Geologiyasi


-bob  GAZ, GAZKONDENSAT KONLARI VA DENGIZDAGI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə217/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

14-bob 
GAZ, GAZKONDENSAT KONLARI VA DENGIZDAGI 
NEFT KONLARINI ISHLATISH 

Gaz konlarini ishlatishning o’ziga xos tomonlari gazning qovushqoqligi,


zichligining kamligi, yuqori darajada tarangligi va nihoyatda harakatchanligi bilan
ajralib turadigan fizik xususiyatlariga bog’liq. Gazkondensat konlarini ishlatish ko’p
jihatdan uglevodorod aralashmasining ayricha holati bilan belgilanadi, nainki uni yer
yuzasiga chiqarib olish jarayonida qatlam bosimining pasayishiga bog’liq holda
undan kondensat ajralib chiqadi, ko’pincha mazkur qimmatbaho mahsulotning
yo’qolishi kuzatiladi.
Dengiz ostida katta chuqurlikda joylashgan neft konlarini ishlatish o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, ularni qazib chiqarishga tayyorlash va konni jihozlash
ishlari tegishli metodlar asosida amalga oshiriladi.
GAZ VA GAZKONDENSAT UYUMLARINING ISHLATISH ASOSLARI 
VA ULARGA TA’SIR ETADIGAN
GEOLOGIK SHAROITLAR 

Gaz va gazkondensat uyumlarini ishlatish jarayoni va sistemalari bir qator


xususiyatlarga ega.
Neft uyumlaridan farqli o’laroq gaz uyumlarini ishlatish qatlamga ta’sir
etmasdan, tabiiy energiyadan foydalanib amalga oshiriladi. SHu sababli uyumni
ishlatish chog’ida gazni chiqarib olish qatlamning o’rtacha bosimini pasaytirish
orqali, ya’ni gaz rejimida tez sur’atlarda, tarang – suv bosimli rejimda past
sur’atlarda bajariladi. Ishlatilayotgan gaz uyumlarida qatlam bosimining pasayishi
muhim natijalarga olib keladi.
Uyumlarni chegara tashqarisidagi zona bilan o’zaro ta’siridan uyumlarda,
ayniqsa yiriklarida qatlam bosimining pasayishi suv bosimli sistemaning hamma
qismidagi qatlam bosimi holatiga ta’sir etadi. Natijada ishlatilayotgan uyumlarga
yaqin joylashgan yangi uyumlarni o’zlashtirish boshlangandagi bosimi miqdori suv
bosimli sistemaning boshlang’ich bosimiga nisbatan past bo’lishi mumkin.
Agar ishlatilayotgan uyumlar bir vaqtda hosil bo’lgan jinslarda joylashgan
bo’lsa, ularning o’zaro ta’siri kuzatiladi, bunda qatlam bosimining pasayish tezligi
gaz chiqarib olish sur’atiga mos kelmaydi.
Uyumda qatlam bosimi pasayishi oqibatida ishlatish jarayonida quduq debiti
muntazam kamayib boradi. Neft quduqlaridan farqli o’laroq, bosimning pasayishiga
bog’liq holda gaz qudug’ining debitining kamayishi kuzatiladi, hatto quduq tubida
doimiy depressiya saqlanganda ham debitning kamayishi davom etaveradi. Bunday
vaziyat quduq tubi zonasida gazning juda katta tezlikda harakatlanishi natijasida
filtratsiyaning chiziqli qonunining buzilishidan kelib chiqadi.
Qatlam va quduq tubi bosimlarining pasayishi bilan ular orasidagi geostatik
bosim miqdori ortadi va u jins-kollektorlarning, ayniqsa quduq tubi zonasidagi
jinslarning deformatsiyalanishiga olib keladi. Natijada jinslarning kollektorlik
xususiyatlari yomonlashadi va quduq debitining kamayishi kuzatiladi. Qatlam



330
bosimining pasayishidan quduqda yuvuvchi suyuqlikning yutilishi va boshqa


murakkabliklar kelib chiqishi mumkin, bunday salbiy hodisalarning oldini olish
uchun burg’ilanayotgan quduqdagi mahsuldor qatlamni ochish texnologiyasiga
o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi.
Gaz uyumlarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, gazning yuqori
darajada harakatchanligi hisobiga har bir uyum yaxlit bir gazodinamik sistemani
hosil qiladi, demak, uyumni ishlatish jarayonida uning hamma qismi o’zaro bog’liq
holda bo’ladi. Shuningdek, gaz uyumlarini ishlatishning boshqa xususiyatlariga
qatlam gazining tez harakatlanishi bilan bir qatorda quduqlar debitining kattaligi ham
kiradi, bir xil kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qatlamlardagi gaz
quduqlarining debiti neft quduqlarinikiga nisbatan ikki marotaba katta bo’ladi. Bu
hol gaz uyumini juda yuqori sur’atlarda ishlatish imkonini beradi va shu sababli
qaziladigan quduqlar to’ri zichligi neft uyumlarinikiga nisbatan kam bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, qatlam va quduq tubi bosimining
pasayishidan gaz quduqlari debiti ham kamayib boradi. Quduq debitining pasayish
jarayonida chiqarib olinayotgan gaz miqdorining uzoq vaqt o’zgarishsiz qolishini
ta’minlash maqsadida qo’shimcha quduqlar burg’ilanib, ulardan foydalaniladi.
Natijada ishlayotgan quduqlar soni ortadi. Lekin shunda ham quduqlar to’rining
o’rtacha zichligi neft uyumlarini ishlatish jarayonidagiga nisbatan kam bo’ladi.
Olinadigan gaz zaxiralarining 60-70% chiqarib olingandan so’ng odatda quduqlar
qazish to’xtatiladi.
Neft va gaz konlarini ishlatish chog’ida suvlangan quduqlarni ishlatish masalasi
turlicha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bo’lgandan keyin ham u uzoq vaqt
ishlatiladi, olinayotgan mahsulotda suvning miqdori ortib, 95-99% ga etganda
quduqni ishlatish to’xtatiladi. Natijada suvlangan quduqlardan katta hajmdagi
yo’lakay suvlar olinadi. Suv bosimli rejimda ishlayotgan gaz uyumlarida uyumga suv
kirib kelsa va quduqda namoyonlansa, bunday quduqlar ozroq miqdorda suv olingach
to’xtatiladi. Buning asosiy sababi shundaki, gaz konlari qurilishida gazni yig’ish va
tayyorlashda uning tarkibida ko’p miqdorda suv bo’lmasligi lozim.
Gazkondensat uyumlarni ishlatish ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Qatlamlarning tabiiy rejimidan foydalanib uyumdan gaz olishda quduq tubidagi
bosim, so’ngra qatlam bosimi ham kondensatsiya boshlanishidagi bosimdan
pasayadi. Natijada dastlab quduq tubi zonasida, undan keyin hamma joyda fazaviy
o’tish boshlanadi – kondensat gazdan suyuq holatda ajraladi va jins g’ovaklari ichiga
joylashadi, kondensatni chiqarib olish koeffitsienti qiymati pasayadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin