Geologiyasi


-rasm. Suv bosimli rejimda



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə149/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.15-rasm. Suv bosimli rejimda 
qatlamni ishlatish grafigiEgri 
shiziqlar:
Q
n
– neft qazib olish;
Q
s
– suv qazib olish; R
q
– qatlam
bosimi; r
o
– gaz omili; R
t

to’yinish bosimi



217
Konlarni ishlatish tajribalaridan ma’lumki, uyumdagi neftning sanoat


miqyosidagi zaxiralarini yil davomida 6 % gacha miqdori chiqarib olinsa, uning suv
bosimli tabiiy rejimi saqlanib qolinadi. Albatta, bu o’rtacha miqdor (6 %), o’zida
uyumni saqlagan kollektor xususiyatlariga, uni to’yintiruvchi suyuqlik va gaz
xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Agar qatlamdan ko’proq suyuqlik chiqarib
olish zaruriyati tug’ilsa, bosimning neftda erigan gaz bosimidan pasayib ketishining
va qatlamni ishlatish samarasiz rejimga o’tishining oldini olish uchun qatlamga
sun’iy ta’sir qilish zarur.

8.5.2. Tarang-suv bosimli (tarang) rejim 

Tarang-suv bosimli rejim qatlam bosimi pasayishida qatlamdagi suyuqlik va


jinslarning taranglashib, kengayishidan hosil bo’lgan kuch ta’sirida neftning quduq
tomon harakatlanishidir. Uyum ishlatishning dastlabki davrida bunday kuchlar ko’p
bo’ladi, suyuqlik olish ortgani va qatlam bosimi pasaygani sari uyumdan uzoqda
joylashgan qatlam suvlari ham harakatga keladi, bunday suvlar bosimi esa neftni
qatlamda siljitadigan asosiy kuch hisoblanadi.
Tarang kuchlar har qanday rejimda paydo bo’lishi mumkin. SHuning uchun
tarang rejimni mustaqil rejim emas, balki suv bosimli rejimning fazasi sifatida qarash
to’g’riroq bo’ladi. Bu fazaning namoyon bo’lish davrida suyuqlik (neft va suv)ning
va jinsning tarangligi (elastikligi) asosiy kuch (energiya) manbai hisoblanadi.
Tarang-suv bosimli rejim neft uyumining ta’minlanish hududi bilan o’zaro
aloqasi yomonligida (aloqa yo’qligida) yoki ta’minlash oblasti neft uyumidan
nihoyatda uzoqda (50-100 km) joylashganda yaqqol namoyon bo’ladi. Tarang-suv
bosimli rejimga suv bosimli rejimga ham tegishli xususiyatlar xos. Lekin samarali
suv bosimli rejimda chiqarilayotgan suyuqlik miqdori o’zgarmas − doimiy bo’lgan
hollarda qatlamning dinamik bosimi ham barqarorlashadi (qatlamdan suyuqlik olish
rejimi o’zgarishi lahzasigacha), tarang-suv bosimli rejimda esa, hattoki qatlamdan
suyuqlik chiqarib olish sur’ati barqaror bo’lganda ham bosim uzluksiz kamayib
boradi. Demak, bu rejimdagi qatlam bosimining qiymati konni ishlatishning har
qaysi lahzasida qatlamdan chiqarib olinayotgan suyuqlikning ham joriy miqdoriga,
ham umumiy yig’indisiga bog’liq.
Demak, bu rejimda neft qazib olish miqdorining o’sishi quduqni ishga tushirish
sur’atiga bog’liq: u qancha sekin bo’lsa, quduqning boshlang’ich debiti ham shuncha
past bo’ladi, bu jarayon quduqlardagi qatlam bosimi past bo’lgan uyumlarni
ochganda sodir bo’ladi. Bu holda erishilgan joriy neft chiqarib olish miqdori,
quduqlarni ishga tez tushirishda neft chiqarib olish miqdoriga nisbatan past bo’ladi.



218
Bu rejimda ishlatilayotgan quduqlar soni ortib


borishiga qaramasdan, qatlam bosimi va neft chiqarib
olish tezda pasayishi kuzatiladi.
Gaz omili qatlam bosimi to’yinish bosimidan
pasaygungacha, doimiy bo’lib qoladi. Qatlam bosimi
to’yinish bosimidan pasayganda gaz omili ortadi,
erigan gazni yo’qotgan neft yanada qovushqoq bo’lib
qoladi, natijada neftni chiqarib olinayotgan umumiy
miqdori yanada tez sur’atlar bilan kamayadi (8.16-
rasm).
Suyuqlikni shu rejimda olishda qatlamda
bo’shagan g’ovaklar, bo’shliqlar uyum tashqarisidagi
suvlarning siljib kelishidan to’lmaydi. Bunday rejim
maydoni katta, samarador qatlamlarning kollektorlik
xususiyati o’zgaruvchan uyumlarga xosdir.
Suv bosimli rejimga nisbatan tarang-suv bosimli rejim samarasizroq: neft
beraolishlik koeffisienti 0,5-0,7 chegaralarda o’zgaradi. Zarur miqdordagi neft
chiqarib olishni ta’minlash uchun bu rejimda qatlamga sun’iy ta’sir etish tadbirlarini
amalga oshirish zarur.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin