Fitoterapiya


Yurak glikozidlarining asosiy preparatlari



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32

Yurak glikozidlarining asosiy preparatlari. 
     
1.  Digitalis  bargi  (Folia  Digitalis). 1  g  bargda  50-60  BTB  yoki  10,3-12,6  MTB  bor. 
Bargning  kukuni  0,05-0,1  g  dan  ichish  uchun  tavsiya  etiladi.  Shamchalar  shaklida  ham  berish 
mumkin. 
Tabletka 
holida 
kam 
chiqariladi. 
Digitalis 
bargidan 
damlama 
1:300 
nisbatda  tayyorlanadi (0,6-180 ml) va osh qoshiqdan 2-3 marta ichiladi. 
2.  Kordigit  (Cordigitum).  Qizil  angishvonagul  bargidan  olingan  tozalangan  ekstrakt. 
Tabletkada (0,8 mg) chiqariladi va 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta beriladi. 
3.  Digitoksin  (Digitoxinum).  Digitalis  turlaridan  ajratib  olingan  kuchli  ta‟sir  qiladigan 
glikozid. Tabletkada (0,1 mg) chiqariladi. Shamcha holida ham (0,15 mg) ishlatiladi. 
4.  Digoksin  (Digoxinum).  Tukli  angishvonagulning  bargidan  olingan  glikozid. 
Digitoksinga  nisbatan  organizmdan  tezroq  chiqariladi.Chunki  kamroq  oqsil  bilan  bog„lanadi. 
Shuning uchun kumulyativ ta‟siri nisbatan kuchsizroq. Preparat tabletkada (0,25 mg) va 0,025% 
eritmasi ampulada 1 ml dan chiqariladi. 
5.  Selanid  (Selanidum).  Tukli  angishvonaguldan  olingan  glikozid  (digilanid  yoki 
lanatozid  S).  Me‟da-ichakdan  yaxshi  so„riladi,  ta‟siri  tezroq  ruyobga  chiqadi.  Kumulyatsiyani 
kamroq  keltirib  chiqaradi.  Venaga  yuborilganda  strofantinga  nisbatan  bradikardiyani  ko„proq 
beradi. 
Preparat  tabletkada  (0,25  mg),  0,05%  eritmada  flakonda  10  mldan  ichish  uchun  va 
0,02% eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi. 
6.  Lantozid  (Lantosidum).  Tukli  angishvonagul  bargidan  70-50%  spirtda  tayyorlangan 
neogalen  preparat.  Tarkibida  glikozidlar  yig„indisini  saqlaydi.  Flakonda  15  ml  dan  chiqariladi. 
20-30 tomchidan ichiladi. 
7.  Digalen-neo  (Digalen-neo).  Malla  angishvonagul  bargidan  tayyorlangan  neogalen 
preparat. 1 ml dan ampulada (teri ostiga yuboriladi) chiqariladi. Flakonda 15 ml dan chiqariladi 
10-15 tomchidan ichish uchun mo„ljallangan. 
8.  Bahorgi  adonis  (Adonis  vernalis).  O„simlikning  yer  ustki  qismida  yurak  glikozidlari 
mavjud.  Digitalis  preparatlariga  qaraganda  kuchsizroq  va  o„rtacha  muddat  ichida  ta‟sir 
ko„rsatadi.  Kumulyatsiya  bermaydi.  O„simlik  asosan  damlama  (1:30)  shaklida  ishlatiladi. 
Bexterev  aralashmasi  tarkibiga  kiradi.  O„simlikning  quruq  ekstrakti  "Adonis-brom"  tabletkalar 
tarkibiga kiradi. 
9. Adonizid (Adonisidum). Neogalen  preparat. Flakonda 15 ml dan chiqariladi va 10-15 
tomchida ichiladi. 
10.  Strofantin  K  (Strophantinum  K).  Strofant  Kombe  urug„idan  olingan,  tarkibida  K-
strofantin- b  va  K-strofanozid  glikozidlarini  saqlovchi  preparat.  Sistolik  ta‟siri  kuchli,  yurak 
ritmiga  ta‟sir  etmaydi.  Kumulyativ  ta‟siri  deyarli  yo„q,  lekin  boshqa  yurak  glikozidlari 
kumulyativ  ta‟sirini  kuchaytiradi.  Venaga  yuborish  uchun  mo„ljallangan  0,05%  li  eritma  1  ml 
dan  ampulada  chiqariladi.  Osh  tuzining  izotonik  yoki  glukoza  (10%)  eritmasi  bilan  birga 
tomchilab venaga yuboriladi. Asosan yurak faoliyatining o„tkir yetishmovchiligida ishlatiladi. 
11.  Marvaridgul  nastoykasi  (Tinctura  Convallariae).  Tarkibida  konvallotoksin  va 
konvallozid saqlaydi. Kumulyativ ta‟siri yo„q. Tinchlantiruvchi ta‟sir etadi. 
Flakonda 25 ml dan  chiqariladi. Tinchlantiruvchi  boshqa o„simlik nastoykasi bilan  birga 
(valeriana,  adonis,  arslonquyruq,  belladonna)  va  kompleks  preparatlar  (valokarmid,  Zelenin 
tomchisi) shaklida chiqariladi. 
12.  Korglikon  (Corglyconum).  Marvaridgul  bargidagi  yurak  glikozidlari  yig„indisini 
saqlaydi.  Ta‟siri  bo„yicha  strofantinga  yaqin.  Unga  nisbatan  uzoqroq  ta‟sir  etadi.  Adashgan 

176 
 
nerviga  ta‟siri kuchliroq.  Preparat 0,06%  eritma xolida 1  ml  dan ampulada chiqariladi.  Venaga 
izotonik eritma yoki glukoza eritmasi (10-20%) bilan birga sekin yuboriladi. 
13.  Kardiovalen  (Cardiovalenum).  Tarkibida  erizimum,  adonizid,  valeriana  nastoykasi, 
do„lana ekstrakti,  kamfora  va natriy bromid saqlaydi. Flakonda 15,20 va 25 ml dan chiqariladi, 
15-20 tomchidan ichiladi. 
  
Aritmiyaga qarshi ishlatiladigan dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
  
Bu  guruhga  yurakning  bir  maromda,  ritmik  urishining  buzilishida  ijobiy  ta‟sir  etadigan 
dorivor o„simlik preparatlari kiradi. 
Yurakning  ritmik-bir  tekisda  to„g„ri  qisqarishining  buzilish  holati,  yurakning  o„zida 
bo„ladigan  kasalliklarda  va  undan  tashqaridagi  turli  patologik  o„zgarishlarda  kuzatilishi 
mumkin.  Yurakning ishemik kasalligida,  miokard infarktida, revmakardit, miokardit, organizm 
intoksikatsiyasida,  elektrolit  almashinuvining  buzilishida  (K+  ioni  yetishmasligi  va  Sa++ 
ko„payishi) va boshqa hollarda aritmiyaning asosan ikki xili sodir bo„ladi (taxi va bradiaritmiya). 
Taxiaritmiya-ritmning tezlashishi bilan boradigan xili. Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal 
taxikardiya va lipillash bilan boradigan (mersatelnaya) aritmiya misol bo„lishi mumkin. 
Bradiaritmiya  esa  yurak  urishining  sekinlashishi  bilan  davom  etadi  (bir  daqiqada  45-55 
marta) va bu holatda ritm juda sekinlashib qolsa, kollapsga olib keladi. 
Shuni qayd qilib o„tish kerakki so„nggi vaqtlarda aritmiya kasalligiga chalingan bemorlar 
soni ko„p uchraydigan bo„lib qoldi. 
Aritmiya kasalligiga duchor bo„lgan bemorlarga davo qilishda antiaritmik preparatlardan 
foydalaniladi. 
Taxiaritmiya  xastaligida  ishlatiladigan  dorilarning  asosiy  farmakologik  ta‟siri  yurak 
qo„zg„oluvchanligini  pasaytirishi,  yurak  avtomatizmini,  o„tkazuvchi  sistemalarini  tormozlashi 
bilan  izohlanadi.  Antiaritmik  preparatlarning  bunday  ta‟siri  ko„proq  miokardning  patologik 
o„zgargan  joylaridan  (ektopik  yoki  geterotrop)  paydo  bo„ladigan  qo„shimcha  (aritmiyaga 
sababchi)  impulslarga  qaratilgandir.  Ular  sinus  (Keyt-Flak)  tuguncha  avtomatizmiga  kam  kor 
qiladi. Atrio-ventrikulyar tuguncha va Gis bog„lamiga bo„lgan ta‟siri ancha sezilarlidir. 
Antiaritmik  prepartlarning  ta‟sir  etish  mexanizmi  shundan  iboratki,  ular  asosiy 
elektrolitlarni-kationlarni 
hujayra  pardasidan 
passiv  o„tishini  sekinlashtiradi.  Natijada 
elektrolitlar  muvozanatining  mahalliy  buzilishi  (kaliy  ionlarining  kamligi,  natriy  va  kalsiy 
ionlarining ko„payib ketishi) ro„y beradi. 
Ma‟lumki,  elektrolitlar  muvozanati  bunday  o„zgarishi  yurak  qo„zg„aluvchanligini  va 
avtomatizmini  kuchaytiradi.  Shunday  qilib  antiaritmik  preparatlar  ta‟sirida  hujayra 
membranasining  ikki  tomonidagi  elektrolitlar  soni  baravarlashadi.  Uning  elektr  qutbi 
doimiylashadi. 
Bunday  preparatlarga  sintetik  yo„l  bilan  olinganlaridan  tashqari,  dorivor  o„simlikdan 
tayyorlangan va ulardan olingan dorivor preparatlar kiradi. 
Bradiaritmiyada  asosan  M-xolinoblokatorlar  (atropin),  Zelenin  tomchisi  va  boshqalar 
ishlatiladi.  Bu  guruhga  kiruvchi  preparatlar  yurak  ritmini  tormozlovchi  adashgan  (varyc)  nerv 
faoliyatini  bloklaydigan  ta‟siri  bo„lgan  dorilar  hisoblanadi.  Shu  sababli  ular  yurak  urishini 
tezlashtirib,  bradiaritmiyani  bartaraf  etadi.  Zelenin  tomchisi  tarkibidagi  valeriana  nastoykasi 
tinchlantiruvchi ta‟sir etadi, belladonna nastoykasi esa M-xolinoblokator. 
  
Dorivor o„simliklar va ularning preparatlari 
  
1. Qizil  shirali  sinxona  (Xin  daraxti).  Sinxona  krasnosokovaya  (Cinshona  succirubra 
Pav.) 
Bu  o„simlik  doim  yashil,  bo„yi  15-20  m  ga  yetadigan  daraxt,  vatani  Janubiy  Amerika 
davlatlari  (Boliviya,  Peru,  Kolumbiya,  Venesuela).  Hozirda  boshqa  davlatlarda  o„stiriladi. 
Shuningdek Qora dengiz bo„yida bir yillik o„simlik sifatida o„stiriladi. 

177 
 
Plantatsiyalarda  o„stiriladigan  xin  daraxtining  po„stlog„i  tarkibida  10%  gacha,  yovvoyi 
xolda  o„sadigan  daraxtlar  po„stlog„ida  esa  2,5%  gacha  alkaloidlar  (1-7,5%  xinin,  0,65% 
xinidin, 4,85% sinxonin, 3,5% gacha sinxonidin) yig„indisi bor. 
Gruziyada  o„stiriladigan  qizil  shirali  sinxona  ildizida  1-2,14%  alkaloidlar  (xinin, 
xinidin, sinxonin, sinxinidin) yig„indi mavjud. 
Tibbiyot  amaliyotida  aritmiya  xastaligida  xinidin  alkaloidi  saqlagan  preparati  (xinidin 
sulfat)  ishlatiladi.  Bu  preparat  miokard  hujayra  pardasidan  natriy  va  kalsiy  ionlari 
o„tishini  kamaytiradi, miokard  qo„zg„aluvchanligini susaytiradi, yurak o„tkazuvchi sistemasidan 
impulslar  o„tishini  sekinlashtiradi. Taxiaritmiya turlarida keng ishlatiladi.  Tabletkada (0,1-0,2g) 
chiqariladi.  Uzoq  muddatli  ta‟sir  etuvchi  preparatlari  ham  chiqariladi  (xinetseptin,  xiniduron, 
xinipek). 
2. Ilon  rauvolfiya.  Rauvolfiya zmeinaya  (Rauwolfia serpentina Benth.) 
Bo„yi  50-100  sm  ga  yetadigan  doim  yashil  bo„ta.  Hindiston,  Tailand,  Hindi  Xitoy,  Shri 
lanka,  Birma  mamlakatlarida  o„sadi.  Gruziyaning  subtropik  hududida  o„stiriladigan  o„simlik 
ildizida  0,5-1,3,  ildizpoyasida  1-2%  alkaloidlar  (rezerpin,  aymalin  va  b.)  bor.  Rauvolfiyaning 
150  dan  ortiq  turi  mavjud.  Masalan,  Rauwolfia  caffra  turi  tarkibida  3,05%  gacha  alkaloidlar 
bo„lib,  ular  yig„indisidan  aymalin(1,25%),  serpentin(1,09%)  va  boshqalar  ajratib 
olingan.  Aymolin alkaloidi aritmiyaga qarshi ta‟sir etadi. Rezerpin va aymolin saqlagan raunatin 
preparati taxiaritmiyaning turli shakllarida beriladi. 
3. Parpi. Akonit (Aconitum L.) . 
O„simligining  uch  turidan  tibbiyotda  foydalaniladi:  Jung„or  parpisi  (Aconitum 
soongaricum Stapf), qorako„l parpisi (Aconitum karacolicum Rapcs.) va Aconitum leucostomum 
Worosch.  Ular  morfologik  belgilari  bilan  bir-biriga  juda  yaqin.  Parpining  hamma  qismi 
zaharli.  Parpi  turlari  Tyan-Shan  tog„laridagi  suv  bo„ylarida,  Issiqko„l  atroflarida  o„sadi.  Ko„p 
yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  bo„yi  70-130  sm  ga  yetadi.  Ildiz  tuganagi  tarkibida  2,35%  gacha 
alkaloidlar  (alkonitin  va  b.)  bo„ladi.  O„simlikning  yer  ustki  qismi  ham  zaharli  bo„lib,  tarkibida 
0,5%   gacha alkaloidlar saqlaydi. 
O„simlikning  uchinchi  turi  o„tidan  olingan  lappakonitinning  bromgidrat  tuzi  -  allapinin 
preparati  O„zbekiston  FA  O„simliklar  kimyosi  instituti  xodimlari  tomonidan  olingan  va 
o„rganilgan. 
Allapinin  aritmiyaga  qarshi  ta‟sirga  ega.  Yurakning  qorincha  usti  va  qorincha 
ekstrasistolasida  hamda  aritmiyaning  boshqa  turlarida  qo„llanadi.  Parpining  jung„or  turining 
quritilmagan  bargidan nastoyka tayyorlanadi.  Allapinin tabletkalarda (0.025 g),  eritma  shaklida 
(0.5%-2 ml) ampulada chiqariladi. 
4. Do„lana. Boyarishnik  (Crataegus L.). 
Do„lananing  bir  necha  turlari  ma‟lum.  Ularni  bo„yi  5  m  ga  yetadigan  bo„ta  yoki  kichik 
daraxt.  Sobiq  Itifoq  Respublikalarida,  shu  jumladan  Markaziy  Osiyoda  o„sadi.  Tibbiyotda 
do„lanani  13  ta  turi  ishlatiladi.  Shulardan  biri  O„zbekistonda  tabiy  holda  o„sadigan  Oltoy 
do„lanasi.(Crataegus altaica (Loud.)Lange). 
Do„lana mevasi  tarkibida  triterpen  saponinlar,   flavonoidlar (kversetin  va b.),  gullarida 
- efir moyi va boshqa moddalar bor. 
O„simlik 
guli 
va 
mevasidan 
tayyorlangan 
galen 
preparatlari  (nastoykasi, 
suyuq  ekstrakti)  yurak  faoliyatini  yaxshilaydi,  qon  bosimini  qisman  tushiradi  va  aritmiyaga 
qarshi ta‟sir etadi. Ayniqsa paroksizmal taxikardiyada va lipillash aritmiyasida qo„l keladi. 
Do„lana  mevasining  suyuq  ekstrakti  kuniga  20-30  tomchidan  3-4  marta  ovqatdan  20-30 
daqiqa oldin ichiladi. Gulining nastoykasi- ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 15-20 tomchidan 2-
3 marta  ichiladi.  Suyuq  ekstrakti kardiovalen preparati tarkibiga kiradi. 
  
Qon tomirlarni kengaytiruvchi  dorivor  o„simliklar  va ularning  preparatlari 
  
Bu  guruhga  qon  tomirlar  (asosan  arteriya  va  arteriolalar)  tonusini  pasaytirib,  ularni 
kengaytiradigan preparatlar kiradi. 

178 
 
Ma‟lumki, yurak-tomir kasalliklari xozirgi davrda eng  ko„p tarqalgan, hayot uchun xavfli 
va  nogironlikka  sabab  bo„lishi  jihatidan  boshqa  xastaliklar  orasida  birinchi  o„rinda  turadi.  Ular 
qatoriga  qon  tomirlarning  spazmi-  torayishi  bilan  o„tadigan  yurakning  ishemik  kasalligi, 
miokard  infarkti,  stenokardiya,  ateroskleroz,  gipertoniya,  qorason  (endoarteriit)  kasalliklari 
kiradi.  Ma‟lumki,  qon  tomirlar  tonusi  ularning  devorida  joylashgan  mushaklarga  bog„liq.  Bu 
mushaklar tonusi bo„shashsa, qon tomir kengayadi, ular qisqarsa tonusi oshib qon tomir torayadi. 
Agar  bu  o„zgarishlar  ko„pchilik  qon  tomirlarda  sodir  bo„lsa,  qon  bosimi  pasayishi  yoki 
ko„tarilishi mumkin. Ko„pchilik qon tomirlarning silliq mushaklari neyro-gumoral, gipotalamus, 
qon  tomirlar  harakat  markazi  orqali  boshqariladi.  Tomir  harakat  markazi  asosan  simpatik  nerv 
orqali  qon  tomirlarni  nazorat  qilib  turadi.  Bu  nerv  qo„zg„alishi  qon  tomirlarning  torayishiga, 
bloklanishi esa kengayishiga olib keladi.  
Gipertoniya 
kasalligida 
ayniqsa  psixo-emotsional 
ta‟sirlar 
natijasida 
tomir 
harakat  markazidan impulslar ko„proq chiqib simpatik nervlar orqali qon tomirlarni qisqartiradi 
va  qon  bosimi  ko„tariladi.  Bu  kasallikning  kelib  chiqishida  boshqa  sabablar:  yurak  faoliyati 
buzilishi,  ateroskleroz,  buyrak  kasalligi  va  boshqalarning  ham  ahamiyati  bor.  Qon  tomir 
tonusining  gumoral  yo„l  bilan  boshqarilishi  gipofiz  va  buyrak  usti  bezlari  orqali  bajariladi. 
Gipotalamusning  qo„zg„alishi  vazopressin  gormoni,  buyrak  usti  bezidan  esa  adrenalin  va 
noradrenalinlar  ajralishini  kuchaytiradi.  Vazopressin  bevosita  tomir  silliq  mushaklari 
miofibrilalarini  qisqartiradi.  Noradrenalin  va  adrenalin  esa  adrenoretseptorlarni  qo„zg„atib  qon 
tomirlarni  qisqartiradi.  Bulardan  tashqari,  qon  tomirlarning  torayishida  renin-angiotenzin  (II)- 
sistemasining  ham  o„rni  bor.  Buyrakning  yukstaglomerulyar  qismidan  renin  fermenti  chiqib, 
qonning  alfa-globulinidan  angiotenzin  I  (dekapeptid)ning  ajralishini  ta‟minlaydi.  Angiotenzin  I 
esa o„z navbatida peptidil-dipeptidaza  fermenti ta‟sirida o„pka qon tomirlarida angiotenzin II ga 
(oktopeptid) o„tib qon tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko„taradi (buyrak gipertenziyasi). 
Qon  tomirlarda  bosimning  ko„tarilishida  yurak  faoliyatining  ham  hissasi  katta. 
Gipertenziyada  uning  (ayniqsa  chap  qorinchaning)  qisqarish  kuchi  oshadi.  Shu  sababli,  qon 
bosimini  pasaytirishda  faqat  qon  tomirlarni  kengaytirish  bilan  chegaralanmasdan,  balki  yurak 
qisqarish kuchini ham  pasaytirish  zaruriyati tug„iladi. Qon tomirlar tonusiga, bulardan tashqari, 
turli  metabolitlar  (sut  kislota,  SO2,  adenozin,  gistamin,  atsetilxolin  va  boshqalar),  endoteliyni 
relaksatsiyalovchi  omil  (ERF)  ham  ta‟sir  ko„rsatadi  va  ular  qon  tomirlarni  boshqarishda 
qatnashadi. 
Ayrim  a‟zolarning  mahalliy  qon  tomirlari  qisqarsa,  umumiy  qon  bosimi  o„zgarmasligi 
mumkin.  Masalan,  stenokardiya,  miya  qon  tomirlari  spazmida  va  boshqalar.  Qon  tomirlarining 
spazmida  ko„pincha  shu  to„qima  yoki  a‟zoning  qon  bilan  ta‟minlanishi  buziladi 
(stenokardiya,  miokard infarkti, ishemik insult). 
Qon  tomirlarini  kengaytiruvchi  dori  preparatlarining  soni  talaygina.  Ular  kimyoviy 
tuzilishiga  ko„ra  har  xil  guruhlarga  kiradi  va  farmakologik  ta‟siri,  ishlatilishi  bo„yicha 
turlichadir.  Ularning  orasida  sintetik  preparatlar,  o„simlik  dori  vositalari,  alkaloidlar  va 
boshqalr  bor.  Bularning  hammasida  qon  tomirlarni  kengaytiradigan  ta‟sir  bo„lgani  uchun  ular 
shu  guruhning  preparatlari  hisoblanadi.  Ular  farmakodinamikasi,  farmakokinetikasi  va 
ishlatilishiga qarab turli guruxlarga bo„linadi. 
  
Antigipertenziv (gipotenziv) dori vositalari 
  
Gipotenziv  vositalar  deb,  ko„p  sonli  qon  tomirlarni  kengaytirib  qon  bosimini 
pasaytiradigan  preparatlarga  aytiladi.  Bularga  kimyoviy  tuzilishi,  olinishi,  farmakologik  ta‟siri 
va  ta‟sir  mexanizmi  hamda  ishlatilishi  bo„yicha  har  xil  bo„lgan  preparatlar  kiradi.  Shu  sababli 
gipotenziv  preparatlar  ta‟sir  etish  joyiga  qarab  quyidagi  guruhlarga  bo„linadi:  neyrotrop  va 
miotrop  preparatlar.  Bulardan  tashqari,  suv-tuz  almashinuviga  ta‟sir  qiladigan  ayrim  siydik 
haydovchi, kalsiy antagonistlari va antiangiotenzin preparatlari ham mavjud. 
Neyrotrop  gipotenziv  vositalar  deb,  qon  tomirlarning  nerv  sistemasi  orqali 
boshqarilishiga  ta‟sir  etib,  kengaytiradigan,  qon  bosimini  tushiradigan  preparatlarga  aytiladi. 

179 
 
Bularning  o„zi  ham  nerv  sistemasining  qaysi  bo„limiga  ta‟sir  etishiga  qarab,  markaziy  va 
periferik  sistemasiga ta‟sir qiluvchilarga bo„linadi. 
Markaziy  nerv  sistemasiga  ta‟sir  etuvchi  gipotenziv  preparatlarga  rezerpin,  klofelin, 
metildofa uxlatuvchi va tinchlantiruvchi preparatlar va boshqalar kiradi. Bu preparatlar markaziy 
nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta‟sir ko„rsatgani uchun gipertoniya kasalligini sababchilaridan 
bo„lgan  emotsional  qo„zg„alish  holatini  kamaytiradi,  tomirlarni  harakatlantiradigan  markazdan 
chiqayotgan  patologik  impulslarni  tormozlaydi  va  periferik  qon  tomirlarni  kengaytiradi,  qon 
bosimini tushiradi. 
Bu preparatlar tibbiyot amaliyotida gipotenziv  dorilar  sifatida ko„p ishlatiladi. 
Rezerpin rauvolfiya  o„simligidan (o„simlik  to„g„risida  ma‟lumot yuqorida  qayd  etilgan) 
olinadigan  alkaloid  bo„lib,  farmakologik  ta‟siriga  ko„ra  neyroleptik  hisoblanadi.  Gipotenziv 
preparatlar  orasida  qo„llanishi va  gipotenziv ta‟siri ancha ishonchli  hisoblanadi. Ichakdan  sekin 
so„rilishi  6-8  soat  ichida  boshlanib,  3-4  kun  davom  etadi.  Rezerpin  markaziy  nerv  sistemasiga 
ta‟sir  qilishidan  tashqari,  periferik  simpatolitik  ta‟sirga  ham  ega.  Shuning  uchun  ham  bu 
preparat  gipotenziv effekti  bo„yicha  ancha yuqoridir.  Rezerpin asosan  gipertoniya kasalligini I 
va  II  bosqichlarida  ishlatiladi.  U  nojo„ya  ta‟sir  etib  me‟da  shilliq  pardasini  qitiqlaydi,  hatto 
yaralar hosil qilishi mumkin. 
Fitopreparatlar  orasida  tinchlantiruvchi  va  gipotenziv  ta‟sir  ko„rsatadigan  quyidagi 
o„simlik dori vositalari alohida o„rin egallaydi. 
Bo„rigul Barvinok (Vinca L.) 
Tibbiyotda bo„rigulning 2 turidan foydalaniladi: 
1. Kichik bo„rigul.  Barvinok maliy (Vinca minor L.) 
Ko„p  yillik,  doim  yashil,  bo„yi  60  sm  gacha  bo„lgan  o„t  o„simlik.  Rossiya  yuvropa 
qismining  janubiy  va  janubi-g„arbiy  viloyatlarida,  Ukraina,  Belarus,  Moldova,  Kavkaz  ortida 
uchraydi.  O„simlikning  xamma  qismida  indol  guruhiga  kiruvchi,  rauvolfiya  alkaloidiga  yaqin 
bo„lgan  20  dan  ortiq  alkaloidlar  bor.  O„simlik  bargidan  vinkamin  (devinkam),  rezerpin,  va 
boshqa alkaloidlar ajratib olingan. O„simlikning  Galen preparatlari  va alkaloidlari qon bosimini 
tushiradi, miya va koronar qon tomirlarini kengaytiradi. O„simlikning asosiy alkaloidi vinkamin 
miyada qon aylanishini yaxshilaydi, miya to„qimasining kislorod bilan ta‟minlanishi ortadi. 
Akademik  S.Yu.Yunusov  va  k.f.d.  P.Y.Yo„ldoshev  shogirdlari  bilan  birgalikda  O„rta 
Osiyoda o„sadigan tik o„suvchi bo„rigul  o„simligidan 40 taga yaqin alkaloidlar ajratib olishgan. 
2. Tik o„suvchi bo„rigul. Barovinok pryamoy (Vinca erecta Rgl. yet schm.) 
Kendirdoshlar  (Apocynaceae)  oylasiga  mansub  bo„lib,  ko„p  yillik,  bo„yi  30-40  sm  ga 
yetadigan o„t o„simlik. Markaziy Osiyoning Tyanshan, Pomir-Oloy tog„larida uchraydi. O„simlik 
ildizida 3% gacha, yer usti qismida esa 2% alkaloidlar bor. Bulardan eng ahamiyatlisi vinkamin 
va  vinkanindir.  Tarkibida  shu  alkaloidlar  yig„indisi  yoki  toza  holda  saqlangan  va  yarim  sintez 
qilingan bir qator preparatlar mavjud. Bular qatoriga quyidagi dori vositalari kiradi. 
Vinkapan  (Vincapan).  Kichik  bo„rigul  alkaloidlar  yig„indisini  saqlaydi.  Tabletka  xolida 
0,01g.dan chiqariladi. 
Vinkanor  (Vincanorum).  Kichik  bo„rigul  tozalangan  alkaloidlarini  saqlaydi.  Tabletkada 
(0,02g) chiqariladi. 
Kavinton  (Cavinton).  Bo„rigul  turlaridan  olingan  devinkan  alkaloidining  yarim  sintetik 
preparati.  Kavinton  (Vinkotsetin)  tibbiyot  amaliyotining  ko„p  soxalarida  (nevrapotologiya, 
terapiya,  otorinolaringologiya  va  b.)  keng  miqyosda  ishlatiladi.  Tabletkada  (0,005)  va  0,5% 
eritmaning 2 ml dan ampulada chiqariladi. 
Bulardan  tashqari,  gipotenziv  dori  vositasi  sifatida  do„lana  gullaridan  tayyorlangan 
preparatlar 
(damlama 
va 
nastoyka),  arslonquyruq 
yer 
ustki 
qismidan 
tayyorlangan  damlama  va  nastoykalar  ishlatiladi. 
Asosan  gipertoniyaning  boshlang„ich 
davrlarida  boshqa  dorilar  bilan  birga  beriladi.  Bu  fitopreparatlarning  qon  bosimini  tushirishi 
asosan ularning MNS ga  tinchlantiruvchi ta‟siri bilan tushuntiriladi. 
Gipertoniya  xastaligida  yuqoridagi  fitopreparatlardan  tashqari  yana  periferik  qon 
tomirlarni  kengaytiruvchi  va  spazmalitik  ta‟sirga  ega  bo„lgan  bir  qator  dorivor  o„simliklar 

180 
 
preparatlari  ishlatiladi.  Bular  qatoriga  opiy  (qoradori)  tarkibidagi  papaverin  alkaloidi  kiradi. 
O„zining  farmakologik  xususiyati  bo„yicha  miotrop  ta‟sirga  ega-bevosita  silliq  mushaklarga 
ta‟sir  etib,  fosfodiesteraza  fermenti  faolligini  pasaytirib  mushaklar  hujayralarda  siklik 
adenazinmonofosfatni yig„ilishiga sababchi bo„ladi. Bu esa mushaklarni bo„shashiga olib keladi 
va qon tomirlar kengayadi, spazmlar bartaraf bo„ladi. 
Papaverin  sintetik  yo„l  bilan  olingan  va  tibbiyot  amaliyotida  uning  gidroxlorid  tuzi 
spastik  holatlarda  va  gipertenziyada  keng  ishlatiladi.  Uning  kompleks  preparatlari  (papazol, 
palyufin, teoverin va b.) mavjud. 
Papaverin  gidroxlorid  tabletkada  (0,04g),  2%  li  eritmasi  2  ml  dan  ampulada,  0,2g  dan 
shamcha holida chiqariladi. 
3. Gulbandli kiyiko„t. Zizifora svetonojechnaya (Ziziphora pedicilata Pazij et Vved.) 
Gulbandli  kiyik  o„t  ko„p  yillik  o„t  o„simlik  bo„lib,  bo„yi  20-40  sm  ga  yetadi.  Ko„proq 
toshloq  tog„  bag„rilarida  va  tog„larda  o„sadi.  Toshkent  viloyati,  Issiqko„l,  Olotov  hududlarida 
hamda Farg„ona viloyatida uchraydi. Dorivor  mahsulot  sifatida gulbandli kiyiko„tning  yer ustki 
qismi-  o„ti  ishlatiladi.  O„t  tarkibida  1.3%  efir  moyi,  organik  kislotalar,  antatsianlar,  S,  YE 
vitaminlari, provitamin A, flavonoidlar, mineral tuzlar va mikroelementlar mavjud. 
Kiyiko„t  halq  tabobatida  keng  miqyosda  ishlatilgan.  Ibn  Sino  zizifora  bilan  yiringli 
yaralar (chipqon, karbunkul) va boshqalarni davo qilgan. Bundan tashqari, o„simlikning yer ustki 
qismidan tayyorlangan choylar tabobatda ayrim yurak tomir va buyrak kasalliklarida ishlatiladi. 
Toshkent  Farmatsevtika  institutining  farmakognoziya  kafedrasida  prof.  T.P.Po„latova 
tomonidan  kiyiko„tning  ushbu  turi  har  tomonlama  o„rganilgan.  Uning  farmakologiyasi  prof. 
X.U.Aliyev  rahbarligida  to„la-to„kis  tekshirilgan.  Chunonchi,  kiyiko„tdan  tayyorlangan 
preparatlar  (damlama  va  qaynatma)  tarkibidagi  biologik  faol  moddalar  hisobiga  gipotenziv, 
kardiotonik va yallig„lanishga qarshi ta‟sir etishi topilgan. Bundan tashqari, ular siydik ajralishini 
kuchaytiradi va spazmolitik ta‟sirga ega.  Shuning bilan bir qatorda ushbu preparatlarning zararli 
ta‟siri yo„qligi – zaharsizligi aniqlangan. 
Kiyiko„tdan  tayyorlangan  damlama  O„zbekiston  Respublikasi  Dori  vositalarni  va  tibbiy 
texnika  sifatini  nazorat  qilish  boshqarmasi  tomonidan  tibbiyot  amaliyotida  antigipertenziv, 
kardiotonik va diuretik dori  preparatlari  sifatida  ishlatishga tavsiya etilgan. 
Gipertoniya  xastaligining  boshlang„ich  davrida  kadio„t  (valeriana)  va  arslonquyruq 
dorivor  o„simliklaridan  tayyorlangan 
fitopreparatlar 
(nastoyka, 
damlama, 
tabletkalar) 
ishlatilishi mumkin. Ular MNS ga tinchlantiruvchi ta‟sir etib, uyquni yaxshilaydi, hayajonlanish 
va bezovtalik holatlarini kamaytiradi,  qon bosimini pasaytiradi. 
Tarkibida bir qator dorivor o„simliklar (do„lana, moychechak, gnafalium, na‟matak va b.) 
saqlagan yig„ma - choylar va diuretik  ta‟sirli dorivor o 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin