Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə151/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.5.4. Erigan gaz rejimi 

Erigan gaz rejimida neftdan ajralib chiqayotgan gaz pufakchalarining


kengayishidan hosil bo’lgan energiya ta’sirida neft qatlam bo’ylab quduq tubiga
siljiydi. Uyumni ishlatish jarayonida debit (ma’lum bir maksimumga erishilgandan
so’ng) va bosim uzluksiz pasayib boradi. Bosim har qaysi lahzada qatlamdan
chiqarib olingan neft va gaz yig’indisiga bog’liq bo’ladi.
Bu rejimda ishga tushirilayotgan quduqlar soni ortib borishi bilan quduqlarning
boshlang’ich va joriy debitlarining bir vaqtda pasayishi sodir bo’ladi. Neft chiqarib
olish loyihadagi maksimal qiymatga etgandan so’ng, quduqlar debiti pasaya
boshlaydi. Yangi quduqlarni ishga tushirish ham neft chiqarib olish o’sishini
qoplamaydi (8.18-rasm).
8.17-rasm. 
Gaz 
bosimli 
rejimda (gaz qalpog’i rejimi) 
qatlamni 
ishlatish 
grafigi.
Shartli belgi-larni 8.15 rasmdan
qarang.



220
Gaz


omillari
ishlatishning
dastlabki
bosqichlaridayoq tezda ortib boradi, keyinchalik esa
uyumdagi zaxiraning kamayishi bilan pasayadi. Erkin
gazning hatto 7 % miqdorida (g’ovak hajmidan)
qatlamda paydo bo’lishi (qatlam bosimining tushib
ketishi natijasida) neft uchun fazali o’tkazuvchanlikni
nihoyatda
kamaytiradi,
natijada
ko’rilayotgan
rejimning samardorligining keskin ozayishiga olib
keladi.
Keyinchalik ham neft chiqarib olish pasayib
boradi va ayniqsa quduqlarning bir qismi ishdan
chiqqanda bu jarayon yanada kuchayadi.
Uyumdagi gaz zaxiralarining ozayishi bilan gaz
omili keskin pasayadi, quduqlar debiti ham kamayib,
bu jarayon asta-sekin davom etadi va keyinchalik
uyum gravitatsion rejimga o’tadi.
Erigan gaz rejimida neft beraolishlik koeffisienti 0,2-0,4 ni tashkil qiladi.
Bu rejimda chegara suvlari siljimaydi yoki siljiganda ham uyumga kirib borishi
neftli zonadan neftni chiqarib olishga nisbatan nihoyatda kam bo’ladi. Bu neft
uyumining chegaraoldi zonasidagi qatlamning kollektorlik xususiyatlarining pastligi
va qatlamning chegaraoldi zonasidagi suv va jinslarning o’zaro ta’siri bilan bog’liq.
Shu sababli neftlilik chegarasi izogipslar bilan mos kelmaydi, balki ular bilan
kesishadi.
Odatda erigan gaz rejimi fatsial o’zgaruvchanligi yaxshi ifodalangan qatlamlarga
xos; ularda vertikal o’tkazuvchanlik gorizontal yo’nalishdagiga qaraganda yomon va
struktura qatlamlarining qiyaligi uncha katta bo’lmagan burchak bilan tavsiflanadi.
YUqorida qayd qilinganidek, quduqlarning yuqori debiti chegara suvlarining yoki
gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligiga mos kelmagan hollarda, bu rejim suv
bosimli va gaz qalpoqli rejimli qatlamlarda qisman namoyon bo’lishi mumkin; bu esa
bosimning gaz va neftning eruvchanlik bosimidan kamayishiga olib keladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin