Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Vatanparvarli
k – shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani 
tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi, uning porloq istiqboliga 
bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat. 
Vatanparvar
– bu o’z Vatanini, ona yurtini, xalqini cheksiz sevadigan, vatan 
manfaatlari uchun kurashadigan, bu yo’lda fidoiylik ko’rsatadigan shaxs
69

Shu bilan birga ota-onalar o’z farzandlari bilan birgalikda vatanparvarlik 
mavzusidagi kinofilm, teatr spektakllarini tomosha qilish, oila davrasida birgalikda 
68
Педагогика назарияси ва тарихи. Педагогика назарияси. 1-қисм / Олий таълим муассасалари учун дарслик. 
М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент: “Iqtisod-moliya”, 
2007. – 302-бет. 
69
(Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Мет.қўлл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, М.Усмонбоева, 
Д.Иноғомова. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2012. – 100-бет)


93 
vatanparvarlik g’oyalarini yorituvchi kitoblarni mutolaa qilish, shuningdek, xizmat 
vazifasini bajarish, vatan mudofaasini tashkil etish chog’ida yuksak vatanparvarlik 
namunalarini ko’rsatgan shaxslarning hayoti, iboratli faoliyatiga oid hikoyalarni 
bayon qilishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Qolaversa, bolalar xonasi 
devoriga asl vatanparvar bo’lgan shaxsning portretini osib qo’yish ham bolalarga 
ijobiy ta’sir ko’rsatib, ularni mazkur shaxsdan namuna olishga ruhlantiradi. 
Oilaviy suhbatlar farzandlarga vatanparvar shaxsga xos bo’lgan quyidagi 
sifatlar xususidagi quyidagi ma’lumotlarni bera olishi zarur: Vatanga bo’lgan 
mehr-muhabbat, unga sadoqat; o’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, 
an’analari, qadriyatlariga sodiqlik; Vatan va millat tarixidan g’ururlanish; yurtning moddiy
shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish 
borasida g’amxo’rlik qilish; Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat 
faoliyatini tashkil etish; yurt ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday 
tahdidga qarshi kurashish; Vatan va millat obro’si, sha’ni, or-nomusini himoya qilish; 
yurt ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonish. 
Ota-onalar oiladagi suhbatlar jarayonida odob, axloq, axloqiy me’yor, axloqiy 
ong, axloqiy munosabat va axloqiy e’tiqod nima ekanligini bolalarga tushuntirib 
borishlari lozim.
Odob
(arab. “adab” so’zi. ko’pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi. 
Shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o’zgalar bilan munosabat 
(oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo’ladi. Odob kishining 
jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo’sinda muomala qilishi, 
o’z turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday 
bo’lishi lozimligiga tegishli qoidalar (Masalan: sharm-hayo, kamtarlik, 
xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni o’z ichiga oladi. Insonning diniy e’tiqodi 
uning odobli bo’lib kamol topishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Odob ta’lim-tarbiya, 
amaliy tajriba jarayonida shakllanadi
70


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin