Geologiyasi


 Burg’ilash jarayonida gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə39/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.5.4. Burg’ilash jarayonida gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va 
neft, gaz, suvdan namuna olish 

Quduqlarni burg’ilash jarayonida ochilgan gaz-neftli gorizontlarni, ulardagi neft


va gazning tarkibi, xususiyatlari, joylashish sharoitlari va qazib chiqarish
imkoniyatlarini o’rganishga ahamiyat beriladi. Bunday tadqiqotlar kernda neft va gaz
belgilari borligini aniqlashga yo’naltirilgan bo’lib, kon-geofizikasi kuzatuvlari bilan
birga olib boriladi.
Germetik tuzilgan, olib qo’yiladigan (echiladigan) namunaolgich yordamida
burg’ilash quvurlari birikmasini ko’tarmasdan turib, 3000-3500 m chuqurlikdagi



54
mahsuldor qatlamdan neft-gazga to’yingan jinslarning tabiiy tuzilishini saqlagan


holda kern olish va uni tezlikda yer yuzasiga chiqarish mumkin.
Quduq burg’ilash jarayonida ochilgan mahsuldor qatlamda suyuqlik va gaz
oqimini jonlantirish, qatlamdagi suyuqlik va gazdan namuna olish, neft va gazning
fizik parametrlarini aniqlashda qatlam sinagichi asbobi (namunaolgich) dan
foydalaniladi. Qatlam sharoitida (qatlam bosimi va temperaturasi saqlangan holda)
olingan namuna ishonchli hisoblanadi. Namunaolgichning chuqurlikdan (quduq
ichidan) va qatlamni sinash chog’ida quduq tubi zonasidan oladigan xillari mavjud.
Birinchi xil namunaolgich quduqqa metall trossda, lebyodka bilan (1500 m
chuqurlikkacha qo’lda harakatlantirilib, undan u yog’iga 7000 m gacha mexanizm
yordamida) tushiriladi, ikkinchi xili qatlamlarni sinash moslamalari bilan birga
tushiriladi. CHuqurlik namunaolgichi qatlam bosimi 30 MPa gacha va temperaturasi
120
0
S (ochiq kamerali) va 100
0
S gacha (yopiq kamerali) bo’lgan flyuidlardan
namuna olishga mo’ljallangan.
Qatlamning mahsuldorligi burg’ilash quvuriga kirgan suyuqlik miqdori, quvurni
to’lish muddati, qatlamdagi va burg’ilash quvurlaridagi bosimning farqiga qarab
baholanadi.
Qatlamni sinashda avval qatlam sinagichi asbobining hamma elementlarining va
burg’ilash quvurlari birikmasining germetikligi tekshiriladi. Sinash chog’ida
quduqdagi suyuqlik sathining barqarorligi kuzatib boriladi, agar uskunalar etarli
darajada germetiklikka ega bo’lmasa, quvur ichiga yuvuvchi suyuqlik kirishi,
natijada qatlamga bo’ladigan bosim miqdorining ortishi va o’z navbatida qatlamdagi
suyuqlikning quduqqa kirib kelishi qiyinlashishi mumkin.
Odatda qatlam sinagichi quduq tubida 25-30 minut tutib turiladi. So’ng uni
quduqdan chiqarib olib, quvur ichiga kirgan suyuqlik hajmi va uning sifati
aniqlanadi. Katta chuqurlikda joylashgan qatlamlarni sinashda quvurni ezilish va
qiyshayishdan asrash maqsadida ichiga suv, neft yoki gil eritmasi quyiladi. Quvur
ichiga qatlamdan kirayotgan suyuqlik miqdorini aniqlashda avval quyilgan suyuqlik
hajmi ham hisobga olinadi.
Shuningdek, burg’ilash chog’ida quduqda suv, neft yoki gaz oqimlari namoyon
bo’lsa, ulardan laboratoriya tadqiqotlari uchun namunalar olinadi.
Gil eritmasidagi suvni kimyoviy tadqiq qilish orqali quduqda ochilgan suvli
gorizontlar to’g’risida fikr yuritish mumkin. Buning uchun gil eritmasidan olingan
namunani xomsurpdan tayyorlangan qopchada suzib, menzurka (o’lchovli shisha
idish)ga quyiladi, so’ngra Bome areometri (suyuqlikning zichligini, solishtirma
og’irligini o’lchaydigan asbob) yordamida suvning sho’rligi (100 sm
3
suvdagi tuzlar
miqdori grammda) aniqlanadi. Quduqqa kirib borayotgan gil eritmasidan va quduq
ichidan olingan namuna ma’lumotlarini solishtirib, quduqqa qatlamdan chiqib
qo’shilayotgan suvlar sho’rligi to’g’risida fikrlash mumkin. Qo’shilayotgan suvlar
xususiyatlarini o’rganish uchun quduqqa kirayotgan va undan chiqib ketayotgan gil
eritmasidan namuna olib, laboratoriyaga yuborish kerak. Suvning to’liq kimyoviy
tahlili uchun 1 l suv namunasi olinadi.



55
Neft konlaridagi suvlarning nisbiy zichligi d


s
suv harorati 15,5
0
S bo’lganda
uning sho’rlanish (
0
Ve da) dalillari asosida hisoblanadi:
Be
145
145
d
0
с


.
Agar quduqda neft namoyonlansa namuna olib, unga quduq raqami, quduq
tubining chuqurligi, namuna olingan gorizont, vaqt va kim tomonidan olinganini
yozib, laboratoriyaga yuboriladi. Tahlil uchun 2-3 l neft olinadi.
Ko’pincha korxonaning geologiya bo’limida namunani laboratoriyaga
yuborishdan avval 15,5
0
S da neft zichligi neft uchun darajalarga bo’lingan (
0
V
e
da)
areometr yordamida aniqlanadi, shuningdek, emperik tenglama orqali hisoblanadi:

130
140
d
0


н
.
Agar quduqda gaz oqimi namoyonlansa, undan tahlil uchun namuna olinadi.
Burg’ilash eritmasidan gaz voronka yordamida olinadi. Voronka quduqdan
chiqayotgan eritma oqimi ustiga keng tomoni bilan qo’yilib, eritmaga biroz
botiriladi. Voronkaning ingichka tomoniga rezinali naycha qotiriladi, naychaning
ikkinchi uchi suv bilan to’ldirilib, suv solingan idishga to’nkarilib o’rnatilgan butilka
teshigiga kiritib qo’yiladi. Burg’ilash eritmasidagi gaz voronka va rezina naycha
orqali asta-sekin butilkaning yuqori qismida to’plana boshlaydi. Butilkada biroz suv
qolganda uning bo’g’zi suv ostida rezina tiqin bilan yopiladi. Gazi uchib ketmasligi
uchun butilka laboratoriyaga tahlil qilishga to’nkarilgan holatda yuboriladi.
Olinayotgan namuna sof bo’lishi uchun voronka va rezina naycha gaz bilan yuviladi
va undan keyin butilka ichiga kiritiladi.
Burg’ilash jarayonida gaz namunasini olish, uni tahlil qilish gaz karotaji
yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin