Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə237/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

17.1. UMUMIY MASALALAR 



372


Neft va yonuvchi gaz konlari ko’p hollarda bir qancha uyumlardan iborat
bo’ladi. Uyum yagona gidrodinamik sistemali bir yoki bir qancha qatlam-
kollektorlarga birikkan bo’lishi mumkin.
Neft va yonuvchi gaz uyumlarining quyidagi xillari uchraydi:
a) neftli

bunda qatlam-kollektorlar tarkibida u yoki bu miqdorda erigan gaz
mavjud bo’lgan neft bo’ladi;
b) neft-gazli

bunda qatlam-kollektorlar tarkibida erigan gaz mavjud bo’lgan
neftga va neft ustida erkin gaz (gaz qalpog’i)ga ega bo’ladi yoki gaz uyumlari neft
bilan (neft hoshiyasi bilan) o’ralgan bo’ladi;
v) gazli

bunda qatlam-kollektorlar erkin gazga ega bo’ladi. Alohida hollarda
sanoat ahamiyatiga molik bo’lmagan neft hoshiyasiga ham ega bo’lishi mumkin.
Konlar va ayrim neft va gaz uyumlarining zaxiralarini sanoat miqyosida
baholash uchun mahsuldor qatlam (gorizont)larning shakli va maydoni, qalinligi,
kollektorlik xususiyatlari, neft-gazga to’yinganligi va ulardan foydalanish tavsifi
muhim ahamiyatga ega.
Mahsuldor gorizontlar yoki qatlam-kollektorlar qalinligi bir necha santimetrdan
bir necha o’n metrgacha bo’lib, ba’zan esa 100 m gacha ham etadi.
Mahsuldor qatlamlarda quyidagi qalinliklar uchraydi:
a)
umumiy qalinlik

qatlam tagidan to ustigacha bo’lgan intervalda mavjud
barcha o’tkazuvchan va o’tkazmaydigan qatlarni o’z ichiga oladi;
b)
foydali qalinlik

o’tkazuvchan qatlam-kollektorlar qalinligining yig’indisidan
iborat;
v)
neft yoki gazga to’yingan qalinlik

faqat neft yoki gazi bor qatlar qalinligini
o’z ichiga oladi.
Jinslar g’ovaklarining o’zaro aloqadorligiga, neft va gazga to’yinganligiga ko’ra
umumiy, ochiq
va
foydali g’ovaklar 
ajratiladi. Zaxiralarni hisoblashda asosan ochiq
g’ovaklilik qiymatidan foydalaniladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin