Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:
 
1. Zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlari nimlarda aks etadi? 
2. Shahar va qishloq oilalarining ijtimoiy hayot tarzida qanday farqlarni ko’rish 
mumkin? 
3. Oilaning ijtimoiy funktsiyalari nimalardan iborat? 
3. Zamonaviy oilalarda tashkil etiladigan tarbiya jarayonining qoniqarsiz 
bo’layotganligining asosiy sabablari nimalar bilan izohlanadi? 
4. Sizningcha, zamonaviy oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya jarayonida 
namoyon bo’layotgan salbiy holatlarni bartaraf etishning samarali yo’llari 
qaysilar?
5. Zamonaviy oilalar rivojining psixologik o’zga xosligi qanday holatlar bilan 
tavsiflanadi?
6. Bugungi kun oilalari rivojiga xos pedagogik xususiyatlar nimalardan iborat? 
7. Oilaviy munosabatlarning milliy xususiyat kasb etishida oilaning demografik 
holati qanday ahamiyatga ega? 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
 
1.
 
Karimov I.A. Oila farovonligi - millat farovonligi G’ O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
besh 
yilligiga 
bag’ishlangan tantanali 
marosimdagi maruzasi. Xalq so’zi, 1997 yil 5-dekabr. 
2. Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. – Toshkent: 
O’qituvchi, 1999.
3. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi. – Toshkent: O’qituvchi, 2006.
4. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi.– Toshkent: O’qituvchi, 1998.
 
Amaliy topshiriqlar: 
 
1. Quyidagi matnlar bilan tanishib chiqing va ularda oilaga xos qanday 
xususiyatlar aks etganligini aniqlang. 


90 
A. Oilaviy kitobxonlik shaxsning madaniy saviyasini oshirishda yo’lga qo’yish 
mumkin va lozim bo’lgan faoliyat turidir. Buning uchun ota-ona yoki oiladagi 
yoshi va ta’siri ulug’ kishi tashabbus ko’rsatib, oila a’zolarining umumiy 
qiziqishlarini hisobga olgan holda biror kitobni tanlab kechki ovqatdan so’ng 
qiroat bilan o’qib berishi kerak bo’ladi. Oilaviy kitobxonlik har kuni yoxud 
haftaning ma’lum kunlari qat’iy tartibda yo’lga qo’yilsa, bolalarda badiiy kitobga 
qiziqish o’z vaqtida va qat’iy tarzda shakllanadi. 
V. Ota-boblarimiz farzandlarga hamisha bir-birlari bilan inoq, totuv, hamdard, 
hamfikr bo’lib yashash inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini 
uqtirib kelganlar... Oilada tinchlik-totuvlik, halovat ko’p jihatdan aka-ukalarning 
ahilliklariga bog’liq. Odatda og’alar o’z inilariga yaqin do’st, maslahatchi 
bo’ladilar, ukalar o’z yo’lini topib olguncha, ularga moddiy va ma’naviy yordam 
berib turadilar. O’zbek odatlariga ko’ra, katta o’g’illar o’z kiyim-kechaklarini
asbob-anjomlarini, qalam-dovot, kitob-daftar va b. buyumlarini avaylab tutadilar. 
Chunki bu buyumlar o’zlaridan keyin ukalarga o’tadi.
S. Oilaviy an’analar – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga 
kelgan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, oila a’zolari ma’naviy 
shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilaviy an’ana ... oila 
a’zolari e’tirof etgan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. Oila ichidagi yaxshi 
munosabatlar shaxsning har tomonlama shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Oilaviy an’analar bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va bolalarga ularning 
ta’sirini kuchaytiradi. Ular madaniyat va ma’naviy hayotni rivojlantirishda, 
avlodlar vorisligini ta’minlashda, jamiyat va shaxsning barkamol rivojlanishida 
muhim rol o’ynaydi. 
2. Kichik guruhlarda “Baliq skeleti” grafik organayzeri yordamida zamonaviy 
oilalarga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin