Geologiyasi


-bob. QUDUQNI BURG’ILASHDAN OLINGAN MATERIALLARNI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə41/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5-bob.
QUDUQNI BURG’ILASHDAN OLINGAN MATERIALLARNI 
GEOLOGIK JIHATDAN ISHLASH METODLARI 
Quduqni burg’ilashdan olingan materiallar geologik jihatdan ishlanib, konning
kesmasi va strukturalar xaritalari tuziladi. Bular konning tuzilishi to’g’risida to’liq
tasavvur beradi. SHuningdek, ayrim tog’ jinslari majmuasining o’zaro strukturaviy
munosabatini va strukturalarning tarkib topish sharoitlarini o’rganishga imkoniyat
yaratadi. Bundan tashqari burg’ilangan quduqlar kesimi tadqiq qilinib, tog’
jinslarining quduq kesimi bo’yicha va ayrim gorizontlar bo’ylab fatsial o’zgarishi
to’g’risida ma’lumotga ega bo’linadi.
Ayrim
gorizontlarning
qalinligini,
kollektorlik
xususiyatlarini,
o’zgaruvchanligini, kon bo’yicha taqsimlanishini mukammal o’rganish muhim
ahamiyatga ega. Buning uchun quduqlar bo’yicha tuzilgan kesimlarni taqqoslash
lozim. Bu kon geologining vazifasi hisoblanadi.
5.1. BURG’ QUDUQLARI KESIMLARINI TAQQOSLASH 
(SOLISHTIRISH) 
Burg’ quduqlari kesimlarini taqqoslashda neft-gazli tayanch qatlamlar
(gorizontlar) ajratiladi, ularning chuqurligi va jinslarning ketma-ket joylashishi
aniqlanadi, bir xil tarkibli qatlamlar belgilanib, ularning turli yo’nalishlar bo’yicha
qalinligi, litologik tarkibi va fatsial o’zgarishi kuzatib boriladi.
Bir xil nomlangan jins majmualarini, gorizontlarini va qatlamlarni quduq
kesimida ajratish, ularni maydon bo’ylab o’zgarishini kuzatish, belgilangan yo’nalish
bo’yicha izchilligini, yotish sharoitlarini, qalinligini, tarkibining doimiyligini
aniqlash uchun quduq kesimlari taqqoslanadi. Quduq kesimlari biostratigrafik,
xronostratigrafik va litostratigrafik (litogenetik) belgilari bo’yicha ham solishtiriladi.
Biostratigrafik belgilarga kesimdagi jinslarni faunali

florali tavsiflashdagi
tafovutlar mansubdir. Bunday tafovutlar jinslarning hosil bo’lishida bir
biotsenozlarning boshqasi bilan asta-sekin almashishi natijasida bunyodga keladi.
Biostratigrafik belgilarga qarab taqqoslash makrofaunalar (
braxiopodolar
, marjonlar
va b.) hamda palinologik ma’lumotlar (o’simliklarning spora va gulchangini
o’rganish) asosida bajariladi.
Geologik vaqtning ma’lum bir davrlarida hosil bo’lgan xronostratigrafik belgilar
yordamida quduq kesimida ayrim intervallar ajratiladi. Bunday belgilarga jinsning
fizik-kimyoviy xususiyatlari (aktsessor minerallar miqdori, minerallarning tipiga xos
bo’lgan xususiyatlar

zarralarning shakli, rangi, ulardagi o’ziga xos qo’shimchalar),
jinslar tarkibidagi elementlarning o’zaro geokimyoviy munosabati, quduq
kesimlarining elektr va radiometrik diagrammalaridagi egri chiziqlar shakli va b.
mansub.



61
Litologik belgilar tog’ jinslarining litologik



kollektorlik xususiyatlarining turli-
tumanligini o’rganishga asoslangan. Bunga sabab quduq kesimida fizik xususiyatlari
turlicha bo’lgan qatlamlarning mavjudligidir. Litologik belgilarga jinsning moddiy
tarkibi (qumtoshlar, alevrolitlar, gillar, ohaktoshlar va b.), ularning sig’imli va
filtratsiya xususiyatlari mansub.
Hal qilinadigan vazifalar bo’yicha regional, umumiy va mukammal
taqqoslashlar farqlanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin