53
Kuchsiz sementlangan jinslardan tarkib topgan qatlamlardagi hamda ostki
suvlari bo’lgan ob’ektlardagi quduqlarni o’zlashtirishda
qatlamga beriladigan
bosimni keskin kamaytirmaslik kerak. Gaz quduqlarini o’zlashtirishda gaz oqimini
vujudga keltirishdan avval quduq tubini tozalash maqsadida (agar quduqdagi
gidrostatik bosim qatlam bosimidan pasayib ketishi oqibatida gaz otqini hosil bo’lish
havfi bo’lmasa) gil eritmasi suv bilan almashtiriladi. SHundan so’ng quduqqa
favvoraviy
quvurlar birikmasi tushiriladi, u orqali quduq tubidan og’zi tomon gaz
harakatlanadi. Favvoraviy quvurlar quduqqa tushirilmagan bo’lsa, gaz oqimini
jonlantirish quduqdagi suyuqlik sathini pasaytirish orqali amalga oshiriladi,
bunda
qatlam va quduq tubi bosimlarining farqi quduq tubi devoridagi gil qobiqni buzishga
va quduqdagi suyuqlik ustuni bosimidan ustun kelishi uchun etarli bo’ladi, bunday
sharoitlarda qatlamdan gaz oqimi quduq tomon harakatlanadi. Gaz oqimi harakatlana
boshlaganda suyuqlik sathini pasaytirish to’xtatiladi va quduqda qolgan suyuqlik
havo oqimi bilan yer yuzasiga chiqarilib, quduq tozalanadi.
Favvoraviy quvurlar
birikmasi tushirilgan bo’lsa, gaz qudug’ini jonlantirish siqilgan havo yoki gaz bilan
siqish orqali amalga oshiriladi.
Haydash quduqlarini o’zlashtirish jarayoni quduqlarda neft va gaz oqimini
harakatga keltirish ishlaridan farqlanadi. Bunday quduqlarning asosiy vazifasiga
rejalashtirilgan hajmdagi suvni qatlamga haydash kiradi. SHunga ko’ra haydash
quduqlarini o’zlashtirish juda murakkab bo’lib,
quduq tubi zonasini turli
cho’kindilardan tozalash, xlorid kislota bilan qayta ishlash tadbirlari ko’rilgandan
so’ng ham ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. U vaqtda quduqning suyuqlik
qabul qilaolishini oshirish uchun qatlamda gidravlik yorish,
qum-suvli
perforatsiyalash, torpedalash va sh.k. ishlar amalga oshiriladi.
Amaliyotda qatlam bosimi past bo’lgan zonalarda joylashgan quduqlarni
o’zlashtirish oson kechadi. Shu sababli quduq o’zlashtirilayotgan maydondagi
qatlamlar bosimini pasaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi, buning uchun quduqni
o’zlashtirish boshlangunga qadar qo’shni haydash quduqlariga
suyuqlik haydash
to’xtatiladi.
Ishlatish quduqlarini o’zlashtirishda neft, gaz va suv quduqda namoyonlanganda
ulardan laboratoriya tadqiqotlari uchun namuna olish zarur.
Dostları ilə paylaş: