Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Reja: Kirish



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə2/9
tarix10.04.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#95698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FUTBOL MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH.

Kurs ishining maqsadi – Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish to`g`risida ma`lumot berish.
Kurs ishining obyekti: Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish.
Kurs ishining predmeti: Futbol mashg‘ulotlarini rejalashtirish turlarni o‘rganish va baholash, tavsiflash mezonlari.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, 3 reja, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
1.Futbol musobaqalari va ularni o‘tkazish haqidagi “Nizom”
Musobaqaning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar asosan g‘oliblarni aniqlash, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalarni yoki jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o‘rinlari aniqlanadigan biron - bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa haqidagi “Nizom” tuziladi. Bu “Nizom” futbol Federatsiyasi yoki musobaqani o‘tkazuvchi tashkilot (kollej direktori) tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa haqidagi nizom musobaqalar boshlanishidan ancha oldin unda ishtirok etuvchi jamoalarga yetkazilishi shart.
Musobaqalar haqidagi “Nizom” da quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
1. Sport turi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
2. Mazkur musobaqani kim tomondan o‘tkazilishi (federatsiya, tashkiliy komitet va h z).
3. Bo‘lib o‘tadigan musobaqani aniq o‘tkazish muddatlari va kerakli shartlari.
4. Musobaqaga qo‘yilishi kutiladigan jamoalarning soni va ularning nomlari, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal va minimal miqdori.
5. Musobaqalar o‘tkaziladigan o‘yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan, aralash tizimlar).
6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar jamoalar bo‘yicha hisoblanganda) egallagan o‘rinlarini aniqlash tartibi.
7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday holatlarda o‘yinda qo‘shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o‘yin durang bilan tugallanganda yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo‘lganda g‘olibni aniqlash usullari (11 – metrlik jarima to‘pi tepish), o‘yin qoidalarida ko‘rsatilgandan tashqari nechta o‘yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

8. Jamoalarning va musobaqa qatnashchilarining rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.


9. Musobaqalar uchrashuvlarini olib boradigan hakamlar jamoasining (brigadasining) nomi.
10. O‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish, uni ko‘rib chiqish, shuningdek, o‘yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan intizomiy choralar masalalarini o‘z vaqtida qarab chiqish tartibi.
11. O‘yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va jamoalar ma’muriyatining o‘yin o‘tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo‘lishi.
12. Musobaqalar o‘tkaziladigan maydonlar va ularga qo‘yiladigan talablar.
13. Musobaqa g‘oliblarini taqdirlab mukofotlash hamda oxirgi o‘rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.
Barcha uchrashuvlarni musobaqa hakamlari guruhi mazkur nizom asosida o‘tkazadilar va ular hamisha mazkur o‘yinlarni yuqori saviyada o‘tishiga ma’suldirlar.
Futbol tugaraklarida о‘quv - mashg‘ulotlarini rejalashtirish tizimida qо‘yidagi turlarni ajratish maqsadga muvofiqdir:
–kо‘p yillik tayyorgarligi;
– о‘rta va kichik sikllarni (mikrotsikllarni) о‘ziga qamrab oladigan bir yillik tayyorgarlik.
Yosh futbolchilarni kо‘p yillik tayyorgarligining tuzilishi va davomiy-ligi quyidagi omillarga bog‘liq:
– individual va jinsiy hususiyatlari, ularning biologik о‘zgarishi va kо‘pincha mahorat sur’atining ular bilan bog‘liq holda о‘sishi;
– shug‘ullanishni boshlagan hamda maxsus mashg‘ulotlarga kirishgan yoshi;
– yuqori sport natijalarini ta’minlaydigan musobaqa faoliyati va tayyorgarligi tizimi;
– musobaqa jarayonining mazmuni, qо‘shimcha omillarning qо‘llanishi (maxsus ovqatlanish, trenajerlar).
О‘quv-mashg‘ulot ishlarini rejalashtirishda jamoa oldiga qо‘yilgan maqsad va vazifalar, oldingi rejalarni bajarish natijalari va jamoaning ishlash sharoitini hisobga olish zarurdir. Rejada aniq maqsad va vazifa-larni yorituvchi istiqbolli (perspektiv) mashg‘ulot konsepsiyasi kо‘rsati-lishi kerak.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin