Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə224/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

14.3. DENGIZDAGI NEFT KONLARI 

Dunyo okeanlari tubidagi neft mahsulotlarining bashorat manbalari taxminan


300 mlrd.t neft ekvivalentiga teng, bu ko’rsatkich sayyoramizdagi neft zaxiralarining
yarmini tashkil etadi. Dunyo dengiz konlaridan olingan neft miqdori (MDH davlatlari
bundan istisno) 1982 yilda 25% ni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda 50% ni tashkil
etdi.
1970 yilda dunyo miqyosida dengizdan qazib olingan neft miqdori 1
mln.t/sutkani tashkil etgan bo’lsa, 1984-85 yillarga kelib 5,5 mln.t/sutkaga, 2000
yilda esa 15,1 mln.t/sutkaga etgan.
Dastlab dengizda burg’ilash ishlari 75-90 m chuqurlikda amalga oshirilgan,
keyinchalik (1984 yildan boshlab) 900 m chuqurlikda ham burg’ilash imkoniyati
yaratildi. Neft konlari uchraydigan kontinental shelf maydoni okean suvlari
yuzasining 8% ni tashkil etadi.
Sobiq Ittifoqda dengizdagi konlar Artem, Bank-Darvin, Gyurgyana, Jiloy,
Gryazevaya Sopka, Neftyanie kamni, Peschaniy va b. orollarda SHimoldagi
dengizlarda va Kaspiy dengizida ochilgan.
Dengiz suvlari ostidagi neft va gaz konlari sohildan bir necha kilometr masofada
joylashgan bo’lishi mumkin. Ularni razvedka qilish, ishlatish, geologiyasi va
geofizikasini o’rganish muhim va murakkab vazifalardan hisoblanadi. Bu ishlar
asosan, metalldan tayyorlangan estakadalar orqali bajariladi. Estakada va yo’l
bloklari sohilda tayyorlanib, kerakli joyga kranli kemalar yordamida o’rnatiladi.
Tayanch bloklari bir-biridan 8 m masofada o’rnatiladi va ular prolyotlar orqali
mustahkam temir sektsiyalar bilan qotiriladi. Bu turdagi estakada yoki platformalar,
asosan, shamol, to’lqin yoki texnologik kuchlanishlar ta’sirida bo’ladi. Platformalar
Qora dengiz, Azov va Kaspiy dengizlarida qurilgan bo’lib, bu erlarda suvning
chuqurligi 10 m dan 84 m gacha boradi. Platformalar to’lqin balandligi 14 m,
shamolning tezligi 40 m/s, suv ostidagi oqim tezligi 15 m/s bo’lgan sharoitga
mo’ljallanadi. Platforma bloklarini o’rnatish asosan ko’tarish kuchi 250 t bo’lgan
kema kranlari orqali bajariladi. Tayanch ustunlari og’irligi 220 t bo’lgan yuk bilan
yumshoq zaminga bostiriladi, keyin mexanik bolg’a bilan uriladi.
Dengizdagi neft konlarini o’zlashtirish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:



347
1) neftli maydonni yoppasiga tuproq bilan to’ldirib dengiz tubini quritish yoki


suvni to’sadigan damba qurib, so’ng undan suv tortib chiqariladi;
2) agar neft konlari sohildan ancha olisda bo’lsa, sohil bilan bog’laydigan
estakada yoki mustaqil estakada quriladi;
3) sun’iy orolchalar (asos) qurilib, ularda yakka quduqlar yoki quduq guruhlari
burg’ilanadi;
4) tunnellar ichidan turib neft uyumlari burg’ilanadi.
Dengiz tubini tuproq bilan to’ldirish yordamida ishlatish eng qimmat metod
hisoblanadi, shu sababli dengizning uncha chuqur bo’lmagan, sohil qismiga tutash
uchastkalarda qo’llaniladi. Dengiz tubini tuproq bilan to’ldirish tajribasi dengizda
joylashgan Bibi-Eybat maydoni qismida (Baku rayoni) o’tkazilgan, keyinroq bu
yerda Ilich ko’rfazi koni bunyod etilgan. Dengiz tubini to’ldirish 1911 yilda
boshlanib, 1918 yilda 2,1 km
2
maydon tuproq bilan to’ldirildi, 1922 yilda esa
burg’ilashga kirishildi.
Ma’lum sharoitlarda to’sqich dambalar yordamida dengiz tubi maydonlarini
quritish, dengiz uchastkasini yoppasiga to’ldirishdan samaraliroqdir.
Dengiz chuqurligi kam va nisbatan tinch bo’lgan zonalarda dengiz uchastkalarini
ishlatish sohildan uzluksiz ko’tarilib boradigan damba qurish yo’li bilan ham amalga
oshirilishi mumkin.
Agar neft uyumlari dengizda suvdan chiqib turgan strukturalarga to’g’ri kelsa
yoki dengizdagi neft konlari sohilga bevosita yaqin joylashgan bo’lsa, u vaqtda uni
estakadalar yoki platformalar yordamida ishlatish joriy etiladi.
Platformalarga quduqlar burg’ilanadigan minoralar joylashtiriladi. Maydoncha
hajmi loyihalashtirilgan quduqlar soniga bog’liq bo’ladi. Ushbu holatda konlar qiya
yo’nalgan quduqlar yordamida kust (ko’p tanali burg’ilash) ko’rinishda burg’ilanadi;
odatda bir maydonchadan bitta (markazda) vertikal quduq va besh-oltita qiya
yo’naltirilgan quduqlar qaziladi. Qiya yo’naltirilgan quduqlarni burg’ilash tajribasi
shuni ko’rsatdiki, quduq tubining vertikaldan og’ishi 400 metrgacha bo’lib,
qatlamning chuqurligi 2000 m bo’lganda ham ortiqcha qiyinchiliksiz etib boriladi.
Uyumning neftlilik chegarasi aniqlangan, shunga muvofiq ravishda uyumning
o’rta qismidan o’tadigan platformaning yo’nalishi belgilangan hollarda qiyalama
yo’naltirilgan burg’ilash amalga oshirilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, kustdagi quduqlar soni nafaqat uyum kengligi, balki u
yotgan chuqurlik va quduq tubining ehtimol tutilgan og’ish qiymati bilan ham
aniqlanadi. Ikkita yoki uchta ishlatish ob’ektlarida kustdagi quduqlar sonini ikki yoki
uch baravar ko’paytirish mumkin (har bir kustda 10-15 ta va undan ko’proq). Neft
uyumi shakli va konning tuzilishi xarakteriga qarab, platformadan uncha katta
bo’lmagan uzunlikda, quduqlar joylashadigan yerda tugaydigan shoxobcha qurish
mumkin.
Sohildan olisda joylashgan konni burg’ilash platformalar yordamida amalga
oshiriladi, ularni neftlilik chegarasi ichida joylashadigan qilib quriladi. Bunday
hollarda dengiz transportiga va sohilda uskunalar va materiallarni qabul qilish uchun
(bo’ronli ob-havo bo’lganda) maxsus baza bunyod etish zarurati yuzaga keladi.
Dengizdagi neft konlari platformalar yordamida burg’ilanganda quyidagi
hodisalar yuz berishi mumkin: bir platformadan qiyalama yo’naltirilgan



348
quduqlarning bir nechta guruhini burg’ilash; bir nechta estakadalar o’rnatib har bir


kustda bir nechta vertikal quduqlar burg’ilab, ularning har birini mo’ljallangan ob’ekt
uchun loyihalash va h.k.
Dengizdagi neft konlarini ishlatish muddatini qisqartirish maqsadida quduqlar
burg’ilanganda mustaqil ishlatish uchun ajratilgan barcha neftli ob’ektlarni bir paytda
burg’ilash maqsadga muvofiq. Shu bilan birga uyumni ishlatish sur’atlarini
jadallashtirish maqsadida qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun haydash
quduqlarini (ishlatish quduqlari bilan bir paytda) burg’ilash va ularga suv haydash
tavsiya etiladi, 14.4-rasmda Duvanniy

Bulla oroli

Sangachala dengizidagi konni
qatlam bosimini saqlab ishlatish misol tariqasida keltirilgan.
Dengizdagi
neft
konlarini
ishlatishni boshlashdan avval barcha
neft
uyumlarini
chegaralash
maqsadida
razvedka
ishlarini
amalga oshiriladi; bunda ishlatish
quduqlari razvedka quduqlaridan
avval burg’ilanmasligi kerak.
Dengizdagi konlarni ishlatishda
texnikaning
yangi
yutuqlaridan
foydalaniladi:
qiya
yo’nalgan
quduqlarni kustda burg’ilash, qo’sh
tanali quduqni burg’ilash, bir
asosdan ikki quduqni birin-ketin
burg’ilash va b. Yuqorida qayd
etilganidek, ob’ektlar soniga va
ularning yotish sharoitiga qarab, ayrim kustlarda 3 tadan 15 tagacha va undan
ko’proq quduq bo’lishi mumkin. Quduqlar og’zi orasidagi masofa 8 m va kustda 10-
15 ta quduq bo’lganda burg’ilash maydoni uzunligi 50-100 m ga yaqin bo’lishi
kerak; bunda kustni shunday loyihalash kerakki, quduq tubining og’ish qiymati eng
kam darajada bo’lsin va quduqlar tanasi bir-biri bilan kesishmasin. Bu shartlarga
rioya qilish burg’ilanayotgan va favvoralanayotgan quduqlarning to’qnashuvining
oldini oladi, maboda shunday ahvol yuz bersa, yaxshi holatda quduqlarning ishdan
chiqishi, yomon holatda esa platformada favvora otilishi bilan tugashi mumkin.
E.I.Tagiev, O.A.Mejlumov va boshqa tadqiqotchilar dengiz tubidan imkon qadar
to’la foydalanish maqsadida bir joyda bir paytning o’zida ikkita quduq qazishni taklif
qildilar.
Qo’shquduqli burg’ilash metodining mohiyati shundaki, bitta burg’ilash
minorasining o’zida bir stanokda va bir brigada bilan bir paytning o’zida ikkita
quduq kavlanadi: bunda quduqlar og’zi bir biridan 1,5 m masofada bo’ladi. Birinchi
quduq burg’ilanayotgan paytda ikkinchisida yordamchi ishlar bajariladi, ya’ni
burg’ilash quvurlarining tag qismi jihozlanadi, dolotalar turi va markasi tanlanadi.
Birinchi quduq chuqurlashtirilgandan so’ng ikkinchisiga tayyorlangan burg’ilash
quvurlari tushiriladi. Birinchi quduqdan chiqarilgan burg’ilash quvurlari ikkinchisiga

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin