Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Quvurlarni ketma-ket va parallel ulash



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə45/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
9.3.Quvurlarni ketma-ket va parallel ulash.

Ketma-ket va parallel ulangan quvurlarni hisoblash sodda quvurlarni hisoblashga qaraganda murakkab bo’lib, u qaysi tartibga ulanganiga bog’liq. Shuning uchun bu ikki ulash usulini ayrim-ayrim ko’rib chiqamiz.


Ketma-ket ulash. Bir necha har xil diametrli quvurlardan tashkil topgan quvurni ko’ramiz. Ular ketma-ket ulangan bo’lib, qarshiliklari a1, a2, a3,..., an, uzunliklari L1, L2,..., Ln bo’lsin. Bu quvurlarning har birida sarflar teng bo’lishi uzilmaslik tenglamasidan ko’rinadi. U holda quvurlardagi bosimning kamayish

9
.3- rasm. Quvurlarni ketma-ket ulash.


(9.2) ga asosan aniqlanadi:


H1 = a1Q2
H2 = a12Q2
.................
Hn = an Q2

ko’rilayotgan quvurda esa qarshiliklarni qo’shish protsentiga asosan quyidagicha hisoblanadi:


H = H1+ H2+... + Hn = ( a1 + a2 +... + an ) Q2 (9.6)

Shunday qilib, quvurlar ketma-ket ulanganda umumiy qarshilik xususiy qarshiliklar yig’indisidan iborat:


B
u ikki (9.6) va (9.7) tenglama quvurlarni ketma-ket ulashda xarakteristika tuzish uchun asos bo’ladi.


Avval ketma-ket ulangan ikkita quvurni ko’ramiz. Bu quvurlarning xarakteristikalari 9.4-rasm, a da 1 va 2 grafiklar orqali ifodalangan.
Ikki quvurning xarakteristikasini tuzish uchun (9.6) tenglamaga asosan bir xil sarfda ikki quvurdagi bosim kamayishlarini qo’shamiz, ya’ni bir xil abstsissalarda ikkala egri chiziqning ordinatalarini qo’shamiz.
Ketma-ket ulangan uchta quvurning umumiy xarakteristikasini tuzish uchun avval 1,2,3, quvurlarning xarakteristikalarini tuzib olamiz(9.4–rasm, b).
9.4-rasm. Ketma-ket ulangan quvurlarning xarakteristikasi

So’ngra bir xil abtsissada ularning o
rdinatalarini qo’shib bir chiziq bilan tutashtiramiz. n ta ketma-ket ulangan quvurning umumiy xarakteristikasini tuzish ham shu usulda bajariladi. Ko’rilayotgan holda kirishdagi va chiqishdagi tezlik bosimlari har xil bo’lgani sababli quvur uchun talab qilinadigan bosim formulasi (9.9) dan farqli ravishda, kirishdagi va chiqishdagi tezlik damlarining farqi qatnashadi:


b
u yerda


S
A,
SB — kirish va chiqishdagi kesim yuzlari.
Parrallel ulash. Endi bir qancha parallel ulangan sodda Quvurlardan tashkil topgan murakkab Quvurni ko’ramiz (9.5 – rasm).
Sodda Quvurlarning sarflari Q1, Q2, Q3,.., Qn, qarshiliklari a1, a2, a3,..., an bo’lsin. Umumiy sxemadan ko’rinib turibdiki, murakkab Quvurning sarfi sodda Quvurlar sarflarining yig’indisiga teng.

Q =Q1+ Q2+ Q3 +....+ Qn = Qn.


Har bir sodda Quvurdagi bosimning kamayishi ham, murakkab Quvurdagi bosimning kamayishi ham A va V nuqtalardagi to’la bosimlarning ayirmasiga teng





9.5-rasm

HA–HB=H1=H2=H3=....Hn=H (9.7)


Har bir Quvurdagi bosimning kamayishi (2) ga asosan quyidagicha aniqlanadi:






……………….

Bulardan sarflarni topib, (9.6) ga qo’yamiz v
a (9.7) formuladan foydalanib, quyidagi munosabatni olamiz:




Bu tenglikdan murakkab Quvur uchun bosim kamayishi tenglamasini chiqaramiz:


S
hunday qilib, parallel ulangan murakkab Quvurning qarshiligi uchun quyidagi formulani olamiz.

Parallel ulangan quvurning xarakteristikasini tuzish uchun (9.6) va (9.7) tenglamalardan foydalanamiz. Avval ikki parallel quvurdan iborat murakkab quvurni ko’ramiz (9.6-rasm,a). Parallel quvurlarning xarakteristikalari 1 va 2 grafiklar ko’rinishida ifodalangan. Murakkab quvurning xarakteristikasini hosil qilish uchun (9.7) ga asosan bosimning biror qiymatida 1 va 2 quvurlardagi sarflarni qo’shamiz, ya’ni oordinata o’qining kesmalarini qo’shamiz. Bu ishni bosimning barcha qiymatlari uchun bajarib, murakkab quvur uchun xarakteristika hosil qilamiz. Uchta parallel quvurdan tashkil topgan murakkab quvurning xarakteristikasi ham 1,2,3 quvurlarning xarakteristikalarni tuzishdan boshlanadi. Bu holda bir xil bosimda 1 quvurning sarfiga avval 2 quvur sarfini, so’ng 3 quvur sarfini qo’shish yo’li bilan murakkab quvurning xarakteristikasini tuzamiz. N ta parallel quvurdan tuzilgan murakkab quvurning xarakteristikasi ham xuddi shu usulda hosil qilinadi.





Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin