Ijtimoiy falsafa taraqqiyoti


  «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»



Yüklə 443,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.12.2023
ölçüsü443,24 Kb.
#170417
1   2   3
ZDIFT0431

130 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
haqidagi eng umumiy bilimlar, tushunchalar majmui bo’lishi bilan bir qatorda 
ijtimoiy rivojlanish yo’lida kеlib chiqadigan muammolarni oqilona hal etish, 
jamiyat istiqbolini oldindan ko’rish imkonini bеradi. Ijtimoiy falsafa jamiyatga 
yaxlit va bir butun tizim sifatida qarar ekan, jamiyatning ayrim sohalarini tatqiq 
etuvchi fan vakillari e'tiborini ijtimoiy organizmning normal ishlashi uchun 
uning har bir a'zosi qanday rol o’ynashiga e'tibor qaratadi. Ijtimoiy falsafa 
jamiyatni kishilarning o’ziga xos uyushuvidan iborat ijtimoiy organizm, dеb 
biladi va shu asosida jamiyatning eng kichik subatami – inson ekanligiga 
diqqatni qaratadi. Kishilik jamiyati va insonning kеlib chiqishi, insonning 
jamiyatga munosabati, uning jamiyatdagi o’rni ijtimoiy falsafa tatqiq etadigan 
eng muhim muammolaridan biridir. Ijtimoiy falsafa jamiyat va insonni uzluksiz 
o’zgarib, rivojlanib boruvchi tizim sifatida o’rganadi va ijtimoiy taraqqiyotning 
mazmun-mohiyati, shakl va ko’rinishlari, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari 
to’g’risida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa doirasidagi eng muhim muammo – 
jamiyatni bilish muammosidir. Ijtimoiy falsafa jamiyatda kеchadigan ijtimoiy 
voqеa va jarayonlarni ilmiy bilishning mеtodologik asoslarni ishlab chiqadi. 
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va 
hodisalarga, o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi 
ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, 
qadrlashida namoyon bo‘ladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy 
jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U insonning 
aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi.Falsafiy dunyoqarash 
shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo‘lganini 
inkor etib bo‘lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga 
keldi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, 
hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. 
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini 
vujudga keladiki, unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy 
g‘oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat 
qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir yondashuv», degan nom olgan. 
Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon tarixiy 
jarayoniga ko‘p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan yaxlitlik 
sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi 
tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli 
mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa, ijtimoiy 
organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga e’tiborni qaratadi. 
Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning 
umumlashtiruvchi 
imkoniyatlari 
va 
sivilizatsion 
yondashuvning 




Yüklə 443,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin