Geologiyasi


Mustahkamlash quvurlarini perforatsiyalash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə37/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Mustahkamlash quvurlarini perforatsiyalash.
Quduqqa mustahkamlash
quvurlari tushirilgandan va sementlangandan so’ng neft va gaz oqimini vujudga
keltirish uchun mahsuldor qatlam bilan quduq orasidagi o’zaro bog’liqlikni (agar
quduq tubigacha ishlatish quvurlari birikmasi tushirilgan yoki mahsuldor qatlam
qarshisiga sementlangan xvostovik o’rnatilgan bo’lsa) tiklash zarur. So’ngra
qatlamdan quduqqa gaz (yoki neft) kirib kelishi uchun quduqni to’ldirib turgan
yuvuvchi suyuqlik ustunidan bo’ladigan bosim miqdorini qatlam bosiminikidan
kamaytirish lozim.
Mahsuldor qatlam bilan quduq orasidagi aloqa unga tushirilgan mustahkamlash
quvurlari birikmasini va sement halqani teshish orqali o’rnatiladi. Bu jarayon
quvurlar birikmasini perforatsiyalash 
deb nomlanadi.



51
Hozir quvurlarni perforatsiyalashning turli usullari mavjud. O’qli teshgich


yordamida teshik hosil qilishda poroxli zaryadlar yordamida otiladigan po’lat o’qlar
bilan mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va sement halqa teshiladi. Bu maqsadda
maxsus apparatlar ― teshgich (AXP, PPZ, SSP va TPK) lardan foydalaniladi.
Quvurlarni perforatsiyalashning torpedali usulida yig’ma yo’naltirilgan
torpedalar va portlovchi umumiy ta’sirli torpedalardan foydalaniladi. Qatlamdagi
flyuid oqimini jonlantirish maqsadida unga bosim akkumulyatori va bosim poroxli
generatori yordamida termogazkimyoviy ta’sir qilish ham quvurni torpedalash
usulining bir ko’rinishidir. Poroxning yonishidan hosil bo’lgan gazlar qatlam ichiga
quduqdagi suyuqlikni haydaydi, suyuqlik jinslardagi tabiiy darzliklarni kengaytiradi
(uzunligi 1 m ga etadi) va yangilarini hosil qiladi. Suvli va neftli gorizontlar
oralig’iga o’rnatilgan sement halqa (suvto’sgich) qalinligi kam bo’lganda hosil
bo’lgan darzliklar orqali suv neft qatlamiga o’tishi mumkin. SHu sababli sement
halqani darzlanishdan saqlash maqsadida uni teshishni sementlash tugagandan 6-10
soat keyin amalga oshirish mumkin. Qatlamlarni ochishda, shuningdek, portlovchi
(fugas) torpedalarining (yer yuzasi va suv ostida portlaydigan portlovchi moddalar
zaryadi) TSH va TSHT turidagi shashkali torpedalaridan ham foydalaniladi.
Qatlamni sifatli ochishda zaryad diametrining quvur diametriga nisbati 0,3-0,34
bo’lgan zaryadlar ishlatiladi.
O’qsiz perforatsiyalash
kumulyativ (yo’naltirilgan) zaryadlar yoki qumli
suyuqlik oqimi (qum-suv oqimli perforatsiyalash) yordamida amalga oshiriladi.
Yo’naltirilgan perforatsiyalashda quvurlar birikmasi devoriga va sement halqaga
maxsus zaryadlarning portlashidan hosil bo’lgan yo’naltirilgan gaz oqimi va erigan
metallar borib uriladi. Bu oqim katta teshuvchi kuchga ega bo’lib, mustahkamlovchi
quvurlar birikmasida va sement halqada teshiklar hosil qiladi. Bundan tashqari,
qizigan gaz oqimi qatlamga kirib, quduq tubi zonasidagi jinslarda uzun kanallar hosil
qiladi va ularning filtratsiya xususiyatlarini yaxshilaydi.
Keyingi yillarda quvurlarni qum-suv oqimli teshgich yordamida perforatsiyalash
keng tarqaldi. Ayniqsa ko’p kolonnali konstruktsiyaga ega bo’lgan quduqlarni
perforatsiyalashda hamda qatlamni gidravlik yorishda va quduq tubi zonasiga kislota
bilan ishlov berishda bu usulning imkoniyatlari ko’pligi ma’lum bo’ldi. Qum-suv
oqimli teshgich yon devori yuzasida qattiq qotishmali uchliklar joylashtirilgan qalin
quvurdan iborat. Bunday uchliklardan yuqori tezlikda chiqayotgan qum tashuvchi
suyuqlik oqimi mustahkamlovchi quvurda, sementli halqada va tog’ jinsida teshiklar
ochadi.
Quvurni perforatsiyalashning o’qsiz usuli hozirgi vaqtda amaliyotda o’qli va
torpedali perforatsiyalash usullarining o’rnini to’liq egalladi. Quvurning 1 m
uzunligidagi teshiklar zichligi (1 m intervaldagi teshiklar soni) quduq
mahsuldorligiga to’g’ri proportsionaldir. Quvurdagi teshiklar sonini tanlashda
mahsuldor qatlamni tuzuvchi jinslarning tarkibiga va ularning kollektorlik
xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bo’sh qumlardan tarkib topgan va yaxshi
o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan qatlamlar qarshisidagi teshiklar zichligi



52
kichik (1 m intervalda 4-6 ta teshik) bo’ladi. Turli tarkibli zich tuzilgan jins-


kollektorlar qarshisida teshiklar zichligi ortadi.
Quvurlar teshiladigan intervallar chuqurligi va teshiklar soni burg’ilash
korxonasi bosh geologi farmoyishi bilan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Teshiladigan interval chuqurligini aniqlash muhim bo’lib, noaniq bajarilgan ishlar
mahsuldor qatlamning ochilmay qolishiga sabab bo’ladi. Quvurni perforatsiyalash
oralig’i chuqurligini aniqlash ishonchliligi kon-geofizik tadqiqotlarinikidan yuqori
bo’lmog’i lozim. Xatolik 2000 m gacha chuqurlikda 1,0 m dan, 2000 m dan chuqur
quduqlarda 1,5 m gacha bo’lishi mumkin.
Mahsuldor qatlamlar 3500 m dan chuqurda joylashganda quduqni
perforatsiyalash oralig’ini belgilash aniqligi ko’pgina hollarda etarli bo’lmaydi,
ayniqsa qatlam qalinligi kam bo’lsa, xatolik yanada oshadi. Mahsuldor gorizontning
joylashish chuqurligini aniqlash ishonchliligini oshiradigan maxsus metod mavjud
bo’lib, u «radioaktiv reper metodi» deb nomlanadi. Bu metodga ko’ra o’z-o’zidan
qutblanish (PS) va solishtirma qarshilik (KS) egri chiziqlarini yozish jarayonida
tarkibida ma’lum miqdorda radioaktiv moddalar bo’lgan maxsus o’q otiladi, o’q
otilgan joy diagrammada qayd qilinadi. O’q quvur teshiladigan joydan 30-70 m
masofada otiladi. Perforatsiyalash ishlarini bajarishdan avval gamma-karotaj metodi
bilan radioaktiv o’qning joylashgan o’rni belgilanadi va kabelga maxsus belgi
qo’yiladi. Quvurni perforatsiyalash oralig’ining chuqurligi va keyin bajariladigan
hisoblashlar shu belgidan olinadi.
Bu metod yordamida 3500 m dan chuqur quduqlarda qatlam joylashgan
intervallar 10-20 sm gacha aniqlikda topiladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin