Geologiyasi


-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə145/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.13-rasm. Keltirilgan izobara xaritasi 
ma’lumotlariga 
asoslanib 
izoxor 
xaritalarini tuzish metodi bo’yisha 
xaqiqiy izobaralar xaritasini tuzish 
sxemasi:
1 – izogipslar, m; 2 – keltirilgan
izobara, m; 3 – xaqiqiy izobaralar xaritasi
tuzish nuqtalari



209
kesishgan nuqtalarida haqiqiy izobaralar


qiymatlarini (8.13-rasm) quyidagicha
hisoblash mumkin bo’ladi:
h
)
h
(
sh.i.





(8.15)
bunda h
sh.i.
– qatlamning ustki qismi
izogipsi, m; h

haqiqiy izobara, m.
Shu usulda hisoblangan qiymatlar bo’yicha haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi
(8.14-rasm). Uni struktura xaritasi (ushbu misolda braxiantiklinal burma xaritasi)
bilan taqqoslaganda yer osti relefi izogipslarini ma’lum darajada takrorlashini ko’rish
mumkin, lekin u yuqorida qayd qilinganidek, depressiya zonalarini va yuqori bosimli
zonalarni aniq ochib beraolmaydi.
Jinslarning yotish burchagi 1-2
0
dan oshmaydigan qiya strukturalar uchun
bevosita haqiqiy izobaralar xaritasi tuziladi, boshqa hollarda esa qatlamni
ishlatishning tahlili uchun keltirilgan izobaralar xaritasi tuziladi. Lekin keltirilgan
izobaralar xaritasi mavjudligida, haqiqiy izobaralar xaritasini ham tuzish foydali; bu
xarita uni tuzish sanasiga o’rtacha qatlam bosimini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Turli sanalar uchun o’rtacha qatlam bosimini taqqoslash qatlamni ishlatish
jarayonida yer ostida yuz beradigan turli hodisalar haqida mulohaza yuritish hamda
neft qazib olishni jadallashtirish va neft beraolishlik koeffisientini oshirish uchun
tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Haqiqiy izobaralar xaritasida neft ustunining qiymatini metrlarda (h) emas, balki
quyidagi nisbat bo’yicha megapaskallarda ifodalash qulayroqdir:
100
ρ
h
р

,
bunda


neft zichligi.
Qandaydir ajratilgan qatlam hajmidagi o’rtacha qatlam bosimi deb, ushbu
hajmni atrof muhitdan bir lahzada ajratilishi natijasida bosimning butunlay qayta
taqsimlanishi va tekislanishidan so’ng unda hosil bo’lgan bosimga aytiladi.
Qatlam bosimining o’rtacha arifmetik qiymati maydon yoki hajm bo’yicha
haqiqiy izobaralar xaritasidan foydalanib, quyidagi formula orqali hisoblanadi:
n
n
n
n
n
h
f
h
f
h
f
h
f
р
h
f
р
h
f
р
р







...
...
2
2
1
1
2
2
2
1
1
1
.
r
O'
,
(8.16)
bunda r
o’r.

izobaralar xaritasini tuzish sanasidagi qatlam bosimining o’rtacha
qiymati, MPa; f
1
, f
2
, ... f
n

qo’shni izobaralar bilan chegaralangan ayrim uchastkalar
maydoni, m
2
; ; h
1
, h
2
, ... h
n

tegishli qo’shni izobaralar orasidagi qatlamning
g’ovakli qismining o’rtacha qalinligi, m; r
1
, r
2
, ... r
n

ikki qo’shni chekka izobara
chiziqlari oralig’idagi o’rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadigan tegishli
uchastkalardagi o’rtacha bosim, MPa.
Qatlam qalinligi o’zgarmagan yoki deyarli o’zgarmagan hollarda qatlam
bosimining o’rtacha qiymati maydon bo’yicha chamalab, qalinlik keskin o’zgarishga
uchraganda esa hajmi bo’yicha chamalab aniqlanadi.
8.14rasm. Xaqiqiy izobaralar xaritasi



210
Maydon va hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha


qiymatidagi farq odatda 5-6% dan oshmaydi (ayrim hollardagina 10% ga etishi
mumkin); qiymatlardagi bu farq qatlam qalinligining o’zgarish xususiyatiga va
izobara xaritalari turiga bog’liq.
Hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qatlam bosimining o’rtacha qiymatidan
foydalanib izobara xaritalarini tuzish quyidagi tartibda bo’ladi:
1) haqiqiy izobara xaritasi tuziladi;
2) teng foydali qalinlik xaritasi tuziladi;
3) birinchi xarita ikkinchisi ustiga qo’yiladi va xaritalardagi izochiziqlar
kesishgan nuqtadan rh ko’paytmasi olinadi;
4) izochiziqlar kesishgan nuqtalar bo’yicha (rh qiymati bo’yicha) hisoblangan rh
ning teng qiymatlarining yangi xaritasi tuziladi;
5) yangi tuzilgan xaritadan foydalanib qatlam bosimining o’rtacha qiymati (8.16)
formula orqali, hajm bo’yicha chamalab aniqlangan qiymat sifatida hisoblanadi.
O’lchangan bosimni quduqlar oralig’ida to’g’ri interpolyatsiya qilish uchun
ushbu yo’nalish bo’yicha bosimning o’zgarish qonuniyatlarini bilish zarur. Bu
qonuniyatlar qatlamning xususiyatlari, uning fatsial o’zgaruvchanligi, quduqlarning
joylashish tizimi va boshqa ma’lum omillar bilan aniqlanadi. SHuning uchun
odatdagidek interpolyatsiya uchburchak usulida bajariladi. Interpolyatsiya yordamida
quduqlar oralig’idagi bosimlar qiymati topiladi va aniqlangan bir xil qiymatli
nuqtalar o’zaro tutashtiriladi, ya’ni mos ravishda izobaralar (izochiziqlar) o’tkaziladi.
Ayrim olimlar haqiqiy izobara xaritasini tuzishda qo’shni quduqlar orasidagi
interpolyatsiyani logorifmik qonun bo’yicha o’tkazishni to’g’riroq, deb hisoblaydilar.
Ularning fikricha, ishlatish jarayonida qatlamda statik muvozanat buziladi va
quduqlarda kuzatilayotgan depressiya voronkalari logarifmik egri chiziq shakliga ega
bo’ladi. Lekin bunday fikrlash noto’g’ri, chunki ishlayotgan ikkita qo’shni
quduqning har qaysisida depressiya voronkasi mavjud bo’lib, bosimning bir
quduqdan ikkinchisigacha o’zgarishi ular orasidagi qandaydir topilishi qiyinroq
bo’lgan interval nuqtadagina (neytral nuqta) sodir bo’lishi mumkin. SHu boisdan
logarifmik qonun bo’yicha quduqlar orasida shunchaki rasmiy interpolyatsiya
o’tkaziladi. Logarifmik qonun bo’yicha bosimlarni interpolyatsiya qilish amalda
nihoyatda ko’p mehnat talab qiladigan tadbir bo’lib, amaliyotda kam qo’llaniladi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, izobaralar xaritasi qatlam bosimining o’rtacha
qiymatini aniqlash va qatlam bosimining taqsimlanishini o’rganish asosida qatlamni
ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun keng qo’llaniladi.
Odatda konlarda izobaralar xaritasi har chorakda va quyidagi maydonlar uchun
alohida tuziladi: 1) suyuqlik olish zonasi uchun, ya’ni ishlatish quduqlari joylashgan
maydonlar uchun; 2) haydash va ishlatish quduqlari orasidagi halqa zonalar uchun; 3)
umuman haydash va ishlatish quduqlari egallagan barcha maydonlar uchun.
Qatlamni ishlatish jarayonini tahlil qilish uchun ko’pincha quduqlarda
o’lchangan bosim (8.6) va (8.7) formulalar yordamida suv-neft yoki gaz-neft tutash
yuzasining boshlang’ich holatiga keltiriladi. Shuningdek, izobara xaritalaridan
qo’shimcha ravishda boshqa masalalarni hal qilish uchun ham foydalanilish mumkin:
1) ayrim uchastkalarda neftlilik chegarasining siljish tezligini aniqlash, va uning
bir tekis siljishini ta’minlash bilan bog’liq masalalarni echishda;



211
2) qatlam o’tkazuvchanligini taqribiy aniqlashda;


3) uyum ichidan suyuqlik olinishi sababli bosimning o’zgarish tafsilotlarini
o’rganish orqali uyumning tashqi qismini taqribiy baholashda;
4) suv-neft tutash yuzasi holatini taqribiy aniqlashda.
Qatlam bosimining taqsimlanishini izobara xaritalari bo’yicha o’rganishda ayrim
uchastkalardagi
izobaralarning
quyuqlashuvi,
ulardan
suyuqlik
olinishi
ko’payganidan, qatlamga suv haydash yoki qatlamning kollektorlik xususiyatlarining
qo’shni uchastkalardagiga nisbatan yomonlashganidan darak beradi.
Izobara xaritalari bo’yicha bosimni hisoblab, butun uyum uchun o’rtacha qatlam
bosimidan tashqari, qatlamning turli zonalar: suyuqlik chiqarish zonasi, haydash
zonasi va boshqa zonalar uchun o’rtacha bosimni hisoblash foydali hisoblanadi.
Izobara xaritalarini tuzish aniqligi, quduqlardagi bosimni o’lchash aniqligiga va
shuningdek, manometr konstruktsiyasi va uning texnik holatiga bog’liq. Konlarda
qo’llaniladigan chuqurlik monometrlari odatda 0,5 dan 1 gacha aniqlik sinfiga ega.
Agar ushbu asboblar bilan barcha o’lchashlarda bir xil ishorali va qiymatli xatolikka
yo’l qo’yilsa, bosimlarni o’lchashda bunday aniqlikni etarli deb hisoblasa bo’ladi.
Asboblarning texnik holati qoniqarli bo’lmasa, bosimni o’lchashdagi xatolik
qiymati aniqlik sinfi bilan o’lchanganidan yuzaga kelgan xatolikdan anchagina
yuqori bo’lishi mumkin. Izobara xaritalarini tuzishda bunday o’lchash
ma’lumotlaridan foydalanish ayrim hollarda katta xatolikka olib kelishi mumkin
(ayniqsa izobara xaritalari bo’yicha aniqlanadigan bosim gradientlarida).
Qo’llanilayotgan asboblarni iloji boricha tez-tez va puxtalik bilan darajalash
kerak. Ishlatilayotgan bir ob’ektdagi quduqlarda bosimni o’lchashda imkoni boricha
o’lchashning barcha davrlari mobaynida bitta asbobni ishlatish kerak. Agar quduq
tubi bosimini o’lchashda Ufa ilmiy-tekshirish institutining (M.M. Ivanov ishlab
chiqqan) differentsial chuqurlik bosimo’lchagich (manometr)laridan foydalanilsa
yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu holda o’lchash aniqligi differentsial
manometrlarni zaryadlash uchun qo’llaniladigan namunaviy manometrlar aniqlik
sinfi bilan aniqlanadi. Namunaviy manometrlar esa, odatda 0,35 aniqlik sinfiga ega.
Chuqurlik manometrlarining yangi konstruktsiyasini ishlab chiqishda bosimlarni
o’lchash asboblarining mutlaq aniqligi muhim bo’libgina qolmay, balki turli
quduqlarda bitta asbob bilan olingan o’lchovlarning nisbiy aniqligi ahamiyatlidir.
Boshqacha qilib aytganda, asbob konstruktsiyasi shunday ishlanishi kerakki,
temperatura va bosimning o’zgarishi kichik intervallarda bo’lishini (1-4 MPa) va
o’lchashlardagi xatoliklar ishorasi va qiymati taxminan bir xil bo’lishini ta’minlashi
kerak.
Quduqda bosimning tiklanish metodi bilan tadqiqotlar bajarilganda bosim quduq
tubi bosimidan kamida 1,5-2 MPa ga yuqorida barqarorlashadigan bo’lsa, u holda
o’lchashning yuqori aniqligini ta’minlovchi differentsial chuqurlik manometrlaridan
foydalanish kerak.
Kam mahsulli qatlamlar ochilgan quduqlarda hosil qilingan depressiyadan so’ng
bosim o’nlab atmosferalarga tiklanadigan bo’lsa, bosimning tiklanish egri chizig’ini
chizish uchun ma’lumotlar to’plashda chuqurlik manometrlaridan foydalanish
mumkin.


212


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin