Geologiyasi


 Qatlamni ochish, quvurlarni perforatsiyalash va quduqni



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə36/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.5.3. Qatlamni ochish, quvurlarni perforatsiyalash va quduqni 
o’zlashtirish 
Qatlamni ochish
.
Neft va gaz qatlamlarini ochish (burg’ilash jarayonida
qatlamning quduq bilan kesishuvi) metodikasini tanlash quduqni o’zlashtirish va
keyinchalik ishlatishda muhim ahamiyatga ega. Mahsuldor qatlamni muvaffaqiyatli
ochish quduqqa neft yoki gaz oqimining kirib kelishiga qulay sharoitlar yaratuvchi
neft-gazli jinslar joylashgan intervallarni va burg’ilash texnologiyasini to’g’ri
tanlashga hamda burg’ilash ishlarini ishonchli va falokatsiz bajarishni ta’minlovchi
texnik vositalarga bog’liq. Qatlamni ochishda qo’llaniladigan texnik vosita va
burg’ilash texnologiyasini tanlashda flyuidlar bilan to’yingan qatlamning fizik-
kimyoviy xususiyatlari va geologik-fizik tavsifi hisobga olinadi.
Quduqlar bilan ochiladigan hamma mahsuldor qatlamlar ikki asosiy guruhga
bo’linadi: birinchisiga ― yuqori bosimli, yuqori darajada neftga to’yingan,
ochilganda va o’zlashtirilganda favvoralanadigan qatlamlar; ikkinchisiga ―
ochilganda past qatlam bosimiga ega bo’lgan, ko’pgina hollarda avvalroq
ishlatilganda drenajlangan va zaiflashgan qatlamlar mansub.
Birinchi guruhga tegishli qatlamlar mavjud bo’lganda quduq og’zining
mustahkamligini oshirish va mahsuldor intervallarni qazishda va quduqni
o’zlashtirishda burg’ilash ishlarini falokatsiz bajarishni ta’minlaydigan uskunalar
o’rnatish zarur. Ikkinchi guruhga mansub qatlamlarni burg’ilashda esa mahsuldor
gorizontdan neft va gaz oqimining quduqqa kirib kelishini ta’minlaydigan
sharoitlarni yuzaga keltirish lozim bo’ladi.
Neft va gazli jinslarni burg’ilashda, odatda gil eritmasidan foydalaniladi.
Eritmadagi suv quduq devoridagi qatlamga singiydi (ya’ni gil eritmasidagi suvning
qatlamga infiltratsiyasi kuzatiladi), natijada quduq devorida gilli qobiq hosil bo’ladi.
Mahsuldor qatlamga singigan suv uning kollektorlik xususiyatlariga salbiy ta’sir
etadi, ya’ni jinslarning g’ovakli muhitida suv kapillyar kuchlar bilan tutib qolinadi va
ular quduqda bosimlar keskin o’zgarganda ham g’ovaklardan chiqib ketaolmaydi.
Bundan tashqari, qatlamga chuchuk texnik suvning singishidan jinslardagi ko’p
miqdordagi gil zarralar bo’kib, hajmi kattalashadi, bu hodisa quduq tubi zonasidagi
qatlamlarning suyuqlik o’tkazish qobiliyatini keskin kamaytiradi va quduqni
o’zlashtirishni qiyinlashtiradi.
Mahsuldor qatlam g’ovaklaridagi burg’ilash eritmasi zardobi bilan qatlamdagi
yuqori darajada minerallashgan qatlam suvlarining o’zaro ta’siridan erimaydigan



50
cho’kindilarning to’planishi quduq devoridagi jinslarning o’tkazuvchanligini


pasaytirib yuboradi.
Demak, mahsuldor qatlamlarni ochishdagi eng asosiy masalalardan biri
burg’ilash eritmasidagi chuchuk suvni qatlamga singishining oldini olishdir. Buning
uchun qatlamni ochishda burg’ilash eritmasiga sirt-faol moddalar qo’shib, uning suv
beruvchanligini pasaytirish, neft asosida tayyorlangan yuvuvchi suyuqlikdan,
gazsimon omillardan, ikki va uch fazali ko’piklardan foydalanish va boshqa chora-
tadbirlar o’tkazishdir. Mahsuldor qatlamlarni ochishda qo’llaniladigan gil
eritmasining suv beruvchanligi juda past bo’lishi va o’z navbatida yupqa va
mustahkam qobiq hosil qilishi lozim. Bunday xususiyatlarga turli reagentlar bilan
ishlov berilgan va bentonitli gil qo’shib tayyorlangan yuqori kolloidli eritmalar
egadir.
Burg’ilash korxonalaridagi geologik xizmat xodimlarining eng muhim
vazifalariga yangi quduq qazilayotgan uchastkalarda hamda ishlanayotgan konlarda
ochiladigan mahsuldor qatlamlar bosimini tahlil qilish va nazorat o’rnatish kiradi.
YUqori va anomal yuqori bosimli qatlamlar ochiladigan bo’lsa, zichligi yuqori
yuvuvchi suyuqlik tanlanadi, natijada u burg’ilash ishlarining mo’’tadil bajarilishini
ta’minlashi va otqinlarning oldini olishi lozim. Qatlam bosimi past bo’lganda asosiy
diqqat gil eritmasi sifatiga qaratiladi, ya’ni mahsuldor qatlamga suv singishiga va
uning gillanishiga imkon bermaslik lozim.
Quduqning mukammaligini oshirish maqsadida mahsuldor qatlam to’liq
ochilishi kerak. Lekin quduq suv-neft (gaz-suv) zonasida qazilayotgan bo’lsa, u
qatlamning suvga to’yingan qismini ham to’liq ochadi. Bunday hollarda quduqning
tezda suvlanishining oldini olish uchun burg’ilash neft-suv (gaz-suv) tutash
yuzasidan yuqorida to’xtatiladi. Agar suv-neft zonasida haydash qudug’i
burg’ilanayotgan bo’lsa, mahsuldor qatlam, shu bilan birga uning suvga to’yingan
qismi ham to’liq ochiladi. Agarda neft uyumi gaz qalpog’iga ega bo’lsa, u holda
burg’ilash quvurlari birikmasi boshmog’ini mumkin qadar gaz-neft tutash yuzasidan
pastga o’rnatish lozim, shunda gazni quduqqa yorib o’tishining oldi olinadi.
Qatlamning flyuidlarga to’yinish parametrlarini ishonchli baholash uchun
burg’ilanayotgan baholash quduqlaridagi mahsuldor qatlamni ochishda neft asosida
(ohak-bitumli) tayyorlangan yuvuvchi suyuqlikdan foydalaniladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin