Geologiyasi


 Umumlashtirilgan statistik kesim



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə45/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.1.4. Umumlashtirilgan statistik kesim 
Quduqlar kesimini taqqoslab o’rganishda umumlashtirilgan statistik kesim
tuziladi. V.A. Bad’yanov taklif etgan bunday kesimni tuzish metodikasi quyidagicha:
Ordinata o’qiga gorizont ustki qismidan pastga tomon yo’nalgan quduq chuqurligi
qo’yiladi. Abstsissa o’qiga quduqlarning nisbiy soni tushiriladi (% da yoki % ning
ulushida), ma’lum chuqurlik bo’yicha gorizontning ustki qismidan boshlab kollektor
(yoki kollektor bo’lmagan) qatlam ko’rsatiladi. Har bir chuqurlik uchun uning
qadami

uzunligi ixtiyoriy olinib, foizda aniqlanadi va chizmaga tushiriladi. Buning
natijasida ayrim kesim yoki umumlashtirilgan statistik kesim bo’yicha kollektor va
kollektor bo’lmagan jinslarning nisbiy miqdori taqsimlanishining differentsial egri
chizig’i hosil bo’ladi.
Yuqorida qayd etilganlarga nazar tashlasak, umumlashtirilgan statistik kesim
kollektorlarning turli chuqurliklarda taqsimlanishining faqat umumiy mohiyatini aks
ettirishi mumkin. Ammo u asosiy vazifa hisoblangan ayrim tog’ jinslarining ba’zi bir
turlarini kon maydonida lokal taqsimlanishini ifodalay olmaydi, binobarin, bunday
kesim bevosita taqqoslash uchun xizmat qila olmaydi. Bunday sharoitda tog’ jinslari
yotishining ketma-ketligini, qalinligini va moddiy tarkibini tadqiq qiladigan umumiy
taqqoslash metodi zich tuzilgan va o’tkazuvchan qatchalarning foizda ifodalangan
miqdorini o’rganadigan statistik metod bilan almashtiriladi. Ammo bu metod
qatchalarning maydon bo’ylab lokal tarqalishini kuzatish imkonini bermaydi, shu
sababli undan foydalanib bo’lmaydi. CHunki, yuqorida qayd qilingan qatchalar
aslida ularning turli holatdagi birikmasi bo’lishi mumkin. SHu boisdan bularni faqat
yotqiziqlarni mo’’tadil taqqoslashda o’rganiladi.

5.2. MO’’TADIL VA NAMUNALI KESIMLARNI TUZISH 

Kon maydonida qazilgan burg’ quduqlarining kesimlarini taqqoslash natijasida


mo’’tadil (namunali) kesim tuziladi. Mo’’tadil kesimda jinslarning burg’ qudug’idagi
haqiqiy qalinligi, namunali kesimda esa ularning vertikal yo’nalish bo’yicha qalinligi
ifodalanadi. Kesimlar kondagi qatamlarning ketma-ketli qatlanishini, ularning
o’rtacha qalinligini va litologik tarkibini aks ettiradi. Kon bo’yicha mo’’tadil (yoki
namunali) kesimning mavjudligi quduqlarni burg’ilash paytida uni geologik nazorat
qilishni osonlashtiradi va burg’ilash jarayonida quduqning tubi yo’nalishi oson
aniqlanadi.



66
Mo’’tadil (yoki namunali) kesim kon bo’yicha tuzilgan kesimlarning o’rtacha


tuzilishini ifodalaydi. SHu boisdan bunday kesim kondagi kesimlarning ko’pchiligiga
o’xshashi kerak. Tektonik harakatlari sekin yoki tog’ jinslarining litologik tarkibi
muttasil bo’lgan konlar uchun bitta mo’’tadil (yoki namunali) kesim etarlidir.
Jinslarning litologik tarkibi o’zgaruvchan va tektonik tuzilishi turlicha bo’lgan
konlarning har bir uchastkasi uchun alohida-alohida mo’’tadil kesim tuzilishiga
zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunda har bir uchastka alohida tavsiflanadi. Mavjud
ma’lumotlar asosida mo’’tadil, grunt (jinslarning namunalari bo’yicha), geofizik
(elektrometriya va radiometriya ma’lumotlari bo’yicha) yoki geologik-fizikaviy
namunali kesim tuziladi. Bunday kesimda geologik va geofizik kesimlar o’z aksini
topadi.
Kon maydonlarida namunali kesim faqat uning vertikal qalinligi bo’yicha
(undan oson foydalanish uchun), razvedka qilinayotgan maydonlarda esa kesimning
haqiqiy qalinligi bo’yicha tuziladi.
Mo’’tadil va namunali kesim tuzishda tog’ jinslarining haqiqiy qalinligini
vertikal qalinlikka va aksincha, vertikal qalinligini haqiqiy qalinlikka qaytadan
hisoblab chiqiladi. Hisoblash quyidagi ifodalar orqali bajariladi (5.3-rasm):
cos
β
h
b

; h=bcos

,
(5.1)
bunda h

qatlamning haqiqiy qalinligi, m; b

qatlamning vertikal yo’nalishi
bo’yicha qalinligi, m;


qatlamning enkayish burchagi, gradusda.
Kon maydonida jinslarning enkayish burchaklarining o’zgarib turishi, turli
uchastkalarda qatlam qalinligining ham o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu boisdan
qatlamning haqiqiy qalinligini aks ettiruvchi mo’’tadil kesim tuziladi.
Mo’’tadil (yoki namunali) kesim tuzish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 1)
konda qazilgan barcha quduqlar kesimlarini mufassal o’rganish; 2) tuzilgan
kesimlardagi jinslarni xarakterli gorizont va belgili gorizontlarga ajratish; 3)
mo’’tadil, nuqsonli va xarakterli bo’lmagan kesimlarni ajratish; 4) kesimlarni puxta
taqqoslash; 5) namunali o’rtacha kesim tuzish.
Ajratib olingan nomo’’tadil, nuqsonli va noxarakterli kesimlar puxta tahlil
qilinib (aniq nuqsonli kesimlar bundan mustasno), konning alohida uchastkalari
uchun o’rtacha kesimlar tuziladi. 5.4-rasmda mo’’tadil (namunali) kesim namunasi
keltirilgan.



67


Rasmda o’ziga xos tavsifli ohaktosh qatlamining I ustki qismi bo’yicha
taqqoslash bajarilgan. Rasmda olti quduqning kesimi solishtirilgan bo’lib, ohaktosh
qatlamining qalinligi faqat quduqda ortib boradi, qolgan quduqlarda esa qalinlik bir
xil bo’lib, 5 m ga teng. Mazkur qatlamning qalinligi ko’pgina quduqlarda birday,
shunga ko’ra mo’’tadil kesimda ham ushbu qalinlik qabul qilingan. Mo’’tadil
(namunali) kesimdagi II, III, va IV qatlamlarning qalinligi, ularning ko’pgina
quduqlardagi qalinligiga moslab olingan. V-qatlam 2-quduqda ikkiga ajralgan, 6-
quduqda esa boshqa quduqlar kesimlaridagiga nisbatan ancha qisqarganligi rasmdan
yaqqol ko’zga tashlanadi. Mo’’tadil kesimda bu qatlam, boshqa ko’pgina
quduqlardagiga o’xshash yaxlit qilib ko’rsatilgan va uning qalinligi 7,5 m.
VI qatlamning qalinligi esa bir quduqdan ikkinchisiga qarab o’zgarib boradi.
SHu boisdan uning o’rtacha qalinligi hamma quduqlardan olingan ma’lumotlarga
binoan 7,5 m ga teng deb qabul qilingan.
Alohida uchastkalarda ba’zan quduqlarning me’yorsiz kesimlari ham uchrab
turadi. Bunday kesimlar yotqiziqlarning ketma-ket joylashishi yoki jinslarning fatsial
tavsifi bo’yicha boshqa, qo’shni quduq kesimlaridan keskin farq qiladi. Binobarin,
shunday me’yorsiz kesimlarni inobatga olgan holda mo’’tadil kesimni tuzish zarur
bo’ladi. Agarda u yoki bu kesimning me’yorsiz tavsifi faqat alohida quduqlarda
kuzatilsa va noqonuniy namoyon bo’lsa, u inobatga olinmaydi; agarda bunday holat
ma’lum uchastkalardagi ba’zi bir quduqlarda takrorlansa, shunday uchastkalar uchun
alohida mo’’tadil (namunali) kesimlar tuziladi.
Mo’’tadil (yoki namunali) kesim tuzishda elektr va radiokarotajdan olingan
ma’lumotlar, shuningdek, geologik daliliy ma’lumotlar etishmaganda hamma
qo’shimcha ma’lumotlar e’tiborga olinishi kerak. SHuningdek, konning mo’’tadil
geofizik kesimini tuzish ayniqsa foydali hisoblanadi. Bunday mo’’tadil kesimni
tuzish metodi mo’’tadil geologik kesma tuzish metodiga o’xshashdir.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin