Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

3.4.
 
Asta-sekinlik tamoyili 
Asta-sekinlik tamoyili murakkab o‘yin usullarini egallashga imkon beradigan
axloqiy-irodaviy sifatini rivojlantirishda, texnik va taktik arsenalini kengayishida
mashq texnikasini murakkablashtirishda yuklamani tezlik bilan va hajmni asta-


[87] 
sekin oshirishni o‘z ichiga oladi. Yuklamani jadallashtirish va hajmni ortishida 
o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning yoshini o‘ziga xos xususiyatini diqqat-e‘tiborga 
olish kerak, bajarilayotgan jismoniy yuklamani barcha baravarligini to‘g‘ri 
baholash uni sog‘lomlashtirish samarasini hisobga olish kerak. Aniq material, 
buning uchun amaliy tajriba va ilmiy ma‘lumotlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv 
dasturda va norma talablari beriladi.
3.5. Individuallashtirish tamoyili 
Jismoniy tarbiya jarayonida 
i
ndividuallashtirish tamoyilini ularning 
qobilyatlarini eng yaxshi rivojlantirish maqsadida shug‘ullanuvchilarining 
individual o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish ko‘zlanadi. Individual ta‘lim 
o‘quvchilarning turli darajadagi jismoniy tayyorgarligi, ularni yosh xususiyatlarini 
o‘ziga xosligi, jismoniy yuklamani o‘tkazish qobilyati bilan bog‘liq holda kelib 
chiqadi. O‘qituvchi individual reja va tavsiyanomalarini tuzatishga o‘ziga xos 
xususiyatini xarakteriga mijoziga, nerv tizimini xususiyatlariga tayanmog‘i lozim.
Ayniqsa qiz bolalarga ta‘lim berishda individual ishlash alohida talab qiladi. 
Ularning psixologik xususiyatlari o‘g‘il bolarga nisbatan alohida metodni
boshqalari esa jismoniy yuklamani talab etadi.
3.6.Onglilik va faollik tamoyili.
Bu tamoyilga o‘quv-mashg‘ulot jarayonida onglilik va faollik munosabatida 
bo‘lish ko‘zlanadi. Hamda undagi u yoki bu vazifani hal etishni chuqurroq tushinib 
yetishni ularni qaysidir metod va vositalar bilan hal etiladi.
O‘qituvchi bolalarda darsga nisbatan qiziqishini pasaytirmagan holda o‘quv-
mashg‘ulot jarayonini ham, tarbiyaviy vazifani hal etishni yechishni topadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga nafaqat yaqin vaqt ichida maqsad qo‘yish, 
balki istiqbolning yuksaklik va takomillashtirishni xuddi har birini individual 
ravishda, xuddi shunday sport jamoasida yaxlit bo‘lishini nazarda qoldirmaslik 
kerak.


[88] 
Texnik-taktik o‘yin usullarining asl mohiyatini chuqur anglab yetmasdan 
yuqori sifatlarga umid bog‘lash juda murakkabdir. Shug‘illanuvchilar o‘zlarining 
faoliyat natijalarini anglamoqlari darkor, hamda mashg‘ulot yuklamalarni 
bajarishda bo‘layotgan fiziologik va psixologik jarayonlarda o‘zlarining ish 
qobiliyatlarini nazorat qilib borishni bilishlari kerak.
O‘quv-mashg‘ulot jarayoniga qiziqishi va ongli ravishda munosabatda 
bo‘lishini natijasi va o‘yin usullarini o‘rganishiga va takomillashtirishiga faol 
intilishi va tanlab olingan o‘yinda o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intiladi. O‘quvchi 
tomonidan faolikka yo‘naltirish kerak va uni nazorat qilib turish kerak. 
Shug‘ullanuvchilarning muvaffaqiyatlarini o‘z vaqtida va aniq baholash ularni 
mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini va faoliyatini oshiradi.
Yuqorida keltirilgan ta‘limning barcha tamoyillari o‘zaro uzviy bog‘langan 
holda qo‘llaniladi. O‘qituvchi har birini alohida holatda qachon va qanday holatda 
u yoki bu ta‘lim tamoyilini qo‘llashni mustaqil hal qilishi kerak.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin