Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini,voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi.Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar ( chehra, o’ktam, tabassum , turq,qo’pol, tirjaymoq kabi ) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinch, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar,his-tuyg’u ifodalovchi undovlar ( oh, voy, eh attang, voy sho’rim, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi. 10[10]
Inversiya- gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:
Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )
Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi.
Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan:
1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov)
2.Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov)
Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi:
1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish)
Dostları ilə paylaş: |