Fitoterapiya


ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix01.01.2017
ölçüsü2,69 Mb.
#4318
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32

ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 

118 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
51.
 
www.ziyonet.uz
   
52.
 
www.Lex.uz
.  
53.
 
www.uzpharm-control.uz
   
54.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
  Ma‟ruza №17 
Mavzu: Dermatologiyada ishlatiladigan fitopreparatlar. 
17.1.Teri kasalliklarida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar. 
17.2  Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning 
(moychechak,  ittikan,yalpiz,arslonquyruq,  tog`rayhon  va  b.)  farmakologik  va  fitoterapevtik 
xarakteristikasi va ularning fitorpreparatlari.  
Tayanch so„zlar: moychechak, ittikan,yalpiz,arslonquyruq, tog`rayhon 
 
17.1.Teri kasalliklarida ishlatiladigan shifobaxsh o„simliklar. 
 
17.2  Bu  guruxga  kiruvchi  qadimdan  ishlatib  kelinayotgan  dorivor  o„simliklarning 
(moychechak, 
ittikan,yalpiz,arslonquyruq, 
tog`rayhon 
va 
b.) 
farmakologik 
va 
fitoterapevtik xarakteristikasi va ularning fitorpreparatlari.  
 
ASOSIY DARSLIKLAR  VA O„QUV QO‟LLANMALARI RO‟YXATI 
Asosiy 
1.1. M.N.Maxsumov, M.M.Malikov “Farmakologiya”. Toshkent., 2006y. 
1.2.  M.N.Maxsumov,  X.X.Xolmatov  “Fitoterapiya  farmakologiya  asoslari  bilan  birga”. 
Toshkent., 2003y. 
1.3. B.A.Samura, L.T.Malaya “Fitoterapiya v klinike vnutrenno bolezney”. Xarkov. 2003. 
1.4. M.D.Mashkoveni “Lekarstvennыe sredstva” (1 – 2 top). Moskva. 2004y. 
 
Qo„shimcha 
2.1. M.N.Nabieva, E.Djo„raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent. 
2.2. M.N.Maxsumov. “ma‟ruzalar matni”. 2000y., 1994. 
2.3. X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O„quv – uslubiy qo„llanma. Toshkent.. 2003y. 
 
Internet va ZiyoNet saytlari 
55.
 
www.ziyonet.uz
   
56.
 
www.Lex.uz
.  
57.
 
www.uzpharm-control.uz
   
58.
 
www.doridarmon.uz
 
www.uzpharmsanoat.uz
 
 
 
 
 
 
V. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI 
 

119 
 
-1 Amaliy mashg„ulot: 
 Fitoterapiya fani ahamiyati va turi
 
Mashg
ulotning  maqsadi:  talabalarda  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan 
o„zgarishlar  –  sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks 
fitopreparatlarni  (fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy 
reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, 
uning  yaxshi  tomonlari,  boy  tarixi.  Ibn  Sino,  dori  vositalarini  (fitopreparatlarni)  yaratish, 
manba‟i,  amalda  kiritilishi  qoidalari  haqida  ma„lumot  berish  va  amaliy  ko„nikmalarni 
shakllantirish.  
Masalaning  qo‟yilishi:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan  o„zgarishlar  – 
sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni 
(fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar 
natijasida  cho„kmaga  tushish  va  boshqalar.  Fitoterapiya  farmakoterapiyaning  bir  turi,  uning 
yaxshi  tomonlari,  boy  tarixi.  Ibn  Sino,  dori  vositalarini  (fitopreparatlarni)  yaratish,  manba‟i, 
amalda kiritilishi qoidalari haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.  
Talaba bilishi lozim:  

 
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar – sinergizm,  

 
potensiallanishi, 

 
antogonizm va ularning turlari. 

 
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin 
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. 

 
Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning yaxshi tomonlari, boy tarixi. 

 
Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i, amalda kiritilishi 
qoidalari 
 Talaba bajara olishi lozim:  

 
Fitopreparatlarni qo„shib ishlatishda kuzatiladigan o„zgarishlar – sinergizm,  

 
potensiallanishi, 

 
antogonizm va ularning turlari. 

 
Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig„malar va boshqalar) tayyorlashda bo„lishi mumkin 
bo„lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho„kmaga tushish va boshqalar. 

 
Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning yaxshi tomonlari, boy tarixi. 

 
Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manba‟i, amalda kiritilishi 
qoidalari 
Fanlararo va fan ichidagi  bog‟liqlik:  Mashg„ulot  davomida  olingan  bilimlardan  Farmatsevtik 
yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o„zlashtirishda foydalanish mumkun.  
Motivatsiya:  tibbiyot  amaliyotida  qo„llaniladigan  dori  vositalar  keng  asortimentli  bo„lganligi 
sababli ularni  o„rganish katta ahamiyat kasb  etadi.Dori vositalarni  o„rganish ularni  qabul  qilish 
va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi  
Mashg‟ulotning  mazmuni:  Fitopreparatlarni  qo„shib  ishlatishda  kuzatiladigan  o„zgarishlar  – 
sinergizm,  potensiallanishi,  antogonizm  va  ularning  turlari.  Kompleks  fitopreparatlarni 
(fitoyig„malar  va  boshqalar)  tayyorlashda  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  kimyoviy  reaksiyalar 
natijasida  cho„kmaga  tushish  va  boshqalar.  Fitoterapiya  farmakoterapiyaning  bir  turi,  uning 
yaxshi  tomonlari,  boy  tarixi.  Ibn  Sino,  dori  vositalarini  (fitopreparatlarni)  yaratish,  manba‟i, 
amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.  
Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm 
 
 
 
 
 

120 
 
Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
 
.“Keys-stadi” metodi 
 
Keys-stadi  interaktiv  ta‟lim  metodi  sifatida  talabalar  tomonidan  eng  afzal  ko„riladigan 
metodlar  qatoriga  kirmoqda.  Ushbu  texnologiya  asosan  farmatsevtika  fanlaridan  dars  beruvchi 
o„qituvchi  va  talabalarning  umumiy  intellekua  lva  kommunikativ  salohiyatini  rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Buning  sababi  sifatida  ushbu  metod  talabalarga  tashabbus  bildirish,  nazariy  holatni 
o„zlashtirishda  hamda  amaliy  ko„nikmalarni  shakllantirishda  mustaqillikka  ega  bo„lish 
imkoniyatini  berishida  ko„rish  mumkin.  O„z  navbatida  vaziyatlarning  analizi  (tahlili) 
talabalarning kasbiy  shakllanish jarayoniga kuchli ta‟sir  o„tkaza olishi, ularning kasbiy  jixatdan 
“ulg„ayishiga”  xizmat  qilishi,  ta‟lim  olishga  nisbatan  qiziqish  va  ijobiy  motivatsiyaning 
shakllantirishi  alohida  ahamiyatga  ega.  Keyslar  metodi  o„qituvchining  tafakkurturi  sifatida, 
alohida  paradigma  ko„rinishida  gavdalanib,  ijodiy  salohiyatni  rivojlantirish,  noan‟anaviy  tarzda 
fikrlash imkoniyatini beradi. 
 
“Keys metodi” ni amalga  oshirish bosqichlari 
 
Ish bosqichlari 
Faoliyatshaklivamazmuni 
1-bosqich:  Keys  va  uning  axborot 
ta‟minoti bilan tanishtirish 

 
Yakka tartibdagi audio-vizualish; 

 
Keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media 
shaklda); 

 
Axborotni umumlashtirish; 

 
Axborot tahlili; 

 
Muammolarni aniqlash 
2-bosqich:Keysni  aniqlashtirish  va 
o„quv topshirig„ni belgilash 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
Muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; 

 
Asosiy muammoli vaziyatni belgilash 
3-bosqich:Keysdagi 
asosiy 
muammoni  tahlil  etish  orqali  o„quv 
topshirig„ining  echimini  izlash,  hal 
etish yo„llarini ishlab chiqish 

 
Individual va guruhda ishlash; 

 
muqobil echim yo„llarini ishlab chiqish; 

 
har  bir  echimning  imkoniyatlari  va  to„siqlarni 
tahlil qilish; 

 
muqobil echimlarni tanlash 
4-bosqich:Keys  echimini  echimini 
shakllantirish va asoslash, taqdimot.  

 
Yakka va guruhda ishlash; 

 
Muqobil 
variantlarni 
amalda 
qo„llash 
imkoniyatlarini asoslash; 

 
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash; 

 
yakuniy  xulosa  va  vaziyat  echimining  amaliy 
aspektlarini yoritish 
 

121 
 
Keys. Pnevmoniya bilan  og„rigan  bemorni 5 kun davomida  etazol bilan 1.0 dan kuniga 6 
maxaldan  davolandi.  Laboratoriyada  aniqlandiki,  bu  bemordagi  pnevmoniya  qo„zg„atuvchisi 
sulfanilamidlarga  sezgir.  Shunday  bo„lsa  ham  bemorning  klinik  ahvoli  yaxshilanmadi. 
Etazolning  etarli  bo„lmagan  ta‟sirining  sababini  mada  va  qanday  qilib  etarli  darajadagi  ta‟sirga 
erishish mumkin?  
Talabalarga  tavsiya  etiladigan  material:“Pedagogik  talab”  va  uning  mohiyatini  yoritishga 
oid materiallar.  
Keysni bajarish bo„yicha topshiriqlar: 
1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling. 
2.Manbalar asosida muammoning echimini toping. 
3.Aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga  barchasidan ko„proq  dahldor  bo„lgan omil (yoki 
ikki taomil)ni ajrating. 
4. Ana shu omillar asosida echimni asoslashga harakat qiling. 
5. Echimni bayoneting. 
 
Muammo 
Yechimi 
Natijasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
.„SWOT“ – tahlil jadvali. 
 
SWOT 
tahlili  talabalarga  tizimli  mushohada  qilish,  taqqoslash,  solishtirish,  tahlil, 
sintezni  amalga  oshirish  ko‟nikmalarini  rivojlantiradi.  Talabalar  mini  guruhlarga  birlashishadi, 
taqqoslashadi, to‟ldirishadi, o‟zgartirishadi. Umumiy SWOT jadvalga jamlanadi. 
SWOT – tahlil nomlanishi ingilizcha bosh harflardan olingan. 
Strenghts – kuchli tomoni nazarda tutiladi; 
Weakness – kuchsiz tomoni yoki ichki muammolar mavjudligi; 
Opportunities –tashqaridagi mavjud imkoniyatlar; 
      Threats – xavflar, tashqi muhitdagi mavjud xavf-xatarlar 
 
 
“Nilufar guli” sxemasi 
Muammoni  hal  etish  usuli.  O‟zida  Nilufar  guli  obrazini  mujassam  etgan  9ta  katta  kvadratlar 
chiziladi  va  ularning  har  biriniichiga  kichik  9takvadratchiziladi.  Asosiy  muammo  markaziy 
kvadratning  markaziga  yoziladi.  Uni  hal  qilish  g‟oyalari  markaziy  kvadrat  atrofida  joylashgan 
qolgan  8ta  kvadratlarga  yoziladi.  Juftlarga  birlashiladi,  o‟z  sxemalarini  taqqoslaydi  va 
qo‟shimchalar  kiritadi.  Umumiy  sxemaga  joylaydilar.  “Nilufar  guli”  sxemasi  tizimli,  ijodiy, 
tahliliy mushohada qilish ko‟nikmalarini beradi.  
Masalan:
“Nilufar guli 
 
 
S Farmakologik guruh 
 
 
W         Ta‟sirmexanizmi 
 
 
O        Farmakologikta‟sir 
 
 
T            Preparatlar 
 
 

122 
 
 
segmenta

 
 
 
ishemiya 
   
Tomir 
tortish 
 
 
 
tutqano

   
metabo
lik 
 
 
  trofik 
 
 
Tremor 
 
 
 
 
Isteriy

 
 
 
Gipoksi
ya 
 
reoksigen
asiya 
 
bulbar 
 
 
afoniya 
 
 
falajlar 
Gomeo
staz 
buzilis
hi 
 
 
ishemiy

 
 
 
 
     
ataksiya 
 
 
    xoreya 
  nevraste
niya 
 
Ruhiy 
travma
lar 
   
Giperf
aol 
neyron
lar 
 
 
Notsise
pt 
uzilish 
 
 
 
Giperk
inez 
 
 
 
Nevro

 
 
 
Og‟riq 
 
 
     atetoz 
 
 
epilepsiy

Ijtimoiy 
omil 
 
Stress 
 
nevro
ma 
 
Algik 
sistema 
 
 
 
 
  
Paraplegi
ya 
 
 
 
Refleksla
rning 
ezilishi 
   
  
trofinlar 
 
 
Trofog
enlar 
  Chuqur 
uyqu 
 
qarilik 
 
 
Spinal 
    shok 
 
 
 
Distro
fiya 
 
 
 
narkoz 
 
 
spazm 
 
Lokomot
or 
tormozsiz
lanish 
 
  
viruslar 
 
 
toksinl
ar 
Alsgey
mer 
 
 
Nazariy qism 
Fitoterapiya  deb,  dorivor  o„simliklar,  ulardan  tayyorlangan  va  olingan  preparatlar  bilan 
bemorlarni davolash to„g„risidagi fanga aytiladi. 
Fitoterapiya  fani  farmakologiyaning  ajralmas  qismi  bo„lgani  bois  ma‟lumotni 
farmakologiya to„g„risidagi tushuncha bilan boshlaymiz. 
Farmakologiya  yunoncha  Pharmacon-dori,  logos-ta‟limot,  so„zlaridan  olingan  bo„lib, 
dorilar to„g„risidagi ta‟limot, ma‟nosini bildiradi. 
Lekin  hozirgi  farmakologiya  faniga  bunday  umumiy  ta‟rif  berish  mutlaqo  kifoya 
qilmaydi.  Uning  tub  ma‟nosida  aniq  maqsad  va  vazifalar  yotadi.  Ular  asosan  quyidagilardan 
iborat. 
1.  Farmakologiya  turli  kimyoviy  birikmalarning,  shu  jumladan  o„simlik  moddalarining 
ham,  inson  va  jonivorlar  organizmiga  ta‟sirini,  shu  tufayli  a‟zolar  va  sistemalar  faoliyatida 
sodir  bo„ladigan  o„zgarishlarni o„rgatadi. 

123 
 
2.  Mazkur  o„zgarishlarning  kelib  chiqish  sabablarini,  nima  bilan  bog„liqligi  va 
izohlanishini yoki, boshqacha aytganda, kimyoviy moddalarning ta‟sir mexanizmini aniqlaydi. 
3.  Yangi  dori  moddalarini  (fitopreparatlarni  ham)  izlash,  topish,  tajribada  tekshirib 
ko„rish, o„rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish bilan shug„ullanadi. 
4.  Dori  vositalari  bilan  bemorlarni  davolash  va  kasallikning  oldini  olish  maqsadida 
ularning  dozalarini  aniqlash,  ishlatilish  qoidalari,  nojo„ya  ta‟sirlari  va  boshqa  masalalarni  hal 
qiladi. 
Turli kimyoviy moddalarning,  chunonchi dorivor o„simliklardan tayyorlangan va olingan 
moddalarning ham, organizm a‟zolari va sistemalari faoliyatiga ta‟siri laboratoriya jonivorlarida 
sinab  ko„riladi.  Shuning  uchun  ham  farmakologiyaning  ushbu  asosiy  yo„nalishi 
eksperimental farmakologiya deb yuritiladi. 
Farmakologik tekshirishlarning  ko„lami juda keng. Ular bir butun organizmga qaratilgan 
bo„libgina  qolmay,  balki  to„qima  hujayralarini,  hujayra  ichki  muhitini,  retseptorlarni, 
biokimyoviy va boshqa jarayonlarni o„z ichiga oladi. 
Farmakologiya 
fani 
ushbu 
vazifalarni 
ilmiy 
va 
amaliy 
tomondan  amalga 
oshirishda  kimyo,  biokimyo,  farmakognoziya,  botanika,  biologiya  va  tibbiyot  fanlarining 
yutuqlariga  tayanadi  va  ular  bilan  uzviy  bog„langan.  Avvalo  fiziologiya,  patologik  fiziologiya 
va  biokimyo  fanlari  bilan  yaqindan  aloqada  bo„ladi.  Masalan,  dorivor  o„simliklar  va  boshqa 
kimyoviy moddalarning hayvonlar organizmiga ta‟sirini o„rganishda uning fiziologik faoliyatida 
namoyon 
bo„ladigan 
o„zgarishlarni 
aniqlaydi.  Patologik 
jarayonlarga  davolash  ta‟sirini  aniqlash  maqsadida 
patologik  va 
fiziologik  uslublardan 
(kasalliklarning  eksperimental  modellari  va  b.)  foydalaniladi.  Ushbu  va  boshqa  farmakologik 
izlanishlarda  biokimyoviy usullar keng  miqyosda  qo„llaniladi. Farmakologiyaning rivoj topishi, 
bir  tomondan  ushbu  fanlar  yutuqlariga  bog„liq  bo„lsa,  ikkinchi  tomondan,  aksincha, 
farmakologiyaning  rivojlanishi  turli  fiziologik,  patologik  va  biokimyoviy  jarayonlarning  kelib 
chiqish  sabablarini o„rganishga, binobarin, ushbu jarayonlarni farmakologik vositalar yordamida 
boshqarishga imkoniyat tug„dirdi. 
Shu  bilan  birga  farmakologiya  farmatsiya  fanlari  bilan  (farmakognoziya,  farmatsevtik 
kimyo, dorilar texnologiyasi, biotexnologiyasi) ham yondashadi: masalan, dorivor o„simliklardan 
tayyorlangan  yoki  olingan  moddalarning  farmakologiyasini  tekshirish,  dori  vositalarining 
farmakologik ta‟siri  ularning kimyoviy tuzilishiga bog„liqligini va shu tariqa yangi biologik faol 
kimyoviy  moddalar  yaratish  va  nihoyat  ushbu  dorilarning   shaklini  va  olinish  texnologiyasini 
ishlab chiqish shular jumlasidandir. 
Turli  kimyoviy  birikmalarning  (fitopreparatlarning  ham)  organizmga  ta‟sirini  va  ta‟sir 
mexanizmini  o„rganish  farmakodinamika  so„zi  bilan  ifodalanadi.  Ularni  organizmga  kiritish 
yo„llari,  so„rilishi,  oqsillar  bilan  bog„lanishi,  metabolizmga  uchrashi,  tanada  tarqalishi  va 
yig„ilishi,  organizmdan  chiqib  ketish  yo„llarini  o„rganish  esa  farmakokinetika  ning  vazifasidir. 
Dori  vositalarining  farmakodinamikasi  bilan  bir  qatorda  ularning  farmakokinetikasi  ham  katta 
ahamiyatga  ega,  chunki  dori  vositalarning  effekti-samarasi,  ta‟siri  ularning  farmakokinetikasi 
bilan uzviy bog„liqdir. 
Farmakologiyaga juda yaqin  bo„lgan toksikologiya  fani odam va jonivorlar organizmiga 
turli  kimyoviy  birikmalar,  shu  jumladan  o„simliklarning  zaharli  ta‟sirini  o„rganadi.  Umuman 
olganda,  ko„pchilik  dori  vositalari  katta  miqdorlarda  organizm  uchun  zaharli  bo„lishi  va, 
aksincha, ko„pchilik  zaharli  moddalar  ma‟lum  bir  dozada  organizmga  ijobiy  ta‟sir  etib,  foydali 
bo„lishi mumkin. 
  
Bemorlarga  davo  qilishda  tibbiyot  amaliyotida  faqat  fitoterapiya  bilan  chegaralanib 
qolmasdan,  balki  davo  qilishning  boshqa  mavjud  usullaridan,  shu  jumladan  sintetik  va  yarim 
sintetik  dorilardan,  fizioterapiya  va  boshqalardan  foydalanish  katta  samara  berdi.  Bu 
kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorni ahvoliga va boshqa-bir qator omillarga bog„liq. 
Shuning  uchun  fitoterapiyani  ma‟lum  davo  usullaridan  ajratib  bo„lmaydi  va  bemorlarga 
kompleks davo qilishning usullaridan biri deb qaralishi kerak. 

124 
 
Ko„pgina  dorivor  o„simliklarning  shifobaxsh  ta‟siri  ko„p  qirrali  bo„lishiga  qaramasdan, 
bir  necha  giyohlardan  tayyorlangan  yig„ma  dorilar  ancha  samarali  davo  ta‟sirini  ko„rsatadi. 
Bularga misol qilib hozir tibbiyot amaliyotida keng qo„llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, 
urolesan, vikair preparatlarini keltirish mumkin. 
Dorivor  o„simliklardan  turli  dori  shakllari  (damlama,  qaynatma,  tindirma-nastoyka, 
ekstraktlar, poroshoklar va boshqalar) tayyorlanadi. 
Ularni  tayyorlash yoki ulardan yakka xoldagi toza  dori moddasini  va dori  preparatlarini 
olish 
uchun 
qo„llaniladigan 
o„simliklarning 
ma‟lum 
qismlari  yoki 
shu  o„simliklardan  birlamchi  ishlash  yo„li  bilan  olingan  moddalar  (efir  moyi,  moy,  daraxt 
yelimi va b.) dorivor o„simliklar mahsuloti deb yuritiladi. 
Odatda  ushbu  mahsulotlar  biologik  faol  moddalarni  ko„p  miqdorda  saqlaydi.  Dorivor 
mahsulot sifatida o„simliklarning yer  ustki  qismi (bargi, guli, mevasi, urug„i, po„stlog„i, kurtagi, 
o„t  o„simliklarning  butun  yer  ustki  qismi,  o„ti)  yoki  yer  ostki  qismi  (ildizi,  ildizpoyasi,  piyozi, 
tuganagi) bo„lishi mumkin. 
O„simliklar  tarkibida  uchraydigan  har  xil  birikmalar  biologik  faol  moddalar  sifatida 
bo„lishi  mumkin.  Ular  quyidagilar:  alkaloidlar,  glikozidlar,  vitaminlar,  yog„lar,  yog„simon 
moddalar,  kislotalar,  kumarinlar,  lignanlar,  oshlovchi  moddalar  (tanidlar),  polisaxaridlar, 
saponinlar, flavonoidlar,  efir  moylari  (terpenoidlar),  fitonsidlar  va  boshqalar.  Ushbu  moddalar 
o„simlikning  o„sish-rivojlanish  davrining  turli  vaqtida  yilning  fasliga  qarab  ko„p  miqdorda 
to„planadi,  ayni  shu  vaqtda  ular  yuqori  sifatli  xisoblanadi  va  tayyorlanishi  lozim.  Shunga 
qarab  mahsulotlar  dorivor  o„simliklarning  turli  davrlarida  yig„iladi.  Masalan,  o„simlikning  yer 
ustki  qismi  (o„ti)  o„simlik  gullaganda,  barglari  gullash  oldidan  yoki  gullaganda,  kurtaklar  va 
po„stloqlar  o„simlik  tanasida  suyuqlik  yura  boshlaganda  (erta  bahorda),  yer  ostki  qismlari  esa 
odatda o„simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig„iladi. 
Dorivor o„simliklarni  yig„ishda  quyidagilarga rioya qilinishi zarur: 
1.  Dorivor  o„simlik  mahsulotlari  oldindan  mo„ljallangan,  ruxsat  etilgan  yerda  va 
miqdorda yig„iladi. 
2. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo„yicha quritilishi darkor. 
3. Ko„p yillik dorivor o„simliklarning yer ustki qismi tayyorlanayotganda ularning ildizini 
qoldirish zarur. 
4. Ildiz  va ildizpoyani kavlab olishda ildizning bir qismi qoldirilishi shart. 
5.  O„simlik  mahsulotini  tayyorlashda  yaxshi  taraqqiy  etgan,  gullab  turgan  o„simlikni 
(uning mevasi  yetilib  urug„larga  sochilib  ko„payishi uchun) qoldirish zarur. 
Ushbu qoidalar hisobga olinsa, dorivor  o„simliklarning  manbai sira kamaymaydi va ular 
abadiy saqlanadi. 
 Dori vositalarining yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga joriy qilinishi 
 Yuqorida  aytilganidek,  qadimdan  yangi  dori  moddalarini  olish  manbai  o„simliklar, 
jonivorlar va minerallar hisoblangan. XIX asr o„rtalarida esa, kimyo fanining taraqqiyoti tufayli 
dorilarni kimyoviy sintez yo„li bilan olishga erishildi. 
Keyinchalik  immunologiya  fanining  rivojlanishi  va  shakllanishi  hisobiga  shifobaxsh 
zardoblar,  vaksinalar 
tayyorlash,  zamburug„lardan 
antibiotiklar 
olish 
texnologiyalari  yaratildi.  80-yillardan  boshlab  esa,  biotexnologiyaning  izchil  rivojlanishi 
natijasida aralash birikmalar hamda individual toza preparatlar olish yo„lga qo„yildi. 
Hozir  yangi  yaratilgan  dori  vositalariga  davlat  muassasalari  tomonidan  maxsus 
annotatsiyalar 
va 
ruxsatnomalar  tayyorlanadi. 
Ularni 
O„zbekiston 
Respublikasi 
sog„liqni  saqlash  vazirligi qoshida 1992 yilda tashkil topgan Dori vositalari va tibbiy uskunalar 
sifatini nazorat qilish boshqarmasi  har tomonlama ko„rib  chiqadi. Dori preparatining  foydali va 
ayniqsa  zararli  xususiyatlari  biologik  va  kimyoviy  tekshiruvdan  o„tadi.  Ushbu  tekshirishlar 
ijobiy  hal  etilsa,  boshqarma  tomonidan  dori  preparatini  tibbiyot  amaliyotida  qo„llashga  ruxsat 
beriladi. 

125 
 
Umuman  yangi  dori  moddalarini  topish,  tekshirib  ko„rish  va  ularni  tibbiyot  amaliyotiga 
joriy  etish  turli  fan  sohalari  mutaxassislarining  faoliyati  natijasi  bo„lib,  bu  jarayonda 
kimyo,  farmakologiya va farmatsiya  sohalari alohida ahamiyatga molikdir. 
Yangi  dori  vositasini  ishlab  chiqarishga  ruxsatnoma  olish  o„ziga  xos  murakkab  vazifa 
bo„lib,  bir  necha  soha  mutaxassislarining  ko„p  yillik  mashaqqatli  mehnati  samarasi  tufayli 
amalga oshiriladi. 
Diagrammada  keltirilganidek,  dori  moddasini,  shu  jumladan  dorivor  o„simliklarni  dori 
preparati  sifatida  tibbiyot  amaliyotiga  joriy  qilishda  farmakologlar  tomonidan  laboratoriya 
jonivorlari  ustida  olib  boradigan  tekshirishlari  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Shu  bilan  bir 
qatorda  bu  ishda  kimyogar  va  provizorlar,  ayniqsa  texnologlar,  farmakognostlar,  farmatsevtik 
kimyogarlarni  vazifasi  alohida  o„rin  tutadi.  Hozirgi  vaqtda  yangi  dori  vositalarini  topish  va 
ishlab  chiqarishga  joriy  etish  uchun  tayyor  ilmiy  nazariyalar  yaratilmagan.  Bunday  nazariyalar 
kelajakda yaratiladi deb umid qilish mumkin. Dorilarni kimyoviy va  fizikaviy  xususiyatlaridan 
kelib  chiqqan  holda,  ularning  farmakologik  ta‟sirini  kimyoviy  tuzilishi  bilan  bog„lab  o„rganish 
asosiy vazifalardan sanaladi. 
Ilmiy tadqiqot izlanishlari asosan quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi. 
Empirik  izlanish  (empirio-tajriba)  -  kimyoviy  usulda  olingan  biron-bir  moddaning 
farmakologik  faolligini  o„rganish.  Birlamchi  moddaning  qaysi  guruhga  mansubligini  oddiy 
usullar  yig„indisi  majmui  yordamida  aniqlanadi.  Ilmiy  adabiyotdagi  bu  usul  saralash  skriningi 
deb  ta‟riflanadi.  Maxsus  farmakologik  yoki  farmatsevtik  muassasalarda  ko„plab  dori 
preparatlarini 
ushbu 
usulda 
ayrim 
farmakologik 
ta‟sirlari  bo„yicha  guruhlarga  to„plab  o„rganiladi.  Ushbu  usul  "yo„naltirilgan  izlanishlar" 
usuli 
bo„lib, 
bunda 
preparatning 
o„ziga 
xos 
ahamiyatli 
xossalari 
ochilmay  qolishi  mumkin.  O„z  mohiyati  jihatidan bu usul chegaralangan saralash usulidir. 
Ko‟proq  ishlatiladigan  usullardan  yana  biri  "tuzilish  modifikatsiyasi"dir.  Kimyoviy 
laboratoriyalarda  mutaxassis  dori  tuzilishidagi  biron-bir  radikalni  almashtiradi  (masalan,  metil, 
etil  yoki  propil  bilan)  yoki  dori  tarkibiga  yangi  elementlar  kiritiladi  (temir,  ftor,  selen). 
Natijada dori moddasida yangi farmakologik xususiyat namoyon bo„ladi. Ushbu usul yordamida 
moddaning  zaharlilik  darajasini  kamaytirishga  yoki  uning  tanlab  ta‟sir  etish  xususiyatini 
oshishiga erishish mumkin. 
Keyinchalik  sintez  qilish  usuli  bilan  farmakologik  xususiyati  oldindan  mo„ljallangan 
dorilarni  olishga  erishildi.  Ushbu  usul  mavjud  preparatlar  guruhiga  oid  yangi  dorilarni  kashf 
etishda katta imkoniyatlarni ochib beradi. 
 
Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin