. 
7. Qalin mevali achchiqmiya. Sofora tolstoplodnaya (Sophora pachycarpa S.A.Mey.) 
Qalin mevali achchiqmiya bo„yi 30-60 sm o„t o„simlik bo„lib, dukkakdoshlar (Fabaceae) 
oilasiga  mansub.  Markaziy  Osiyo  hududlarida  cho„l,  qirlarda,  tog„  etaklarida,  qumloq  yerlarda 
hamda  begona  o„t  sifatida  bug„doyzorlarda  o„sadi.  O„simlikning  hamma  qismi  zaharli. 
O„simlikning  yer  ustki  qismida  2-3%  alkaloidlar-paxikarpin  va  boshqalar  bor.  Paxikarpin 
alkaloidli preparati Paxikarpin gidroyodid  tibbiyotda ishlatiladi. 
Paxikarpin  N-xolinoblokatorlik-ganglioblokator  ta‟sirga  ega.  U  vegetativ  nervlarning 
gangliylaridan  impuls  o„tishini  to„xtatadi.  Bundan  tashqari,  ba‟zan  mushaklarning  tonusini  va 

166 
 
qisqarishini  kuchaytiradi,  me‟da-ichak  yo„lidan  tez  so„riladi.  Ta‟siri  qisqa  muddatli  preparat 
asosan  akusherlik  amaliyotida  tug„ish  jarayoni  susayganda  uni  tezlashtirish  maqsadida, 
gipertoniya kasalligida, endoarteiit kasalligida 3% eritmasi 2 ml dan ampulada va tabletka (0,1) 
holida tavsiya etiladi. 
8. Qizilcha. Efedra  (Ephedra L.). 
O„zbekistonda  efedraning  6  turi  o„sadi.  Shulardan  2  turi  tibbiyotda  qo„llaniladi.  Tog„ 
qizilchasi-efedra  xvoщyevaya  (Ephedra  eqvisetina  Bge.)  va  cho„l  efedrasi-efedra  srednyaya 
(Ephedra intermedia Sdirenk.) Bo„yi 1,5-2,5m yetadigan (tog„ qizilchasi) dengiz sathidan 1000-
1800 metr balandlikida,  tog„ bag„irlarida, va boshqa joylarda  o„sadigan  bo„ta. Asosan  mahsulot 
sifatida  bo„taning  yashil  rangli  shox  va  shoxchalari  olinadi.  Mahsulot  tarkibida  0,6-3,2% 
alkaloidlar  bo„lib,  ularning  90%  ini  efedrin  tashkil  qiladi.  O„simlikning  farmakologik 
ta‟siri  efedringa  bog„liqdir. Efedrin va uning  preparati- efedrin  gidroxlorid farmakologik ta‟siri 
bo„yicha adrenomimetiklar guruhiga kiradi. 
Efedrinning  kimyoviy  tuzilishi  adrenalindan  boshqacharoq  va  farmakologik  ta‟siri 
kuchsizroq, lekin ta‟sir davomliligi (10 barobar) uzoqroq, chunki efedrin MAO fermenti ta‟sirida 
parchanlanmaydi va o„zgarmagan holda 8-12 soat davomida buyrak orqali chiqib ketadi. Efedrin 
adrenalinga qarshi o„laroq, og„iz orqali yuborilganda ancha chidamli bo„lgani uchun o„z ta‟sirini 
saqlaydi. Shuning uchun ham bu preparat tabletka va kukun holida berilishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  efedrin  ta‟sir  mexanizmi  bo„yicha  adrenalindan  farq  qiladi.  Uning  kor 
qilishi  bevosita  adrenoretseptorlarga  emas,  balki  mediator  deposiga  qaratilgan  degan  fikr  bor. 
Preparat  ta‟sirida  depodagi  noradrenalinning  sinaptik  bo„shliqqa  chiqishi  tezlashadi.  Uni 
qaytadan depoga o„tishi esa kamayadi. Shuning uchun ham efedrinni ko„pincha simpatomimetik 
ta‟sirli  dori  preparati  deb  ham  ta‟riflashadi.  Efedrinning  adrenalindan  yana  bir  farqi  shuki,  u 
markaziy  nerv  sistemasini  sezilarli  qo„zg„atadi.  Bunday  psixostimulyatorlik  ta‟siri  fenaminga 
nisbatan ancha kuchsiz, lekin kofein bilan tenglashadi. Shuning uchun ham efedrin ruhiy, ijodiy 
va  jismoniy  qobiliyatni  qisman  oshiradi,  idrok,  aql-zakovat  va  zehnni  yaxshilaydi,  bardamlikni 
qisman oshiradi. Shu sababli efedrin "doping" lar (sport musobaqalarida foydalanish  taqiqlangan 
preparatlar)  ro„yxatiga  kiritilgan.  Efedrinning  periferik  farmakologik  ta‟sirlari  (yurak 
faoliyatini  tezlashtiradi, ko„pchilik qon tomirlarni toraytiradi, qon bosmini ko„taradi, bronxlarni 
kengaytiradi,  ko„z  qorachig„ini  kengaytiradi,  qonda  glukozani  oshiradi)  adrenalinga  o„xshaydi, 
ya‟ni alfa va beta-adrenoretseptorlarni bilvosita qo„zg„atadi, lekin effekti kuchsizroq. Shuni aytib 
o„tish  kerakki,  efedrin  ko„ndalang-  targ„il  mushaklar  qisqarishiga  samarali  ijobiy  ta‟sir  qilgani 
uchun yarim falajlikda, miasteniyada davo sifatida foydalaniladi. 
Preparat  qayta-qayta  yuborilganda  uning  ta‟sir  zaiflashib  boradi.  Buni  taxifilaksiya 
deyiladi. Shuning uchun ham efedrin bilan davo qilinganda boshqa preparatlar bilan almashtirib 
turish,  zaruriyat bo„lsa preparat dozasini qisman oshirish tavsiya etiladi. 
Mahalliy davolashda efedrin qon to„xtatuvchi (burun qonashida va boshqalar) modda sifatida, 
shuningdek yallig„lanishga qarshi (rinit, tumov-shilliq pardaning yallig„lanishi) ishlatiladi. 
Bronxial astma (nafas qisishi)  kasalligiga  chalingan bemorlarga efedrinning davolash samarasi 
yaxshi bo„lgani uchun u ko„p ishlatiladi, bunda ko„pincha bronxlarni kengaytiradigan boshqa 
preparatlar (atropin va boshqalar) bilan birga qo„llaniladi. Bundan tashqari, u bir qancha allergik 
holatlarda va kasalliklarda (eshakem, pichan isitmasi) ham tavsiya etiladi. Miasteniya, yarim 
falajlikda, narkotik moddalardan zaxarlanishda ham beriladi. Preparat tabletkada, 5% eritmasi 1 
ml dan ampulada chiqariladi. Efedrin gipertoniya, qandli diabet,  taxiaritmiyalarda, yurak 
faoliyatining og„ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi. 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin