220
Gaz
omillari
ishlatishning
dastlabki
bosqichlaridayoq tezda ortib boradi,
keyinchalik esa
uyumdagi zaxiraning kamayishi bilan pasayadi. Erkin
gazning hatto 7 % miqdorida (g’ovak hajmidan)
qatlamda paydo bo’lishi (qatlam bosimining tushib
ketishi natijasida) neft uchun fazali o’tkazuvchanlikni
nihoyatda
kamaytiradi,
natijada
ko’rilayotgan
rejimning samardorligining keskin ozayishiga olib
keladi.
Keyinchalik ham
neft chiqarib olish pasayib
boradi va ayniqsa quduqlarning bir qismi ishdan
chiqqanda bu jarayon yanada kuchayadi.
Uyumdagi gaz zaxiralarining ozayishi bilan gaz
omili keskin pasayadi, quduqlar debiti ham kamayib,
bu jarayon asta-sekin
davom etadi va keyinchalik
uyum gravitatsion rejimga o’tadi.
Erigan gaz rejimida neft beraolishlik koeffisienti 0,2-0,4 ni tashkil qiladi.
Bu rejimda chegara suvlari siljimaydi yoki siljiganda ham uyumga kirib borishi
neftli zonadan neftni chiqarib olishga nisbatan nihoyatda kam bo’ladi. Bu neft
uyumining chegaraoldi zonasidagi qatlamning kollektorlik xususiyatlarining pastligi
va qatlamning chegaraoldi zonasidagi suv va jinslarning o’zaro ta’siri bilan bog’liq.
Shu sababli neftlilik chegarasi
izogipslar bilan mos kelmaydi, balki ular bilan
kesishadi.
Odatda erigan gaz rejimi fatsial o’zgaruvchanligi yaxshi ifodalangan qatlamlarga
xos; ularda vertikal o’tkazuvchanlik gorizontal yo’nalishdagiga qaraganda yomon va
struktura qatlamlarining qiyaligi uncha katta bo’lmagan burchak bilan tavsiflanadi.
YUqorida qayd qilinganidek, quduqlarning yuqori debiti
chegara suvlarining yoki
gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligiga mos kelmagan hollarda, bu rejim suv
bosimli va gaz qalpoqli rejimli qatlamlarda qisman namoyon bo’lishi mumkin;
bu esa
bosimning gaz va neftning eruvchanlik bosimidan kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: