Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə38/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Quduqni o’zlashtirish.
Neft va gaz quduqlarini ishlatishga topshirishdan oldin
qatlamdagi suyuqlik yoki gaz oqimini harakatga keltirish lozim. Qatlamdagi neft va
gaz oqimini quduq tomon harakatlnishi uchun undagi gidrostatik bosim qatlamdagi
bosimdan kam bo’lishi kerak. Qatlam flyuidlarining quduqqa kirib kelishi ko’pgina
xollarda qatlamga shimilgan gil eritmasi zardobining va qumning miqdoriga hamda
quduq tubining tozaligiga bog’liq. Shu sababli, quduqqa suyuqlik yoki gaz oqimini
keltirish uchun quduqni zichligi kam bo’lgan suyuqlik va havo (gaz) bilan yuvish
yoki quduqdagi suyuqlik sathini pasaytirish lozim. Quduq filtrgacha (quvurning
teshilgan joyigacha) tushirilgan nasos-kompressor quvurlari birikmasi orqali
yuviladi.
Qatlam bosimi bilan quduq tubi bosimidagi farq qanchalik katta bo’lsa,
qatlamdan quduqqa suyuqlik va gaz shunchalik shiddat bilan kirib keladi. Qatlam
bosimi yuqori bo’lgan (favvorali) quduqlarni o’zlashtirishda ham suzg’ichgacha
nasos-kompressor quvurlari tushiriladi va uning og’ziga favvoraviy armatura
o’rnatiladi. So’ngra ishlatish kolonnasi bilan ko’targich quvurlari oralig’iga suv
haydaladi. Gil eritmasi suv bilan siqilib, ko’targich quvurlari orqali yer yuzasiga
chiqadi. Agar bu usulda favvoralanish yuz bermasa, u holda suv neft bilan
almashtiriladi. Shunda ham favvoralanish yuz bermasa, unda quduqqa havo yoki gaz
haydaladi. Qayd qilingan metodlarni qo’llash natija bermasa, kompressor yordamida
quduqdagi suyuqlik sathi pasaytiriladi.



53
Kuchsiz sementlangan jinslardan tarkib topgan qatlamlardagi hamda ostki


suvlari bo’lgan ob’ektlardagi quduqlarni o’zlashtirishda qatlamga beriladigan
bosimni keskin kamaytirmaslik kerak. Gaz quduqlarini o’zlashtirishda gaz oqimini
vujudga keltirishdan avval quduq tubini tozalash maqsadida (agar quduqdagi
gidrostatik bosim qatlam bosimidan pasayib ketishi oqibatida gaz otqini hosil bo’lish
havfi bo’lmasa) gil eritmasi suv bilan almashtiriladi. SHundan so’ng quduqqa
favvoraviy quvurlar birikmasi tushiriladi, u orqali quduq tubidan og’zi tomon gaz
harakatlanadi. Favvoraviy quvurlar quduqqa tushirilmagan bo’lsa, gaz oqimini
jonlantirish quduqdagi suyuqlik sathini pasaytirish orqali amalga oshiriladi, bunda
qatlam va quduq tubi bosimlarining farqi quduq tubi devoridagi gil qobiqni buzishga
va quduqdagi suyuqlik ustuni bosimidan ustun kelishi uchun etarli bo’ladi, bunday
sharoitlarda qatlamdan gaz oqimi quduq tomon harakatlanadi. Gaz oqimi harakatlana
boshlaganda suyuqlik sathini pasaytirish to’xtatiladi va quduqda qolgan suyuqlik
havo oqimi bilan yer yuzasiga chiqarilib, quduq tozalanadi. Favvoraviy quvurlar
birikmasi tushirilgan bo’lsa, gaz qudug’ini jonlantirish siqilgan havo yoki gaz bilan
siqish orqali amalga oshiriladi.
Haydash quduqlarini o’zlashtirish jarayoni quduqlarda neft va gaz oqimini
harakatga keltirish ishlaridan farqlanadi. Bunday quduqlarning asosiy vazifasiga
rejalashtirilgan hajmdagi suvni qatlamga haydash kiradi. SHunga ko’ra haydash
quduqlarini o’zlashtirish juda murakkab bo’lib, quduq tubi zonasini turli
cho’kindilardan tozalash, xlorid kislota bilan qayta ishlash tadbirlari ko’rilgandan
so’ng ham ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. U vaqtda quduqning suyuqlik
qabul qilaolishini oshirish uchun qatlamda gidravlik yorish, qum-suvli
perforatsiyalash, torpedalash va sh.k. ishlar amalga oshiriladi.
Amaliyotda qatlam bosimi past bo’lgan zonalarda joylashgan quduqlarni
o’zlashtirish oson kechadi. Shu sababli quduq o’zlashtirilayotgan maydondagi
qatlamlar bosimini pasaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi, buning uchun quduqni
o’zlashtirish boshlangunga qadar qo’shni haydash quduqlariga suyuqlik haydash
to’xtatiladi.
Ishlatish quduqlarini o’zlashtirishda neft, gaz va suv quduqda namoyonlanganda
ulardan laboratoriya tadqiqotlari uchun namuna olish zarur.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin