Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə239/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

17.3. ZAXIRALARNING TOIFALARI 

Uglevodorod zaxiralarini hisoblashda ular A, B, C


1
va C
2
toifalarga kiritiladi.
Zaxiralarning u yoki bu toifaga mansubligi 1983 yilda qabul qilingan «Neft va



374
yonuvchi gazlarning istiqbolli va bashorat manbalari va konlari zaxiralari tasnifi» va


1984 yilda nashr qilingan yo’riqnoma orqali aniqlanadi. Ularning mazmuni va
mohiyati «Zaxiralarni hisoblash metodi, neft va gaz manbalarini hisoblash» fanida
kengroq yoritilgan.
Neft va gaz zaxiralarining tasnifi O’zbekiston Respublikasi va MDH da
quyidagicha ta’riflanadi:
Zaxiralarning toifasi 
uyumning yoki uning bir qismining o’rganilganlik
darajasini va o’zlashtirishga tayyorlanganligini bildiruvchi ko’rsatkichdir. SHu
sababli zaxiralarni u yoki bu toifaga mansubligini aniqlash uchun uyumning miqdori
va sifati to’g’risida to’plangan ma’lumotlarni va uyum holatini belgilovchi
sharoitlarni xolisona baholash zarur.
Sanoat miqyosiga molik neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi komponentlar
zaxiralari o’rganilganlik darajasiga ko’ra razvedka qilingan − A, B va C
1
toifalarga
hamda dastlabki baholangan − C
2
toifaga bo’linadi. Shuningdek, neft va gaz
manbalari ularning asoslanganligiga ko’ra istiqbolli − C
3
toifaga hamda bashorat D
1
va D
2
toifalarga bo’linadi.
A toifadagi 
zaxiralarga neft va gaz zaxiralarining mukammal o’rganilganligi,
neft(gaz)li qatlamlarning yotish holati, geologik tuzilishini, uyum tipi, shakli,
o’lchami, qatlamning neft va gazga to’yingan foydali qalinligi, kollektor tipi,
jinslarning kollektorli xususiyatlarining o’zgarishi, samarali qatlamlarning neft va
gazga to’yinganligi, neft, gaz va kondensat tarkibi va xususiyatlarining o’zgarish
tavsifini hamda uyumlarning ishlatish sharoitlarining (ishlash rejimi, quduqning
mahsuldorligi, qatlam bosimi, neft, gaz va kondensat sarfi, gidro- va
pezoo’tkazuvchanlik va b.) asosiy xususiyatlarini to’liq belgilash orqali aniqlangan
zaxiralar kiradi.
B toifadagi 
zaxiralarga neft-gazliligi mufassal tekshirilgan qatlamlarning yotish
holati, geologik tuzilishi hamda turli gipsometrik sathlarda joylashgan neft va gaz
quduqlaridan olingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida aniqlangan uyumlarning
zaxiralari kiradi. Uyumning katta-kichikligi, shakli va tipi, qatlamning neft va gazga
to’yingan foydali qalinligi, kollektor turi, jinslarning kollektorli xususiyatlari,
mahsuldor qatlamning neft va gazga to’yinganligi, qatlam sharoitidagi neft, gaz va
kondensatning tarkibi va xususiyatini o’zgarish tavsifi hamda uyumning o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganilganlik darajasi uyumning ishlatish loyihasini tuzish uchun
etarli bo’lishi lozim.
C

toifadagi
zaxiralarga

neft(gaz)li qatlamlarning geologik tuzilishi, yotish holati


va tarqalish maydoni umumiy holda o’rganilgan hamda maydonni neft-gazliligi
quduqlardan olingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida belgilangan zaxiralar kiradi.
Uyumning katta- kichikligi, shakli, tipi, neft va gazli qatlam-kollektorlarning yotish
sharoiti razvedka va ishlatish quduqlarining burg’ilash ma’lumotlari asosida
aniqlanadi. Mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibi, kollektor tipi, kollektorlik
xususiyatlari, neft va gazga to’yinganligi, neft va gazga to’yingan qatlamlar qalinligi
kern va burg’ qudug’ida bajarilgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida
o’rganiladi. Quduqlarni sinash ma’lumotlari yordamida neft, gaz va kondensatlarning
qatlam sharoitidagi tarkibi tahlil qilinadi. Neft-gaz quduqlari bo’yicha neftli
hoshiyani sanoat miqyosidagi ko’lami baholanadi. Quduqlarning mahsuldorligi,



375
qatlamni gaz- va pezoo’tkazuvchanligi, qatlam bosimi, temperaturasi, neft, gaz va


kondensat sarfi quduqda bajarilgan sinash va tadqiqotlar natijasida aniqlanadi.
Maydonni gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari burg’ilangan quduqlar
yordamida va aniqlangan konlardan olingan ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin