Geologiyasi


 Neftli qatlam rejimini o’rganish uchun majmuaviy tadqiqotlar



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə153/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.5.6. Neftli qatlam rejimini o’rganish uchun majmuaviy tadqiqotlar 
tavsilotlari 

Qatlamning u yoki bu tabiiy rejimini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar geologik


sharoitlar hisoblanadi, chunonchi, neft uyumlari bilan bog’liq jinslarning
strukturaviy-tektonik tuzilishini o’ziga xosligi, kollektorlarning fizik va litologik
xususiyatlari (ayniqsa o’tkazuvchanlik), suv, neft va gazlarning fizik-kimyoviy
xususiyatlari va h.k. SHuning uchun neft uyumlarining rejimini o’rganishda
ko’rilayotgan neft-gaz oblastida neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish va
taqsimlanishining umumiy geologik sharoitlarini hisobga olish kerak. SHunday
o’rganish jarayonida neft qatlamlarining yotish sharoitlarini, neft, gaz va suvlarning
taqsimlanishini, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini, qatlamdagi geotermik
sharoitlarni, pezometrik sathining hamda ta’minlanish hududlarining holatini
aniqlash zarur.
Struktura sharoitlari suv bosimining tafsilotlari va uning o’ziga xosligini
aniqlaydi. Tektonik buzilishlarni o’rganish yer osti suvlarining harakatlanish
yo’nalishini hamda qatlam bosimining taqsimlanishining o’ziga xosligini o’rganishga
yordam beradi. Jinslarning litologik-fizik va kollektorlik xususiyatlari ustidan
tadqiqotlar o’tkazish u yoki bu rejimning paydo bo’lishiga qulay sharoitlar
yaratilishini, xususan suv bosimining paydo bo’lish ehtimolini aniqlashga imkon
beradi.
Jinslarning litologik xususiyatlari yaxshi bo’lganda qatlam suvlarining bosimi
faol va uyum suv bosimli rejimda bo’ladi. Masalan, katta qalinlikdagi toza qumtosh
qatlamlardagi sharoit suv bosimli rejim uchun qulay va aksincha, qiyiqlanuvchi va
linzasimon tuzilgan va qalin bo’lmagan qatlamlarda suv bosimli rejim deyarli
butunlay kuzatilmaydi. Yupqa qum va gil qatchalarning qavatlanishidan hosil
bo’lgan qatlamlar suv bosimli rejimlar (ayniqsa samarali) paydo bo’lishiga noqulay
hisoblanadi; bunday holda gaz rejimlaridan biri hosil bo’lishi mumkin.
Qatlam rejimini o’rnatish uchun qatlam temperaturasini o’rganish yaxshi yordam
beradi. Odatda geotermik bosqichning me’yordagi qiymati, qatlam suvlari tabiiy



222
ravishda harakatlana olmaydigan mayda donador qumtosh (qum)larda kuzatiladi.


Yirik donador qumtosh(qum)lardan tarkib topgan va minerallashganlik darajasi past
bo’lgan suvlar mavjud bo’lgan qatlamlarda, odatda qatlam temperaturasi past bo’ladi
va faol suv bosimli rejim kuzatiladi. Aksincha, mayda donador qumtosh(qum)lardan
tuzilgan va yuqori darajada minerallashgan suvlari bo’lgan qatlamlarda, odatda
qatlam temperaturasi yuqori bo’ladi va har galgidek gaz rejimi (gaz bosimli va erigan
gaz rejimi) mavjud bo’ladi.
Qatlam rejimlarini aniqlash uchun qatlamning yer yuzasiga chiqish joyining
(ta’minlanish oblastini aniqlash uchun) va suv oqimi harakatlanadigan oblastlarining
gipsometrik balandliklarini aniqlash muhim hisoblanadi. Ta’minlanish va suv oqimi
harakatlanadigan oblastlarni bilish, pezometrik sathni, suvning harakatlanish
yo’nalishini va paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qatlam bosimini baholash imkonini
beradi.
Suv bosimli rejimi keskin namoyon bo’lgan qatlamlarda boshlang’ich
pezometrik sath har doim o’sha sistemaga tegishli gaz bosimli rejimdagi qatlamlarga
qaraganda pastroq holatni egallaydi. Suv bosimli rejimdagi qatlamlarda pezometrik
sathning pastligi, suv oqimi harakatlanadigan oblastlarda (suv oqimining o’lchami
nisbatan kichik bo’lganda) qumtosh qatlamlarning yer yuzasiga chiqishi bilan
bog’liq.
Yuqorida qayd qilingan majmuaviy tadqiqotlardan tashqari, geologik dala va
razvedka ishlari davrida neft uyumining rejimini o’rganish uchun uyumni
ishlatishning dastlabki bosqichida olingan ma’lumotlardan ham foydalanish zarur.
SHuning uchun uyumni ishlatish jarayonida bosim va debitning o’zgarishi, ularning
o’zaro bog’liqligi hamda gaz omilining o’zgarish dinamikasi ustidan nazorat
o’rnatish lozim.
Shuni nazarda tutish kerakki, uyumni ishlatish jarayonida neft-gazli qatlam
rejimi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishi mumkin. Hozirgi vaqtda neft
konlarini ishlatishning samaradorligini oshirish uchun qatlamga suv va gaz haydash
orqali unga qo’shimcha energiya kiritish juda keng qo’llaniladi. SHu boisdan
qatlamda yuqori bosim ushlab turiladi, bu esa yaxshi rejimni yomoni bilan
almashuvining oldini olibgina qolmay, balki qatlamda neftning suv bilan siqib
chiqarishni eng samarali rejimlariga o’tkazishga imkon beradi. SHuning uchun
qatlamga ta’sir ko’rsatish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish chog’ida yuqorida
ko’rsatilgan sxemalar o’zgarishi mumkin.
Uyumni ishlatish jarayonida qatlam xususiyatlarini o’rganishdan tashqari, gaz-
neft va neft-suv tutash yuzalarini har xil muddatlarda siljish dinamikasini belgilab,
ularning harakatlanishini kuzatish kerak.
Shuningdek, quduqlar holatini, ayniqsa favvorali quduqlar xususiyatlari
(o’zgarishi)ni hisobga olish zarur. Qatlamni gaz bosimli (gazli) rejimida quduqlar
(ayniqsa gumbazlarga yaqin joylashganlari) katta gaz omili va yuqori buferli bosim
bilan faol favvoralanadi, suv bosimli rejimda esa, odatda uncha katta bo’lmagan gaz
omili va bufer bosimi bilan osoyishta favvoralanadi.
Ayrim quduqlarning va butun qatlamning mahsuldorlik koeffisientlari turli
rejimlarda har xil bo’ladi. Gaz bosimli (va umuman gazli) rejimda ular uncha katta
bo’lmagan qiymatga ega (statik va dinamik sathlarning farqi katta bo’lganda);



223
ularning qiymati uyumni ishlatish jarayonida kamayadi, suv bosimli rejimda esa


mahsuldorlik koeffisientlari qiymati nisbatan yuqori bo’ladi (statik va dinamik
sathlar farqi uncha katta bo’lmaganda) va uyumni ishlatish jarayonida, odatda ortib
boradi.
Yuqorida ko’rsatilgan omillarni birgalikda o’rganish uyum rejimini to’g’ri
aniqlash va uyumning ishlatishni oqilona loyihalash va umuman qatlamni ishlatish
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qatlam rejimini aniqlamasdan turib, qatlamni
ishlatishning tabiiy rejimining buzilishini va neft chiqarib olish sharoitlarining
yomonlashining oldini olish uchun quduqni yuqori debitli rejimda ishlatish mumkin
emas.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin