Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə42/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.1.1. Regional taqqoslash 

Regional taqqoslash region yoki sedimentatsiya (cho’kish) havzasida kesimni


stratigrafik nuqtai nazardan ajratish, xarakterli litologik-stratigrafik majmualarning
qatlamlanish izchilligini, qatlarning yotishida tanaffuslar va nomuvofiqliklar
borligini aniqlash maqsadida bajariladi. Bunda paleontologik ma’lumotlar asosida
solishtirilayotgan yotqiziqlarning biostratigrafik nuqtai nazardan o’xshashligini
aniqlash muhim hisoblanadi.
Regional taqqoslashdan olingan natijalardan qidiruv ishlarida unumli
foydalaniladi va ular umumiy taqqoslash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

5.1.2. Umumiy taqqoslash 

Burg’ quduqlarining kesimi va umuman kon bo’yicha tog’ jinslarining


tarkibining, tuzilishining va boshqa xususiyatlarining o’zgarishini o’rganish
maqsadida quduq kesimlari taqqoslanadi. Umumiy taqqoslashda konda qazilgan
burg’ quduqlari kesimlarida tayanch qatlamlar (va gorizontlar) ajratiladi, ularning
yotish chuqurligi aniqlanadi, bir xil nomdagi qatlamlar ajratilib, turli yo’nalishlarda
ularning qalinligi, litologik tarkibining o’zgarishi va fatsial o’zgaruvchanligi
belgilanadi, shuningdek, qatlamlarning geologik tuzilishining maydon bo’ylab
o’zgarishi o’rganiladi. Bunda quduq kesimlari bir yoki bir necha gorizontlar (yoki
belgili qatlamlar) bo’yicha solishtiriladi.
Belgili qatlamning qalinligi maydon bo’ylab bir xilda saqlangan bo’lishi
mumkin. Kesimlarni ishonchli taqqoslash tadqiq qilinayotgan kesimlarda aniqlangan
belgili gorizontlarning ko’pligiga bog’liq.
Umumiy taqqoslashni stratigrafik, elektrik yoki radioaktiv belgili gorizontlar,
belgili qatlamlar va kuzatuv ma’lumotlari majmui (shlam va mikrofaunani o’rganish,
mexanik karotaj va sh.k.) bo’yicha ham bajarish mumkin. Kon sharoitida umumiy
taqqoslash 1:500 yoki 1:200 masshtabda o’tkazilgan standart elektr karotaj
diagrammalaridan foydalanib bajariladi. Dastavval karotaj diagrammasiga boshqa
tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar tushiriladi. Quduq kesimlari uning og’zidan to
tubigacha solishtiriladi, bunda bir xil stratigrafik svitalar va litologik pachkalar
maydon bo’ylab kuzatib boriladi. Natijada kon bo’yicha quduq kesimining geologik
tuzilishi, unda uzilmali buzilishlarning va yuvilish yuzasining bor yoki yo’qligi,



62
ayrim stratigrafik gorizont va litologik pachkalarning tuzilishi va qalinligining


o’zgarishi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin bo’ladi.
5.1-rasmda Volga-Ural neft-gazli provintsiyasidagi Shkapov neft koni
kesimining mahsuldor qismida qazilgan quduqlarning namunaviy karotaj
diagrammalari taqqoslangani misol tariqasida keltirilgan. Diagrammada hamma
quduqlarda yaxshi kuzatiladigan bir qator gorizontlar ajratilgan. Bunga kinov
yotqiziqlari ostida joylashgan yupqa ohaktosh qatlami ham taalluqlidir. Jivet yarusi
yotqiziqlari ustki qismidagi zohiriy qarshiliklar yuqori ko’rsatkichlarga ega. Uning
ostidagi qalinligi 8-10 m bo’lgan «qora ohaktosh» deb atalmish ohaktosh qatlamining
PS qiymatlari minimumga yaqin. Jivet yarusi yotqiziqlarining o’rta qismida
yuqoridagi
qatlamga
monand
ohaktoshlar
mavjud
bo’lib, qazilgan va
taqqoslanayotgan hamma quduqlarda yaxshi kuzatiladi. Bu qatlamning PS egri
chizig’i avvalgisidan ko’proq egilganligi bilan farqlanadi. YAna bir ohaktosh qatlami
eyfel yarusi ustki qismida joylashgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin