Geologiyasi


 ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə234/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

16.5. ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH 

Neft va gaz konlarini ishlatishda atrof muhitni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor


berish kerak (16.1.-mavzuga qarang).
Neft va gaz konlarini ishlatish kon atrofi hududidagi tabiiy resurslarning holati
bilan mustahkam bog’liq. Konni ishlatishda qishloq xo’jaligi va o’rmonzorlarga
qarashli o’nlab, yuzlab, ba’zida minglab kvadrat kilometrdan iborat bo’lgan katta
maydonlar ajratib beriladi. Konni ishlatish ehtiyojlari uchun har yili tabiiy suv
havzalari (asosan daryolar)ning million, ba’zida yuzlab million kubometr suvlaridan
foydalaniladi. Kon to’la qurib bitkazilmagan sharoitda, ayniqsa uni o’zlashtirish
bosqichida, havoga chiqarilgan gazni va yo’lakay (neft) gazini masha’la qilib
yoqqanda atmosferaning zararli gazlar bilan bulg’anishi hollari ro’y beradi.
Ko’pincha yer yuzasi (va tabiiy suv havzalari) quduq va boshqa kon inshootlari atrofi
qatlam (oqava) suvlari va neft bilan kuchli ifloslanishi mumkin. Neft konlarining
ishlatilishi natijasida yer yuzasini cho’kishi ham kuzatiladi (Kaliforniya, Grozniy).
Shunday qilib, neft va gaz konlarini ishlatishda tabiatni muhofaza qilish
bo’yicha quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1) kon inshootlari uchun yer maydonlari hajmini iloji boricha kamaytirish;



367
2) atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft, qatlam suvi va


boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg’anishiga qarshi tadbirlar belgilash;
3) tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni kamaytirish;
4) kondan foydalanishda yer yuzasining cho’kish jarayonini nazorat qilish va bu
jarayonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar belgilash.
Bu vazifalarni amaliy hal qilish uchun quyidagilar zarur:
1) kon ob’ektlari, neft va gazni yig’ishning bir quvurli sistemasini va blokli
avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan blokli metodlarining
tez joriy etilishini ta’minlash;
2) hamma joyda kon ob’ektlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan
sistemalarini, neft va gazni yig’ish va jo’natishni, suvni nasos yordamida
haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini joriy etish;
3) qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa suvli
intervallarning suvidan to’la foydalanish;
4) neft bilan yo’l-yo’lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan to’la
foydalanilishini ta’minlash.
Jumladan, O’zbekiston neft konlarida kon qurilishining yangi metodlaridan
foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini so’nggi besh yilda
ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Erning unumdor qatlamini tiklash
bo’yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi o’n yilda 200 km
2
erni qishloq
xo’jaligiga qaytarildi. Suvni tozalaydigan inshootlar qurish, suv bostirishda qatlam
suvidan to’la foydalanish, kompressor stantsiyalari va boshqa texnologik ob’ektlarni
havo bilan sovitishga o’tkazish suv sarfini yiliga qariyb 180 mln.m
3
ga
kamaytirilishini ta’minladi.
Neft va gazni yig’ish, jo’natish, saqlash, tozalash va topshirishning
germetizatsiyalashgan sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq yo’qolishini 2, 4
baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan foydalanishni 92% ga etkazish
imkonini berdi. Shu yo’l bilan atrof muhitning neft, gaz, oqava suvlar bilan
ifloslanishining oldini qariyb butkul olish uchun sharoit yaratilmoqda.
Yuqorida qarab chiqilgan omillar shundan dalolat beradiki, atrof muhitni
muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning umumiy
muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog’liqdir.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin