62
ayrim stratigrafik gorizont va litologik pachkalarning tuzilishi va qalinligining
o’zgarishi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin bo’ladi.
5.1-rasmda Volga-Ural neft-gazli provintsiyasidagi
Shkapov neft koni
kesimining mahsuldor qismida qazilgan quduqlarning namunaviy karotaj
diagrammalari taqqoslangani misol tariqasida keltirilgan. Diagrammada hamma
quduqlarda yaxshi kuzatiladigan bir qator gorizontlar ajratilgan. Bunga kinov
yotqiziqlari ostida joylashgan yupqa ohaktosh qatlami ham taalluqlidir. Jivet yarusi
yotqiziqlari ustki qismidagi zohiriy qarshiliklar yuqori ko’rsatkichlarga ega.
Uning
ostidagi qalinligi 8-10 m bo’lgan «qora ohaktosh» deb atalmish ohaktosh qatlamining
PS qiymatlari minimumga yaqin. Jivet yarusi yotqiziqlarining o’rta qismida
yuqoridagi
qatlamga
monand
ohaktoshlar
mavjud
bo’lib, qazilgan va
taqqoslanayotgan hamma quduqlarda yaxshi kuzatiladi. Bu qatlamning PS egri
chizig’i avvalgisidan ko’proq egilganligi bilan farqlanadi. YAna bir ohaktosh qatlami
eyfel yarusi ustki qismida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: