131
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas,
balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini
tan olish asosida hisobga
olinadi va ro‘yobga chiqariladi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, tarixning
mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida ko‘zga
ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo
bo‘lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.
Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib
taqaluvchi ancha kuchli
qadriyatlarga doir an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq
faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat
borliq
bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning
mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardusht, Moniy,
Suqrot va Platon uchun
yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari
hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar
qadriyatlarni tasniflashga
harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, birinchi
dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy
qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular
jumlasiga
faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati
insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. Turli falsafiy
davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining
shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham,
Sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan
va ilohiy mohiyat bilan
bog‘langan. Uyg‘onish davrida A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi
ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari birinchi o‘ringa chiqqan.
Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi g‘oyasida umuminsoniy
qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng
yetuk inson qiyofasiga xos
shaxsiy qadriyatlar tizimi ifodalangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Falsafa. Qomusiy lug’at. - T., “Sharq”, 2004 yil.
2. J.Tulenov Jamiyat falsafasi. Oltinchi bo’lim. - T., 2001 yil.
3. Falsafa. O’quv qo’llanma. E.Yusupovning umumiy tahrir ostida. -
T., “Sharq”, 1999 yil.
4. Falsafa asoslari. Axmedova M. va V.S. Xon tomonidan tahrirlangan). -
T., tahrir. "Mehnat", 2004 yil.
5. Falsafa (Matbua Axmedovaning umumiy tahriri ostida) - T.,
“Oʻzbekiston filasouflari Milliy jamiyati” nashriyoti, 2006 yil