Geologiyasi


 Quduq konstruktsiyasi va ishlatish quvurlari birikmasining



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə34/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

4.5.2. Quduq konstruktsiyasi va ishlatish quvurlari birikmasining 
germetikligini ta’minlash 

Quduq konstruktsiyasi.
Quduqlarni loyihada ko’rsatilgan chuqurlikkacha
etkazish,
mahsuldor
qatlamlarni
sifatli
ochish,
qatlamlarning
tabiiy
o’tkazuvchanligini saqlash, konlarni ishlatish chog’ida quduqlardan samarali usullar
yordamida foydalanish va boshqa maqsadlarda quduq konstruktsiyasi tanlanadi.
Quduq konstruktsiyasiga burg’ilash maqsadi va usuli, sinaladigan mahsuldor
gorizontlar soni, qatlamni ochish usuli va burg’ilashning geologik sharoitlari:
mahsuldor qatlamning yotish chuqurligi, ularning unumdorligi va kollektorlik
xususiyatlari; qatlam va g’ovak bosimlari va jinslarning gidrobuzilish bosimi,
burg’ilanayotgan jinslarning fizik-mexanik xossalari ― to’kilma, qulash, torayish,
kovak hosil bo’lish, mustahkamlash quvurlari birikmasiga jinslardan tushadigan
bosim va boshqalar ta’sir etadi.
Quduq konstruktsiyasi konning geologik kesimini hisobga olgan holda tanlanadi.
Neft quduqlarida ishlatish quvurlari birikmasining ichki diametri 100 mm dan kam
bo’lmasligi lozim. Agar gaz uyumlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lsa, gaz
qatlamlarining joylashish chuqurligi, mahsuldor qatlam qalinligi va o’tkazuvchanligi
kam, quduq sarfi 50-60 ming m
3
/sutkagacha, quduq tubiga suyuqlik yig’ilib, uni
faqat gaz oqimining yuqori tezligi bilan yer yuzasiga chiqariladigan bo’lsa, bunday
hollarda kichik diametrli quduqlar qazish mumkin.
Qatlamdan quduqqa neft va gaz oqimining kirib kelishiga qulay sharoitlarni
yuzaga keltirishda quduq tubi uskunalari konstruktsiyasini to’g’ri tanlash muhim
ahamiyatga ega. Quduq tubi konstruktsiyasi mahsuldor qatlamning geologik-fizik
xususiyatlariga va ularning uyum chegarasiga nisbatan joylashishiga bog’liq holda
tanlanadi.
Eng oddiy, tuzilishiga ko’ra ko’p qo’llaniladigan quduq konstruktsiyasi ―
og’zidan tubigacha bir xil diametrli doloto bilan qazilgan quduq hisoblanadi, bunda
quduq tubigacha bir diametrdagi mustahkamlash quvurlari birikmasi tushirilib,
boshidan oxirigacha sementlanadi. Bunday usul bilan quvur ortidagi hamma
gorizontlar bir-biridan to’liq ajratiladi. Quduqni qatlam bilan aloqasi quvurlarni
perforatsiyalash orqali bog’lanadi. Razvedka quduqlarini burg’ilashda bu usul keng
qo’llaniladi. Ishlatish quduqlarini qazishda bu usuldan mahsuldor qatlam mustahkam
jinslardan tuzilgan bo’lgandagina foydalanish mumkin. Bo’sh, mustahkamligi sust



48
jinslardan tuzilgan gorizontlar teshilganda qum chiqishi va quduqda tiqin hosil


bo’lishi mumkin.
Agar sement qorishmasi qatlam ichiga kirsa yoki qatlam mustahkamligi past
jinslardan tarkib topgan bo’lsa va natijada quduq unumdorligi keskin pasaysa, u
vaqtda ishlatish gorizonti ustidan boshlab mustahkamlash quvurlari birikmasi
sementlanadi. Bunday usul geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan konlarda ishlatish
qudug’ini burg’ilashda qo’llaniladi. Quduqni burg’ilash mahsuldor qatlam ustki
qismigacha 1-3 m qolganda to’xtatiladi. So’ngra mustahkamlash quvurlari birikmasi
tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin diametri avvalgisidan kichikroq doloto
tushirilib, burg’ilash davom ettiriladi va qatlam ochiladi.
Agar qatlam zich va qattiq jinslardan tashkil topgan bo’lsa, quduq tanasini
quvurlar bilan mustahkamlamasdan ― ochiq qoldirish mumkin; agar u bo’sh,
etarlicha qattiq bo’lmagan jinslardan iborat bo’lsa, u holda quduq tubiga xvostovikka
o’rnatilgan maxsus filtr tushiriladi, filtrning yuqori qismi mustahkamlash quvurlari
birikmasi ichiga kiradi. Quduqqa qum o’tmasligi uchun xvostovik bilan quvurlar
birikmasi oralig’idagi bo’shliq sementlanadi.
Filtr teshiklari shakli va o’lchami har xil bo’ladi. Ular diametri va orasidagi
masofa mahsuldor gorizontdagi qumning zarralari diametriga va shakliga qarab
tanlanadi, gorizont ishlanganda undagi qum filtr orqali quduq ichiga kirmasligi
lozim. Ba’zan mayda shag’alli filtrlardan ham foydalaniladi.
Ishlatilayotgan gorizont geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan va turg’un
jinslardan tarkib topgan bo’lsa, manjetli sementlash qo’llaniladi. Bunda quduq
loyihada ko’rsatilgan chuqurlikkacha qaziladi, so’ngra pastki uchiga filtr o’rnatilgan
quvurlar birikmasi tushiriladi. Filtr bilan quvurlar ulangan joyga tirgovich halqa
o’rnatiladi. Sement qorishmasi quvur orti bo’shlig’iga tirgovich halqaning
yuqorirog’idan teshilgan joydan o’tadi va uni qotiradi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin