63
hisobga olsak, qatlamlarning litologik tarkibining konning hamma qismida bir
xilliligini ko’ramiz.
Quduqlarning standart karotaji ma’lumotiga ko’ra ajratilgan to’rtta qatlamning
har birini elektrli xususiyati o’ziga xos bo’lib, ular
yordamida quduqda karotaj
o’lchovlari amalga oshirilayotgan paytda quduqning tubi kesimning qaysi qismida
joylashganini aniq aytish mumkin.
PS karotajining eng minimal qiymatlari bo’yicha belgilangan. Qumtosh
qatlamlardan iborat mahsuldor gorizontlar terrigen jinslar pachkasi ichida joylashgan
bo’lib, yuqorida ta’riflangan ohaktoshlarni ajratib turadi.
Odatda mahsuldor
gorizontlarning solishtirma qarshiligi ularning neftga to’yinganlik darajasiga bog’liq.
5.1-rasmda berilgan taqqoslash sxemasida mahsuldor qumtosh qatlamlar
qalinligi va litologik tarkibining o’zgaruvchanligi hamda ularning vertikal
chegarasini tayanch ohaktosh gorizontlari chegarasiga
nisbatan surilgani bilan
tavsiflanadi. Masalan, 10-quduqning kesimining yuqori qismida joylashgan qumtosh
gorizonti 15-quduqda pastga qarab surilgan va «qora ohaktosh» qatlamidan gil
qatchasi orqali ajralgan. 13-quduqdagi asosiy qatlam bilan bir qatorda «qora
ohaktosh» gorizonti ustki qismi yaqinida qo’shimcha qum qatchalari (1945-1952 m)
ham namoyonlanadi; 16-quduqda esa bu qatcha
ohaktosh ustki qismi ustida
joylashadi.
Ohaktosh qatlamining o’rtasidagi ikki qatchalar orasida joylashgan mahsuldor
gorizontning litologik o’zgaruvchanligi faqat 14-quduqda qayd qilinadi, 10,15 va 13-
quduqlarda bu gorizont gilli qumtosh va alevrolitlardan tarkib topadi, 16-quduqda esa
gil jinslar bilan o’rin almashgan. Ohaktosh qatlamining o’rta va pastki qatchalari
orasidagi gorizont bir (10 va 15-quduq) yoki ikki (13 va 14-quduq) qatlamdan tarkib
topgan. 16-quduqda ushbu gorizont almashinib keluvchi
qumtosh va argillitlardan
iborat.
Stratigrafik gorizontlar ichidagi mahsuldor qatlamlar qalinligining va fatsial
tuzilishining o’zgaruvchanligi, ular chegaralarining o’zgarib turishi o’rganilayotgan
maydon chegarasida ushbu qatlamlar ayrim, bir-biridan
chegaralangan qumtosh-
alevrolitli linzalardan iborat bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: