Geologiyasi


-bob  NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLATISH SISTEMALARI VA ULARNI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə161/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10-bob 
NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLATISH SISTEMALARI VA ULARNI 
TATBIQ ETISH SHAROITLARI 

10.1. NEFT VA GAZ KONLARINI ISHLATISH METODLARI 

O’zbekiston Respublikasida har bir konni ishga tushirish maxsus ilmiy-tadqiqot


tashkilotlarida tayyorlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qabul
qilingan ishlatish sistemasi umumdavlat nuqtai nazaridan ushbu kon uchun samarali
bo’lishi kerak.
Neft, gaz va kondensat uyumlarini ishlatish
deganda qatlamdagi suyuqliklar va
gazlarning ishlatish quduqlari tubi tomon harakatlanish jarayonini boshqaradigan
(quduqlarni joylashtirish, ularning miqdorini belgilash, ishlatish tartibi, rejimi va
qatlam energiyasi balansini o’rnatish) chora-tadbirlar majmui tushuniladi.
Neft, gaz va kondensat uyumlarini
ishlatish sistemasi
deganda qatlamlardan neft,
gaz, kondensat va yo’lakay komponentlarni chiqarib olinishini ta’minlaydigan va
ushbu jarayonni boshqaradigan texnologik va texnik tadbirlar majmui tushuniladi.
Kollektorlarning soni, qalinligi, turi va filtratsiya tavsifiga, har bir mahsuldor
qatlamning yotish chuqurligiga, ularning o’zaro gidrodinamik bog’liqligiga ko’ra
konlarni ishlatish sistemasi ularning geologik kesimida bitta, ikkita va undan ko’p
ishlatish ob’ektlarini ajratish imkonini beradi. Konlarda ikkita va undan ko’p
ob’ektlar ajratilganda ularning har biri uchun ishlatishning oqilona sistemasi ishlab
chiqiladi va asoslanadi. Ayrim ishlatish ob’ektlarining ishlatish sistemasining o’zaro
bog’liqligi konning yagona oqilona ishlatish sistemasini hosil qiladi.
Konlarni ishlatish avvaldan tuzilgan loyiha asosida amalga oshirilib, unda
quyidagi ishlar ko’zda tutiladi:
1) konning ayrim gorizontlarini

burg’ilash

navbati;
2) ayrim gorizontning ishlatish sistemasini tanlash va asoslash – quduqlarni
joylashtirish (quduqlarni joylashtirish to’ri shakli va ular orasidagi masofa),
burg’ilash tartibi va sur’ati, qatlamga ta’sir etish tadbirlari;
3) quduqlarni ishlatish usuli va ish rejimi;
4) xo’jalik-texnik bazani tashkil etish va iqtisodiy hisob-kitoblar.
Uyumni ishlatishning
oqilona sistemasi
eng kam xarajat bilan mamlakatning
neft-gazga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashi, qatlamdan neft, gazkondensat va foydali
yo’lakay komponentlarni maksimal miqdorda chiqarib olishga imkon yaratishi kerak.
Uyumni ishlatishning oqilona sistemasi zaminni muhofaza qilish va atrof muhitni
asrash qoidalarini, rayonga xos bo’lgan tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarni, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi, uyumning tabiiy energiyasidan oqilona
foydalanilishini ta’minlashi, zaruriyat tug’ilganda qatlamga sun’iy ta’sir etish
metodlaridan foydalanishni nazarda tutishi lozim.
Uyumni ishlatish masalalari ko’rib chiqqanda ko’p qatlamli konlar va ayrim neft
uyumlarini ishlatish sistemalarini farqlash lozim. Ko’p qatlamli konlarni ishlatishda
avvallari yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga, aralash va b. sistemalardan



238
foydalanilgan. Keyinchalik (1975 yildan boshlab) ularni ishlatish dastlab ishlatish


ob’ektlarini ajratish va keyinchalik har bir kon uchun alohida-alohida ishlatish
loyihasini tuzish bilan boshlanib, bunda qatlamlarda neft va gaz uyumlarining
taqsimlanishi va ishlatish ob’ektlarining soni ham hisobga olinadigan bo’ldi.
Ayrim neft gorizontini ishlatish quyidagi elementlar bilan tavsiflanadi:
quduqlarning joylashish to’rining shakli, quduqlar orasidagi masofa (quduqlar
to’rining zichligi), uyumni ishlatish sur’ati, uyumni burg’ilash tartibi va qatlamga
ta’sir etish metodi va b. Ushbu elementlar
konni ishlatish sistemasining mazmunini
tashkil etadi.
Qayd qilingan har bir element bo’yicha ishlatish ob’ektining geologik tavsifiga
javob beradigan qarorlar qabul qilinadi. Kon-geologik tadqiqotlar ma’lumotlari
asosida ikkita-uchta tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularga asoslanib konni ishlatish
texnologiyasiga mutasaddi mutaxassislar tomonidan konni ishlatishning hamma
variantlari bo’yicha gidrodinamik hisoblash ishlari bajariladi va konni oqilona
ishlatish sistemasi talablariga javob beradigan qulay variant tanlanadi.
Ishlatish ob’ektini belgilash va ishlatish sistemasi variantlarini tanlash
loyihalarini tuzish chog’ida har bir uyum va kon uchun ishlab chiqilgan geologik
modelga asoslaniladi.
Geologik model
kon-geologik xaritalar va sxemalar
majmuidan, uyumni turli parametrlarining o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi raqamli
ma’lumotlardan, grafiklar, egri chiziqlar hamda uyum xususiyatlarini ifodalovchi
matndan iborat bo’ladi.
Xarita va sxemalarga
quydagilar mansub: konning umumlashtirilgan litologik-
stratigrafik kesimi; mufassal taqqoslash sxemasi; ishlatish ob’ektining tektonik
tuzilishini ifodalaydigan struktura xaritalari; neft-gazlilikning boshlang’ich
chegaralari tushirilgan kollektorlar yuza xaritasi; ishlatish ob’ekti bo’yicha neft va
gazning yotish sharoiti qayd qilingan geologik kesmalar; kollektorlarning tarqalish
xaritasi (har bir qatlam uchun alohida tuziladi); ob’ekt bo’yicha va ayrim qatlamlar
bo’yicha neft va gazga to’liq to’yingan qalinlik, foydali qalinlik xaritalari va b. Agar
uyum o’ziga xos xususiyatga ega bo’lsa, qo’shimcha xarita va sxemalar (suv-neft
tutash yuzasi va gaz-suv tutash yuzasi sxemasi, turli tipdagi kollektorlarning tarqalish
xaritasi, temperaturalar xaritasi, nur yutish koeffitsienti xaritasi, o’tkazuvchanlik
xaritasi va b.) tuziladi.
G’ovaklilik, o’tkazuvchanlik, jins-kollektorlarning boshlang’ich neft-gazga
to’yinganligi; neft-gazga to’liq to’yingan foydali qalinlik; qatlamlar oralig’idagi
o’tkazuvchan jinslar qalinligi, qatlam nefti, gazi, kondensati, suvining fizik-kimyoviy
xususiyatlari ma’lumotlari raqamli dalillar toifasiga kiradi. Har bir parametr uchun
turli metodlar yordamida aniqlangan dalillar va tadqiqotlar bajarilgan quduqlar
miqdori; aniqlangan parametrlar qiymatlarining o’zgarish chegara(interval)lari
aniqlanadi; ierarxiyaning hamma bosqichlari uchun qatlam tarkibining har xilligi
baholanadi; yaxlit ob’ekt uchun yoki uning bir qismi uchun parametrlarning o’rtacha
qiymati ko’rsatiladi.
Raqamli dalillar
guruhiga, shuningdek, o’tkazuvchanlikning qatlamda
taqsimlanishining statistik qatori; qatlamlarning meta va makro har xilligi (turli
tipdagi kollektorlar hajmining o’zaro nisbati, qumlilik, tabaqalanish – bo’linish,
uzluksizlik, qo’shilish va b. koeffitsientlari); termobarik sharoitlar; ob’ektni ishlatish



239
chog’ida neft-gazni siqib chiqarishda foydalaniladigan omillarning laboratoriya


sharoitida aniqlangan fizik-gidrodinamik tadqiqotlari natijalari ham kiradi.
Konning geologik modelini tavsiflovchi muhim raqamli dalillarga quyidagilarni
kiritish mumkin: neft, gaz va kondensatlarning balans va olinadigan zaxiralari,
qimmatbaho yo’lakay komponentlar; neftlilik maydoni o’lchami; uyumning kengligi,
uzunligi va balandligi; uyumning ayrim qismlari - toza neft, suv-neft, neft-gaz, neft-
gaz-suv, gaz-suv zonalari o’lchami qiymatlari va b.
Parametrlarning o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi
egri chiziqlar
qatoriga neft va
gazlarning fizik xususiyatlarining bosim va temperaturaga bog’liq holda o’zgarishi,
o’tkazuvchanlikning
fazoviy
tavsifi,
siqib
chiqarish
koeffitsientining
o’tkazuvchanlikka bog’liqligi egri chiziqlari kiradi.
Uyumning geologik modelining
matn qismida
uning tabiiy rejimi bayon
qilinadi, yuqorida qayd qilingan materiallar asosida uyumning asosiy geologik-fizik
xususiyatlarini tavsiflash, konni ishlatish sistemasining texnologik echim
variantlarini va ishlatish sistemasini tanlash hamda uyumni taxmin qilingan ishlatish
ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Ko’p qatlamli neft konlarining va ayrim neft gorizontining ishlatish sistemalari
qatlamga ta’sir etish metodlari bilan farqlanadi. Qatlamga suv bostirish
metodlarining quyidagi turlari mavjud: chegara tashqarisiga suv bostirish, chegara
ichra suv bostirish, chegara bo’ylab suv bostirish, maydoniy suv bostirish, tanlab suv
bostirish, o’q bo’ylab suv bostirish, o’choqsimon suv bostirish va b.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin