3.O'zgaruvchi miqdorlar matematikasi davri. Bu davr R.Dekart (1596-1650) tomonidan analitik geometriyaning uzul-kesil yaratilishi, I.Nyuton (1642-1727) va Leybnis (1646-1716) lar tomonidan differensial va integral hisobning vujudga kelishi bilan boshlanadi. Davrini oxiri XIX asrning yarmigacha boradi. Bu davrda matematika hozirgi zamon ko'ri-nishiga keldi. Xuddi shu davrda klassik matematika deb ataluvchi matematikaning hamma ilmiy asoslari hosil bo'ladi.
4.Hozirgi zamon matematikasi davri. U XIX asrning o'rtalaridan boshlanadi. Bu davr matematik abstraksiya rolining ortishi, matematikada matematik modellash keng ko'lamda qo'llanilishi bilan xarakterlanadi. Mana shu davrda klassik matematika deb ataladigan matematika o'zi uchun, matematikaning boshqa sohalari uchun tatbiq etishga ancha torlik qilib qoldi. Sababi, matematika juda ko'p tarmoqlarga ajralib ketdi, unda aksiomatik metod keng rivojlandi, natijada yangi matematik tushuncha-matematik struktura vujudga keldi. Matematik struktura tushunchasi bir qaraganda bir-biridan juda uzoq tuyulgan matematik faktlar va metodlarning birligini o'rgatishga yordam beradi.
Malumki, matematika elementlari ixtiyoriy bo'lgan to'plamlar ustida amallar bajaradi va turli munosabatlarni qaraydi. To'plamlarning elementlari ularni boshqaruvchi aksiomalarga bog'liq ravishda turli matematik strukturalar hosil qiladi. Keyingi paytlarda matematikaning turli bo'limlarini, hatto ayrim matematik predmetlarni o'sha strukturalarning modeli sifatida talqin qilina boshladi. Shu sababli hozirgi zamon matematikasini matematik strukturalar va ularning modellari haqidagi fan deb ta'riflash mumkin.
Matematika hamma boshqa fanlar singari uzluksiz rivojlanib turadi. Buning quyidagi ikki sababi mavjud: birinchidan, uning rivojlanishini kundalik hayot va amaliyot taqozo qiladi; ikkinchidan, rivojlanishni matematikaning o'z ichki ehtiyoji talab qiladi.
Matematikaning tez sura'tlar bilan rivojlanishi texnikani, iqtisodni, ishlab chiqarishni boshqarishning rivojlanishiga, shuningdek boshqa qo'shni fanlarning ham rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Matematika darslari jarayonida tarixiy ma'lumotlardan foydalanish uni yanada qiziqarli qiladi, o'quvchilarning o'rganilayotgan materialga qiziqishlarini orttiradi, bilimlarni mustahkam egallashlariga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |