64
qatlamning ustki qismi va tag qismi yuvilib ketgan bo’lsa yoki u aniq ifodalanmagan
bo’lsa, qatlam ichidagi belgili qatchani o’rganish asosida ado etiladi.
5.2-rasmda Romashkin konining bir uchastkasi bo’yicha quyi devon davri D
1
qatlamlari uchun (fran yarusining pashiy gorizonti)
zonal taqqoslash sxemasi
keltirilgan.
5.2-rasm. Zonal taqqoslash sxemasi
(M.A.Jdanov, 1981): 1 – reper – yuqorida joylashgan
ohaktosh gorizonti; 2 – qumtoshlar; 3 – gillar
Mazkur qatlamning yuqori qismidagi ohaktosh belgili (reper) gorizont, deb
olingan.
Sxemada D
1
qatlamda alohida zonal intervallarning juda murakkabligi
ko’zga yaqqol tashlanib turibdi.
Umuman sxemada ayrim intervallar yo bir-biri bilan qo’shilib ketadi (a+b
1
va
b
3
+v), yoki butunlay qiyiqlanib ketadi (a, b
1
, v interval masofalar),
yoki uchastka
bo’ylab ularning qalinligi o’zgarib boradi (b
3
, va g interval masofalar), yoki
maydonning cheklangan uchastkasida yakka holda tarqalgan bo’ladi (b
2
interval).
Qatlamning murakkab tuzilganligi yuqorida keltirilgan sxemadan (5.2-rasm)
yaqqol ko’zga tashlanadi. SHuning uchun ham bunday qatlamlar zonal taqqoslash
yordamida ayrim qismlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday ishlar qatlamni ishlatish bilan
bog’liq bo’lgan turli masalalarni hal etishda muhim rol o’ynaydi.
Zonal taqqoslashda vertikal yo’nalish bo’yicha o’zgaruvchan,
gorizontal
yo’nalish bo’yicha esa uzoq masofalarda fizik-litologik xususiyatlari umumiy va
o’zgarmas bo’lgan quduq kesimining zonal intervallari taqqoslanadi. Ayrim kamyob
mahalliy qatlar quduq kesimida (zonal interval ichida) uchrasa, u yoki bu intervalqa
kiritiladi.
SHuni inobatga olish zarurki, ajratilgan zonal intervallar
mahsuldor qatlamning
geologik tuzilishini mukammal o’rganishda muhim rol o’ynaydi, ammo bu har doim
mustaqil ishlash ob’ekti bo’la olmaydi.
Mahsuldor qalin qatlamlar ayrim zonalarga ajratilib,
geologik tuzilishi zonal
taqqoslash asosida mukammal o’rganiladi. Bu platformalardagi yirik neft konlarining
ishlatish sistemasini tahlil qilish va loyihalash uchun zarur. SHuni qayd etish lozimki,
65
platformalardagi mahsuldor qatlamlarning fatsial tuzilishi tez o’zgaruvchanligi bilan
ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: