Geologiyasi


-rasm. Sangashala dengizi – Duvanniy



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə225/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

14.4-rasm. Sangashala dengizi – Duvanniy 
oroli – Bulla oroli konlaridagi VII gorizontni 
ishlatish sxemasi.
1 – ishlatish va haydash
quduqlari; 2 – izogipslar, m; 3 – tektonik
buzilishlar; 4 – neftlilik shegarasi; 5 – gaz
qalpog’i shegarasi



349
tushiriladi va burg’ilash davom ettiriladi. Keyin bu jarayon teskari tartibda


takrorlanadi. Qo’shquduqli burg’ilash metodi katta afzalliklarga ega bo’lib, u
quyidagilardan iborat: bir asosdan ikkita quduqni burg’ilash uchun foydalaniladi,
ikkinchi quduq uchun minora yig’ish va burg’ilash stanogini montaj qilishga hojat
qolmaydi, dolotaning quduq tubida bo’lish vaqti ortadi va h.
Qo’shquduqli burg’ilash kamchiliklardan holi emas, chunonchi, har bir quduqni
burg’ilash muddati uzayadi, falokat va murakkabliklarni bartaraf etish vaqti
cho’ziladi, burg’ilash jarayonida bir tanada yuzaga kelgan ozgina murakkablik
ikkinchi tanada majburiy to’xtashlarga sabab bo’ladi. Ikki quduqni bir asosdan
oldinma-ketin burg’ilash samaraliroq bo’lib, Artem oroli yaqinidagi dengiz
uchastkalarida keng qo’llanilgan.
Bunday quduqlarni burg’ilash bir paytda emas, balki oldinma-ketin amalga
oshiriladi, ya’ni birinchi quduqni burg’ilash tugagandan so’ng uni teshilmaydi va
minorani o’sha asosdan qiyshaytirgan holda ikkinchi quduq burg’ilanadi. Faqat
burg’ilash ishlari tugagandan so’ng bu ikki quduqni bir vaqtda o’zlashtirish
boshlanadi. Neft qatlamlari yuza joylashganda (1500 m gacha) va quduqlarni
burg’ilash jarayoni qisqa vaqt davom etganda bu metodning samarasi yuqori bo’ladi.
Dengizdagi neft konlarini ishlatishda qo’shquduqli burg’ilash metodi dengizda
minora o’rnatiladigan poydevorlarni qurish xarajatlarini teng yarmiga qisqartirish
imkonini beradi. Bundan tashqari quduqlarni burg’ilashni neft quduqlarining og’zi
jamlangan kustda amalga oshirish ham katta mablag’larni tejash imkonini beradi.
Qo’shquduqli burg’ilashda maxsus uskunalardan: qo’shaloq rotor, siljiydigan
kranblok va yuqori asos o’lchamlari o’zgartirilgan bashnya turidagi burg’ilash
minorasidan foydalaniladi. Ikki tanali burg’ilashda hamma ishlarni qo’shib bajarish
imkoniyati tug’iladi. Masalan, birinchi quduq sementlansa yoki sement qotishi
kutilsa, boshqasida burg’ilash davom etadi, birinchisida geofizik ishlar
o’tkazilayotgan bo’lsa, boshqasida

burg’ilash va b. ishlar bajariladi. Ikki tanali
burg’ilashda burg’ilash uskunalaridan foydalanish jadallashadi, ish unumi ortadi va 1
m qazish tannarxi kamayadi.
Alohida poydevor va platformalarni loyihalash va qurishni kon atroflicha
razvedka qilinganidan, quduqlarni joylashtirish to’ri tanlanganidan va uyumga ta’sir
etish metodi belgilangandan so’ng boshlash kerak. Platformalar qurilishi qatlamga
ta’sir ko’rsatishni tashkil etish maqsadida birinchi navbatda haydash quduqlarini
burg’ilash imkonini berishi kerak.
Olimlar dunyo neftgaz sanoatining istiqbolini dengiz shelflarini o’zlashtirish va
suv ostidagi neft hamda tabiiy gaz boyliklaridan foydalanish bilan tabora ko’proq
bog’lamoqdalar.



350


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin