Geologiyasi


-rasm. Quduqlar bo’yisha tuzilgan geologik kesma



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə47/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.6-rasm. Quduqlar bo’yisha tuzilgan geologik kesma:
1 – qum; 2 – dolomit; 3 – gil; 4 –
mergel; 5 – neftli kum; 6 – gips; 7 – bitumli slanets; 8 – ohaktosh; 9 – gilli qum; 10 – suvli
qum; 11 – zishlashgan gili qumtosh; 12 – gilli slanets; 13 – quduq og’zi; 14 – buzilish
yuzasining kesma tekisligi bilan kesishgan shizig’i.
5.6-rasmda ifodalangan quduqlar kesimlarini taqqoslashda va jinslarning
yotishidagi ketma-ketlikka nazar tashlasak, 2 va 3-quduqda jinslarni mo’’tadil ketma-
ket yotishining buzilganligi ko’zga yaqqol tashlanadi. 2-quduq kesimidan suvli qum,
dolomit va gil qatlamlari tushib qolgan. Faqat shu quduqning kesimida bevosita
ohaktosh qatlami ostida bitumli slanets qatlami uchraydi. Xulosa qilib aytish lozimki,
2-quduqdagi nome’yorlik nuqtasi 50 m chuqurlikdagi ohaktosh va bitumli
slanetsning tutashgan joyiga to’g’ri keladi.
3-quduqda qalinligi qisqargan bitumli slanets qatlamining bevosita mergel
qatlamning ustida joylashgani nome’yorlik borligini bildiradi. Mazkur quduqning
kesimidan gilli slanets va neftli qum qatlamlari tushib qolganini aniq ko’rish
mumkin. Binobarin 3-quduqning 600 m chuqurligida bitumli slanets va mergel
qatlamlari oralig’ida nome’yorlik mavjud. Bunday sharoitda nome’yorlik nuqtalarini
birlashtiruvchi chiziq buzilish sirtining (bu holda sbros) kesma tekisligi bilan
kesishgan izidan iborat bo’ladi.



71
Mahsuldor gorizontlarning geologik tuzilishini mukammal o’rganish borasida


kesmalar tuziladi. Kesmaning vertikal masshtabi shunday tanlanishi kerakki, unda
mahsuldor qatlamlarni alohida qatchalarga bo’linishini va ularning kesma chizig’i
yo’nalishi bo’yicha fatsial o’rin almashinishini ko’rsatish mumkin bo’lsin.
Jinslarning fatsial o’zgaruvchanligini o’rganishda quduqlar bo’yicha mukammal
geologik kesma, konning ayrim uchastkalarining tektonik tuzilishini aniqlash
maqsadida sxematik kesma tuziladi. Bunda faqat svitalarning ustki qismi va belgili
gorizontlari o’z aksini topadi.
Geologik kesma tuzishda unda sodir bo’lgan xatoliklarga ahamiyat berish kerak.
Bunday xatoliklar kesma yo’nalishiga quduqlar o’rni nuqtalarining noto’g’ri
tushirilishidan va quduq tanasining qiyshayishidan paydo bo’ladi. SHu boisdan
geologik kesma tuzishda unda paydo bo’ladigan xatoliklarning oldini olish uchun
quduq o’rnining ko’chirilishini (kesma chizig’iga tushmagan), shuningdek, quduq
tanasining qiyshayishini inobatga olib tuzatishlar kiritish kerak.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin