Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə221/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

14.2. GAZKONDENSAT KONLARI 

Tabiiy gaz va neft qatlam sharoitida nisbatan past bosimda flyuidlar ko’rinishida
bo’lib, ularning har biri ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. CHuqurlik ortgan
sari qatlam bosimining ortishiga qarab neft uyumlaridagi gaz neftda eriydi, gaz
uyumlaridagi yuqori darajada qaynovchi uglevodorod fraksiyalari gazda eriydi va
flyuid bir fazali sistema xususiyatiga ega bo’ladi. Chuqur yer qa’rida yotgan, 25-30
MPa dan ortiq bosimga, 90

S va undan ortiq temperaturaga ega bo’lgan qatlamda
flyuid bir fazali holatda bo’ladi va xususiyatlariga qarab uni neft yoki gaz hisoblash
ba’zida qiyin kechadi.
Ma’lumki, gazning alohida olingan uglevodorodli komponenti bosim ortganda
yoki temperatura pasayganda suyuq holatga o’tishi mumkin: bunday o’zgarish
temperatura va bosimning kritik nuqtasigacha davom etishi kuzatiladi. Ayni paytda
kritik nuqta chegarasidan tashqarida, yuqori bosim va temperatura jabhasida suyuqlik
va bug’ o’rtasidagi farq yo’qoladi va olingan uglevodorod modda bir fazali gazsimon
holatda bo’ladi.
Sof uglevodorodning to’g’ridan-to’g’ri bug’lanishi bosim pasaygan va
temperatura ko’tarilgan sharoitda yuz beradi, bunda kondensatsiyalashish va
bug’lanish, ikki fazali holatni chetlagan holda, sakrash tarzida o’tadi.
Shunga o’xshash kritik nuqtagacha bo’lgan maydonlarda to’g’ridan-to’g’ri
kondensatsiyalanish hodisasi uglevodorod aralashmasiga ham daxldor. Ushbu
holatda bosimning izotermik ortishi sharoitida bu jarayon oddiy izchillikda (14.2-
rasm), ya’ni bug’dan (1-2 nuqtalar) ikki fazali holat orqali (2-3 nuqtalar) suyuqlikka
tomon (3-4 nuqtalar) yo’nalgan bo’ladi.
Temperaturaning izobarik ortishida teskari yo’nalishda to’g’ridan to’g’ri
bug’lanish jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni (a - v nuqtada) suyuqlik ikki fazali holatga
o’tadi, so’ngra (v - s nuqtalarda) bug’ga aylanadi. Temperaturaning izobarik ortish va
bosimning izotermik ortish zonasida uglevodorodlar holati o’zgacha ko’rinish oladi.
Bu holatda quyidagilar kuzatiladi:
1) Qarama-qarshi kondensatsiyalanish bosimning izotermik ortishida bug’dan
(5-6 nuqtalar) ikki fazali holat orqali (6-8 nuqtalar) yana bug’ga tomon (8-9 nuqtalar)
yo’nalgan bo’ladi;



341
2) Temperaturaning izobarik ortishida


teskari bug’lanish

suyuqlikdan (e

f
nuqtalar) ikki fazali holat orqali (f

h
nuqtalar) yana suyuqlikka tomon (h

k
nuqtalar) yo’nalgan bo’ladi.
Teskari
kondensatsiyalanish
jarayonlarining o’ziga xos tomoni shundaki,
uglevodorod
aralashmasining
kritik
temperaturasi,
alohida
uglevodorodlar
uchun xos bo’lganidek, suyuq faza mavjud
bo’lishi
mumkinligining
chegarasi
bo’laolmaydi. Bu jarayonlarda bosim
ortganida suyuqlik bug’lanadi (7-9 nuqtalar)
va
temperatura
ko’tarilganida
(g-h)
kondensatsiyalashadi, ya’ni bevosita sodir
bo’ladigan jarayonlarga zid hodisa ro’y
beradi.
D kritik nuqtasi suyuqlik va bug’ egri
chiziqlarining tutashgan joyiga muvofiq
keladi. Teskari jarayonlar gaz aralashmasining siqilish koeffitsientining o’sishi va
bosim ko’tarilganda uning tarkibiy komponentlarining uchuvchanligi ortishi bilan
izohlanadi, bunda og’ir komponentlar nisbatan engil gazsimon massa ichida eriydi.
Qayd etilgan hodisalar tabiatda kuzatiladi va gazkondensat konlari uchun xosdir.
Odatda 1500 metrdan ortiq chuqurlikda uchraydigan bunday konlar bir yoki ikki
fazali flyuidlar mavjudligi, yuqori bosim va temperaturasi, katta gaz omili,
kondensatda og’ir uglevodorodlar mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Qatlamdagi flyuid yoki tabiiy neft kritik temperaturadan past bo’lgan qatlam
temperaturasida, uglevodorodlar aralashmasi sifatida uchraydi. Agar aralashma
tarkibining kritik temperaturasi qatlam temperaturasiga to’g’ri kelsa, «gaz» yoki
«suyuqlik» tushunchalari ma’nosini yo’qotadi. Kritik temperaturaga yaqinlashganda
suyuqlik va gazdagi barcha fazali o’zgarishlar tez yuz beradi va bosimning
pasayishiga qarab ikki fazali zona paydo bo’ladi.
14.3,a-rasmdagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, yuqori bosim ostida bo’lgan
va tarkibida erigan suyuq fraksiyalar mavjud gazsimon flyuidlar bosim pasayganda
yoxud AV chizig’i bo’yicha temperatura doimiy bo’lsa yoxud AA
1
chizig’i bo’yicha
temperatura pasayganda kondensatsiyalanish yuz beradi. Suyuq flyuid uchun
tuzilgan diagrammadan 14.3,b-rasm shunday xulosa qilish mumkinki, qatlam
sharoitida (doimiy temperatura sharoitida) AV chiziq bo’ylab va quduqlardan
(pasayayotgan temperaturada) chiqarib olinayotgan flyuidlar uchun AA
1
chiziq
bo’ylab bosim pasayishiga qarab gaz fazasi paydo bo’ladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin